O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/161
tarix21.10.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#158662
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161
KASBIY PSIXOLOGIYA дарслик КП ОХИРИ 26 06 2020

Kuzatish 
deganda, ma‘lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun narsa 
va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi. 
Kasbiy kuzatish 
esa muxandis xodimlarining operativ xizmat vazifalarini 
amalga oshirishida muhim voqea va hodisalarni maqsadga muvofiq tarzda idrok 
etish jarayonidir. 
Kasbiy kuzatuvchanlik 
xodimning shaxsiy xususiyati emas, balki tabiiy 
xususiyatiga aylanib, faoliyatning barcha turlarida namoyon bo‘lishida, 
kuzatuvchanligininng oliy darajaga chiqqanida namoyon bo‘ladi. 
Kasbiy kuzatishda ko‘zga tushgan barcha narsa idrok etilmaydi, balki eng 
muhim, zarur, xizmat faoliyati uchun ahamiyatga molik bo‘lgan ob‘ekt 
(narsa,predmet)lar idrok etiladi. Bu, odatda, kuzatish asosini tashkil qiladigan 
maqsadlar, vazifalar, rejalar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Kasbiy kuzatuvchanlik samaradorligi esa albatta psixologik mexanizmlar, 
qonuniyatlar va omillar bilan belgilanadi. Ya‘ni, ular namoyon bo‘lish 
xususiyatlariga ko‘ra 
ob‟ektiv, sharoitga xos va sub‟ektiv 
guruhlarga bo‘linadi. 
Kasbiy kuzatish jarayonini amalga oshirishda sub‘ektiv omillarga muhim 


79 
vazifa yuklatiladi. 
Shu nuqtai nazardan kasbiy kuzatuvchanlik faoliyatini shakllantirishda 
xodimdan kasbiy diqqat, idrok xususiyatlari va operativ xotira jarayonlarini 
rivojlantirish talab etiladi. 
Muxandis xodim operativ qiziqish uyg‘otgan shaxsga nisbatan kuzatuv 
ishlarini olib borishda quyidagi psixologik omillarni hisobga olishi kerak. 

zarur bo‘lganda maxsus texnik vositalar va eslab qolish orqali 
kuzatilayotgan ob‘ektning xatti-harakatlarini to‘liq esda saqlashi, kerak bo‘lsa aniq 
qayd etishi; 

qayd etilgan faktlarni kuzatilayotgan ob‘ekt to‘g‘risida olingan avval 
ma‘lumotlar bilan qiyoslashi va xulosalar chiqarishi. 
Muxandis xodimlar kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishda quyidagilarni 
e‟tiborga olishi zarur: 
– 
kuzatuvdan oldin o‘rganilayotgan shaxs, narsa yoki hodisa haqida to‘liq 
tasavvurga ega bo‘lish; 

vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo‘lsa-da) va kuzatuv 
rejasi hamda tartibini tuzish; 

kuzatilayotgan ob‘ektda nafaqat topilishi kutilgan narsani, balki uning 
teskarisini ham izlash; 

kuzatish predmetini qismlarga bo‘lib o‘rganish bilan birga, butun jarayonni 
kuzatishni esdan chiqarmaslik; 

bir martalik kuzatishga ishonmaslik, ob‘ektni turli nuqtai nazar va turli 
vaziyatlarda tekshirish; 

kuzatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?», «nima uchun?» 
kabi savollar qo‘yish, o‘z fikr va xulosalari asosida taxmin qilish; 

kuzatuv ob‘ektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qara- ma-qarshi qo‘yish 
va ulardagi o‘xshash hamda farq qiluvchi tomon- larni topish; 

kuzatish natijalarini ushbu predmet haqida ma‘lum bo‘lgan ma‘lumotlar 
bilan qiyoslash; 

kuzatish natijalarini aniq ifodalash va tegishli shaklda qayd etish; 


80 

kuzatishga turli mutaxassislarni jalb etish, kuzatish natijalarini solishtirish 
va hamkasblari bilan muhokama qilish; 
Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi omili tegishli 
psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy kuzatish texnikasini egallash 
sanaladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin