170
Hayot faoliyati havfsizligi madaniyatini shakllanitirish zarur bo‗lgan
asosiy obektlar va uning asosiy tashuvchilari shaxs, mehnat jamoasi, jamiyat
hisoblanadi. Shu sababli individual, korporativ va jamiyat , davlatni HFXM
shakllantirishning asosiy darajalari sifatida qarash mumkin.
O‗zbekiston Respublikasining FVV ko‗rsatilgan darajalarda HFXM
shakllantirishga doimo sezilarli e‘tibor berib kelmoqda.
Individual darajada hayot faoliyati havfsizligi
sohasida bilim berish
amalga oshirilmoqda, shu jumladan, ―Hayot faoliyati havfsizligi asoslari‖
fanidan umumiy bilim berish kursini va umumkasbiy ―Hayot faoliyati
havfsizligi‖ fani o‗rgatilmoqda, maktab, litsey, kollej va dala lagerlarida
o‗quvchilarni ―Yosh qutqaruvchi‖, ―Yosh o‗t o‗chiruvchi‖ markazlarida
tayyorlash amalga oshiriladi. Talabalar orasida ko‗ngilli yong‗inni o‗chirish,
qutqaruvchilar korpusini tashkil etish va o‗quv mashqlar o‗tkazish orqali amalga
oshiriladi.
Korporativ darajada potensial havfli va o‗ta muhim obektlarda turli
havfsizlik meyorlariga rioya qilish, yong‗in
havfsizligi qoidalari, ishlovchi
aholini, iqtisodiyot obektlari, korxona va muassasalarning qutqaruv hizmati
xodimlarini o‗qitish ishlab chiqiladi va nazorat qilinadi.
Jamiyat davlat darajasida O‗zbekiston Respublikasi FVV tomonidan
o‗tkazilayotgan chora-tadbirlar quyidagilardir: fuqaro muxofazasi, favqulotda
vaziyatlardan muxofazalanish, yong‗in xavfsizligini ta‘minlash, hayot faoliyati
havfsizligi umummilliy g‗oyasini rivojlantirish, shunga mos meyoriy huquqiy
bazani yaratish va rivojlantirish, tavakkallarni boshqarish sohasida ilmiy-
texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, havafsizlikni ijtimoiy reklamasi va b.
borasida davlat siyosatini shakllantirish.
Insonlarga zamonaviy kuchli destruktiv informatsion ta‘sir etish
sharoitlarida hayot faoliyati havfsizligi masalalariga pozitiv munosabatlarini
shakllantirishda
ommaviy
axborotning
zamonaviy
texnik
vositalari,
informatsion-telekommunikatsion texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston Respublikasining FVV tashabbusi bilan yaratilayotgan hayot
171
faoliyati havfsizligi sohasida aholini tayyorlashga,
favqulotda vaziyatlardan va
terrorchilik aktlarinig tazyiqidan o‗z vaqtida xabar berish va operativ
axborotlashga, zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalardan foydalanish
asosida aholi ommaviy yig‗ilgan joylarda huquq-tartibot xolatlari ahvolini
monitoringiga mo‗ljallangan Umumrespublikaviy aholiga xabar berish va
ma‘lumotlashning kompleks tizimi sezilarli ahamiyat kasb etadi.
Ko‗rsatilgan barcha darajalarda hayot faoliyati havfsizligi madaniyatini
kompleks va tizimli rivojlanishi aholining tayyorgarligini, ruhiy –ahloqiy va
vatanparvarlik tarbiyasi darajasini sezilarli ko‗tarishga, turli havflar oldida
jamiyat
ning jipsligini kuchaytirishga, favqulotda vaziyatlarda insoniy va
moddiy yo‗qotishlarini qisqarishiga va mamlakatning stabil ijtimoiy-iqtisodiy
ta‘minotining asosiy faktorlaridan biri bo‗lib qoladi.