O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

«Namoyishkorona Men» 
katta tantanalarda 
o‗zining egallab turgan darajasini ko‗rsatish, alohida ko‗rinish uchun kiyiladigan 
ko‗chalik ko‗ylakni eslatadi. «Na Men» – bu boshqalarda yaxshi taassurot 
qoldirish uchun ko‗rsatiladigan hulq-atvor aktlari yig‗indisi. Bunga, shuningdek, 
biz o‗z darajamiz yoki ijtimoiy rolimizdan qat‘iy nazar bildiradigan qarashlar
g‗oyalar, hulq-atvor odati va shu kabilarni kiritish mumkin. 
5. 
«Uydagi Men» 
ko‗chalik ko‗ylakni echib, hulq-atvorning ko‗rgazmali 
odatlarini tashlab, bo‗shashganda namoyon bo‗ladi. Masalan,gerdaygan general 
doimo unga boshchilik qilib, hatto, ovozini ko‗taradigan ayolining itoatkor 
qo‗g‗irchog‗iga aylanadi. Yoki yuvosh ziyoli muhandis uyidagi ayoli va bolalarini 
qiynaydigan zolimga aylanadi. 
6. 
«Samimiy Men» 
- eng yaqin odamlardan hamsir tutiladigan «Uydagi 
Men»ning yashirin qismi. Har birimizda, hatto, yaqin odamlarimizdan 
yashiradigan sirlarimiz topiladi. U o‗zimiz yakka qolganimizda ochishga imkon 
berishimiz mumkin bo‗lgan, qachondir sodir etilgan va kechirib bo‗lmaydigan 
xatolik hisoblanadigan, anglanmagan va boshqalar tomonidan qoralanadigan 
istaklar (ayniqsa, jinsiy) va boshqalar kabi yomon odatlardan shakllanadi. 
Boshqacha aytganda, bu biz boshqalarda ta‘na qiladigan, lekin o‗zimiz namoyon 
qiladigan harakatlar va qirralar uchun zahiradir.
«Men»ning oxirgi uch turi ma‘lum ko‗rinishda bir-biri bilan yoki o‗zaro 
bog‗liq bo‗ladi. «Men»ning boshqa turlariga qaraganda, ularning o‗zaro bog‗liqligi 
kuchliroqdir. Quyidagi belgilanishlarni kiritamiz: 
- «Na-Men» - «Namoyishkorona Men»; 
- «Uy-Men» - «Uydagi Men»; 
- «Sa-Men» - «SamimiyMen». 
Ular bunday tartibda boshqalarga ishonch bildirish va sir tutilgan haqiqat 
darajalarining kamayishi bo‗yicha joylashtirilgan. Masalan, ko‗pchilik bizning 
«Na-Men»imizni ko‗proq, «Sa-Men»imizni esa kamroq biladilar. Lekin eng 


65 
haqqoniy «Men» «Sa-Men», eng yanglish esa – «Na-Men». O‗rtada еtarlicha 
haqqoniy va yaqin odamlarga tanish bo‗lgan «Uy-Men» joylashadi.[1] 
Shunday qilib, xulosa qilish mumkin: «Men»imiz bilan qanchalik kam odam
tanish bo‗lsa, u haqdagi ma‘lumot shunchalik haqqoniy bo‗ladi. «Men»imizni 
egallagan odamlar soni, «Men»imiz haqidagi haqiqat hajmi teskari proporsional 
bog‗liklikda joylashadi: 
- «Na-Men» - uzoqdagi boshqalar uchun ma‘lumot; 
- «Uy-Men» - yaqindagi boshqalar uchun ma‘lumot; 
- «Sa-Men»- faqat o‗zi uchun ma‘lumot. 
Inson boshqalardan yashiradigan sohasi 
«Na-
Men» 
«Uy-
Men» 
Inson boshqalarga o‘zi haqida bilishga ishonch bildirishi sohasi 
«
Sa
-
Men» 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin