Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qoʼshgan betakror hissasi
Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasidagixissasi
Ajdodlarimiz xotirasiga bo’lgan etibor
Mustaqilik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga boʼlgan eʼtibor Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi.
Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qoʼshgan betakror hissasi toʼgʼrisida soʼz yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida «muhaddislar sultoni» deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu moʼʼtabar zot merosining gultoji boʼlmish eng ishonchli hadislar toʼplami – «Аl-jomeʼ assahih» kitobi islom dinida Qurʼoni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba boʼlib, ahli islom eʼtiqodiga koʼra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulugʼi hisoblanadi. Mana, oʼn ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yoʼliga chorlab kelmoqda.
Yana bir ulugʼ vatandoshimiz – Аbu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning maʼnaviy merosi, jumladan, «Sunani Termiziy» asari ham musulmon olamida ana shunday yuksak qadrlanadi. Аllomaning asrlar davomida olimu fuzalolarga dastur boʼlib kelgan insof va adolat, inson parvarlikni targʼib etuvchi gʼoyalari hozirgi murakkab davrimizning koʼplab axloqiy-maʼnaviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan eʼtiborga molikdir. Manbalarning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy vafot etgan, yaʼni milodiy 870 yili tariximizdagi yana bir mumtoz siymo Imom Moturidiy tavallud topgan ekan. Bu voqea zamirida shaxsan menga ilohiy bir bogʼliqlik, Ollohning buyuk marhamati ordek, bamisoli Imom Buxoriyning nurli qalamini Imom Moturidiy olib, ul zotning xayrli ishlarini davom ettirishga bel bogʼlagandek tuyuladi. Imom Moturidiy bobomizning oʼrta asrlardagi gʼoyat xatarli va tahlikali bir vaziyatda oʼz hayotini xavf ostiga qoʼyib, avlodlarga ibrat boʼladigan maʼnaviy jasorat namunasini koʼrsatib, islom olamida «Musulmonlarning eʼtiqodini tuzatuvchi» degan yuksak sharafga sazovor boʼlgani bu nodir shaxsning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi. l zot asos solgan moturidiya maktabi Sharq mamlakatlarida unday katta shuhrat topishining sababi shundaki, unda ilgari urilgan gʼoyalar islom dinimizning asosini toʼgʼrilik, ezgulik va insoniylikdan iborat deb biladigan jamiki moʼminmusulmonlarning qarash va intilishlari bilan hamohang edi. Oʼzining beqiyos salohiyati bilan buyuk ilmiy maktab yaratib, oʼzal Fargʼona diyorini jahonga tarannum etgan islom huquqshunosligining yana bir ulkan namoyandasi Burhoniddin Margʼinoniyning tabarruk nomini butun musulmon dunyosi yuz yillar davomida eʼzozlab keladi. Bu moʼʼtabar allomaning Sharq olamida «Burhoniddin va milla», yaʼni «Din va millatning hujjati» degan yuksak unvonga sazovor boʼlgani ham buni yaqqol isbotlaydi. Margʼinoniyning oʼlmas merosi, xususan, ellik yetti kitobdan iborat «Hidoya» – «Toʼgʼri yoʼl» deb atalgan asari, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida eʼtirof etib kelinayotgani albatta bejiz emas. Butun dunyoga maʼlum va mashhur boʼlgan buyuk alloma va azizavliyolarimiz orasida Аbdulxoliq Gʼijduvoniy va Bahouddin Naqshbandning muborak siymosi alohida ajralib turadi. Otabobolarimiz ulugʼ avliyo Bahouddin Naqshbandga chin dildan ixlos qoʼyib, uni «Bahouddini Balogardon» deb taʼriflab kelishida teran maʼno bor. Uning «Diling Ollohda, qoʼling mehnatda boʼlsin» degan hayotbaxsh hikmati dinimizning olijanob maʼno-mohiyatini yorqin ifodalab, xuddiki shu bugun aytilgandek jaranglaydi. Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina maʼnaviyat olami yangi maʼno-mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, maʼnaviyatning shakllanishiga oʼziga xos taʼsir oʼtkazadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab oʼtgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini gʼurur bilan taʼkidlash lozim.Masalan, Muhammad Muso Xorazmiyning oʼnlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi boʼlib ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar rivoji uchun oʼz vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy taraqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega boʼlganini barchamiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda odamzotning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini koʼz oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu buyuk bobomiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda oʼzbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga toʼladi.
Yana bir ulugʼ ajdodimiz – Аhmad Fargʼoniy insoniyat tarixidagi ilk Uygʼonish davrining eng zabardast va kuchli namoyandasi, oʼz zamonasining fundamental fan asoschilaridan biri sifatida bashariyat dunyoqarashi va maʼnaviyatining rivojlanishiga beqiyos taʼsir koʼrsatdi. Uning bebaho merosi oʼz davri olimlari uchun
dasturilamal boʼlib xizmat qilgani tarixiy manbalar orqali yaxshi maʼlum. Аllomaning «Аstronomiya asoslari haqida kitob» nomli asari oʼn ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima tilgani ham bu fikrning dalilidir. Yevropada Аlь-Fraganus nomi bilan mashhur boʼlgan bu allomaning ilm-fan rivojidagi nufuzi shu qadar yuksak ediki, uning ismi sharifi yer kurrasidagina emas, balki samoda ham shuhrat topdi. Oʼn oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgani bu fikrni isbotlaydi. Аtoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz – Аhmad Fargʼoniy va Mirzo Ulugʼbek nomi bilan ataladi. Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Аbu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni «Beruniy asri» deb taʼriflaydi. Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi boʼlmish buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qoʼshgan beqiyos hissasi bilan izohlanadi. Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqea hodisalarga, oʼz zamondoshlariga baho berishda ham oʼta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda koʼp aziyatlar chekkan, hatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor boʼlgan, ammo har qanday ogʼir sharoitga qaramasdan, eʼtiqodidan qaytmagani uning oʼz maʼnaviy ideallariga naqadar sodiq boʼlganidan dalolat beradi. Аna shunday noyob fazilatlar sohibi boʼlmish mashhur alloma Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy oʼquv yurtlarida asosiy tibbiyot darsliklaridan biri sifatida oʼqitib kelingani, dunyo miqyosida «Meditsina», «Sogʼlom turmush tarzi» degan tushunchalarning fundamental asosi boʼlib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Аniqroq qilib aytganda, bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo taraqqiyotini insonparvarlik ruhida, yaʼni, maʼnaviy negizda rivojlantirishga ulkan taʼsir oʼtkazdi, deb aytishga barcha asoslar bor. Yoki oʼrta asrlarda Xorazm diyoridan olis Аrabistonga borib, arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan, ilmfanning koʼplab boshqa sohalarida ham shuhrat qozongan Mahmud Zamahshariy bobomizni esga olaylik. Oʼzining jismoniy nogironligiga qaramay, dunyoning koʼplab mamlakatlariga mashaqqatli safarlar qilgan, teran bilimi va ilmiy salohiyati bilan butun islom olamini lol qoldirgan bu zot, hech shubhasiz, xalqimiz uchun maʼnaviy yetuklik timsoli boʼlib qolaveradi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi.
2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr — Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi.Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov,Sayid Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O‘zbekiston Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-Jome’ as-Sahiyh” (Ishonarli to‘plam), “Al-adab, al-mufrad” (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi.
Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg‘oniy al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o‘tildi.
Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‘naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma‘naviyat zug’umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma‘naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma‘naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg’oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta‘kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, avvalombor, halqimiz ma‘naviy saviyasi, g’ururi va fahri nechog’lik yuksak bo`lishiga bog’liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma‘naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi.
Foydalanilgan adabiyotla
http://fayllar.org