O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Birinchi gurux
omillariga 
jamoaviy xarakterning uyg‘onishi bilan bog‘liklari kiritilib, bunda jamoaga foyda 
tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida 
ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni xoxlamaslik 
kabi motivlar hisoblanadi. 
Ikkinchi gurux
omillari o‘zi va oilasi uchun moddiy mablag‘ning orttirilishi, 
moddiy va ma‘naviy extiyojlarning qondirilishi uchun pul 
ishlab topish motivlaridir. 
Uchinchi guruxga
o‘zini o‘zi faollashtirish, 
rivojlantirish, o‘zini namoyon qilish extiyojlarining qondirilishi va boshqalar 
kiradi. Ma‘lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug‘ullanmasdan 
turolmaydilar. Inson nafaqat iste‘molchi balki yaratuvchi bo‘lib, yaratish 
jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruxga mansub motiv jamiyat tomonidan 
extiyojlarning qondirilishi va boshqalarning xurmatini qozonish bilan bog‘liq. 
Maktab o‘quvchilarining mehnat tarbiyasi xam shu motiv bilan bog‘liq ravishda 
shakllantiriladi. Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib 
o‘tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin 
va motivatsion jarayondir. Axir shaxsning tug‘ri kasb tanlashi ko‘pincha insonning 


134 
xayotdan qoniqishga xam sabab bo‘ladi. Insonning qaysi faoliyatini tanlashi 
ko‘proq tashqi omillar xaqidagi qarorning qabul qilinishi jarayoniga to‘xtalishi 
muximdir. Bu asosan tashqi holat baholariga, o‘zining imkoniyat va 
qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklarigabog‘liqdir. Tashqi 
holatini baholash, ijobiy ta‘sir ko‘rsatadigan omillar, o‘zida ishlab topiladigan pul 
mikdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yakin 
bo‘lishi, transpot aloqalarining qulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chikarishning 
zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iqlim, maqtov va tartibga chaqirish 
kabilarni qamrab oladi. O‘z imkoniyatlarini baholash sog‘lomligi, ishga 
yaroqliligi, kasbi buyicha muxim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz 
ishga moyilligi, yuqori shovkinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan 
ishlay olish imkoniyati kabilarni o‘z ichiga oladi. Qiziqishlarga mos ravishda 
tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi 
imkoniyat to‘siqlari, ishni boshqarish, kasbiy o‘sish, tashabbusning paydobo‘lishi 
muhim ahamiyatga ega. Ba‘zan qizikish buyicha ish joyini tanlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay 
tomonidan klassifikatsiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi: 
1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi). 
2) Vaziyat bilan bog‘liq (xar doim insonni qiziqtirib kelgan shart 
sharoitlarni ro‘yobga chiqarish). 
3) Komformist. 
4) Kasbiy motivatsiyalar (o‘ziga yakin ijtimoiy olamning ya‘ni 
yakinlarini, do‘st va tanishlarining maslaxatlari bilan).
16
Motivlarning mustaxkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning ko‘pgina 
omillarini kondirilishiga bog‘liq bo‘ladi. G‘arb psixologlaridanV.Vrum va E.Disi 
mehnat faoliyati motivatsiyasini tarkibiy qismlarini ajratadilar. Unga ko‘ra insonlar 
qanchaliko‘z ishidan qoniqsa, shunchalik ular o‘z ishlarini bajarishga kuchliroq 
xarakat kiladilar. Ularni faoliyat jarayonida rag‘batlantirib borilsa, shunchalik 
sitqidildan ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan rag‘batlantirish 
ishchilar faoliyatining maxsuldorligiga bog‘liq. Bunda ular faoliyat ko‘rsatadigan 
16
С.Х.Жалилова,.Касбий психология-(ўқув қўлланма) TDPU, T., 2010. 57-59. 


135 
firma, kompaniya va tashqilotlardan kuch oladilar. Bu turli ko‘shimcha imtiyozlar 
nafaqat ta‘lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkil etiladi. 
Tadqiqot natijalariga muvofik ishdan bo‘shashning turi - ob‘ektiv, ob‘ektiv - 
sub‘ektiv va sub‘ektiv ko‘riinishlarga ajratiladi. Ob‘ektiv sabablarga sog‘liqning 
yomonligi va jismoniy holati, turar joyini o‘zgarishi, ta‘lim olishni davom ettirish, 
tug‘ish va bolani parvarishlash kabilar kiradi. Ob‘ektiv - sub‘ektiv sabablarga 
mehnat shartnomasining shartlari, kasbiy o‘sish, yuksalish imkonining yuqligi va 
boshqalarni kiritishimiz mumkin. Sub‘ektiv sabablarga jamoadagi psixologik 
iqlim, shaxslararo munosabatlar va boshqalar kiradi. Ishsizlarning ish qidirish 
motivatsiyalari xaligacha xam o‘rganilmayotgan muammo bo‘lib kolmokda. Shu 
bilan birga ishsizlarning ahloqi, yangi ish joyini topish buyicha faoliyati ko‘p 
jixatdan uning motivatsion jabxalariga, ularning tuzilishiga kam xollarda xayot 
mazmunining shart sharoitlariga bog‘liq. M.V.Dmitriy ta‘kidlaganidek, 
ishsizlarning motivatsion jabxalarini o‘ziga xos xususiyatlari ish izlashdagi 
faoliyatlari motivatsion tuzilishlarining xamma ko‘rsatkichlariga bog‘liq xolda 
namoyon bo‘ladi. Ular ijtimoiy o‘zgarishlardan mustaqil bo‘lish uchun qayta 
harakat qilishda o‘z imkoniyatlaridan foydalanishga turtki beradi. Passiv 
ishsizlarning motivatsion imkoniyatlarini tuzilish xususiyati alohida motivlarning 
xam xarakatlanuvchanligi bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining 
tavsifnomasi uchun f34 taklif qilgan usullarni qullash mumkin. U istalgan 
faoliyatning sabablari sifatida quyidagi omillarni o‘zida aks ettiradi, deb 
ko‘rsatadi: 
1. Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish. 
2. Faoliyatning to‘g‘ri natijalari (yaratiladigan maxsulot o‘zlashtirilayotgan 
bilim va xokazo). 
3. Faoliyatni rag‘batlatirish (maosh, mansabni oshirish, suz vositasida va 
xokazo). 
4. Bosh tortish xollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan 
Jazodan o‘zini olib qochishga intilish. 
Bu sabablar salbiy ―valentlikka‖ xam ega bo‘lishi mumkin. Masalan, 
faoliyatdan o‘zoklashib, qizikishlarini so‘ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni 


136 
maxsus belgi bilan izohlab, ularni kuyidagicha ifodalash mumkin: 
T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yokimsiz bo‘lishi; 
R-erishishi kerak bo‘lgan natijaga intilishdan o‘zoqlashish; 
V-ishdan bosh tortish uchun rag‘batlantirish-taklif etish; 
G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi. 
Motivatsiyaning barcha omillarini moddiy va nomoddiy stimullarga ajratish 
mumkin. ―Xayot fakat eb ichishdan iborat emas‖. Boshqa so‘z bilan aytganda pul 
bilan xodimlarni jalb etishningo‘zi etarli emas. Korxonada moddiy 
rag‘batlantirishdan tashkari xodimlar jalb qilinadiganlar motivatsiyasining 
qo‘shimcha, nomoddiy tizimi ishlab chikilgan bo‘lishi mumkin. Bu ularni 
psixologik tashqi iktisodiy jixatlardan muhim extiyojlarni qondirishga 
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Tamoyilni amalga oshishi, yuqori natijalarga 
erishgan ishchilarning rag‘batlantirilishiga qaratilgan ijobiy motivatsiyalarning 
ishlab chikilishi bilan belgilanadi. Past darajaga ega bo‘lgan ishchilarga 
beriladigan jazolar tizimidan joy olgan ―Salbiy motivatsiyalarni‖ aks ettiradi. 
Motivlarning kaysi biri ustunlik qilishi ijobiymi yoki salbiymi? degan savolga 
javobni aniq bir korxonada ishlash va xodimlar bilan munosabatga kirishish 
jarayoniga bog‘liq xolda xal qilish mumkin. Shunday ekan, motivatsiya adekvat 
bo‘lishi, korxona xodimining ish natijalariga mos bo‘lishi kerak. Agar olinda 
xatolarga, xayot, ish natijalariga va tartib buzarliklarga jazo ko‘zda tutiladigan 
bo‘lsa, motivatsiya tizimi samarali bo‘lmaydi. Bundan tashqari, motivatsiyaning 
tashqi omillari xodimlarni o‘z natijalarini baholashga o‘rgatuvchi va korxona 
xodimlarining ishdagi muvaffakiyati darajalari bilan bog‘liq ichki motivatsiya 
omillarini xam ajratish mumkin. Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning o‘z 
natijalarini baholashni shakllantirsa, bu yaxshi ko‘rsatkich xisoblanadi. Bunda 
rahbarning tashqaridan beradigan bahosi va hodimlarning o‘z-uziga beradigan 
bahosi muvofiq keladi. V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchrash mumkin bo‘lgan 
motivlardan quyidagilarni aloxida ta‘kidlab o‘tadi: 
- biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning qiziqishi; 
- Vatanga foyda keltirish istagi; 
- shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilib ko‘rsatish; 


137 
- oilaviy an‘analariga rioya qilishi; 
- do‘stlari va o‘rtoklaridan o‘rnak olganligi; 
- ish joyining va o‘kuv yurtining uyga yaqinligi; 
- moddiy ta‘minlanganlik; 
- o‘kuv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining 
osonligi singari motivlardir. 
Yukoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, ilk o‘spirinlik davrida kasbiy motivlarning 
shakllanishi bir qator tashqi va ichki omillarga bog‘liq. Shuningdek, kasb tanlashga 
bo‘lgan intilish ishtiyoqlar negizida kasbiy motiv va motivatsiya shakllanadi. 
Aynan xorij psixologlari kasbiy motivlar, tarkibini ishlab chikishda kasb 
tanlashgacha bo‘lgan va kasb tanlab bo‘lgandan keyingi jixatlarini ko‘rsatib 
o‘tadilar. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin