56
qanday ijtimoiy normalarga asoslangan? Bu masala ham ijobiy hal qilingan bo‘lib,
u qonunchilikka hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan.
Uchinchidan, muxandislarning kasbiy va ma‘naviy-ma‘rifiy tayyorgarlik
darajasi qanday yo‘lga qo‘yilgan?
To‘rtinchidan, xodimlarning har bir ijobiy xatti-harakat qanday baholanadi?
Mana shu masalalarning qonuniylik, adolat, axloqiylik mezonlari bilan hal qilinishi
muxandislarining psixologik tuzilishini belgilaydi.
Psixolog olimlar shaxsning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin qiladilar.
Masalan, atoqli rus psixologi S.L.Rubinshteynning fikriga ko‘ra, shaxs
psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega: yo‘nalganlik, u ehtiyojlar, qiziqishlar,
ideallar, e‘tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda
ifodalanadi;
1)
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar hayot va faoliyat jarayonida egallanadi;
2)
individual tipologik xususiyatlar temperament, irodada aks etadi.
K.K.Platonov ta‘limotiga ko‘ra, shaxs psixologiyasining tuzilishi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Yo‟nalganlik kichik tizimi (ost tuzilish)
shaxsning axloqiy qiyofasi va
munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam
(hajm) darajalarini farqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: