213
keyin yozilib, u ham xuddi asosiy fayl funksiya kabi aniqlanadi. Masalan, srg
funksiya sred fayldagi funksiya osti bo’lsa, kod
>>function [y, sr, sd]=sred(x)
>>n=length(x);
>>sr=srg(x,n);
>>sd=sqrt(sum((x-srg(x,n)).^2)/n);
>>function sr=srg(x,n)
>>sr=sum(x)/n;
Agar Matlab funksiyani nomi bo’yicha
topa olmasa, u holda shu nomdagi
faylni qidiradi.
Funksiya topilgandan keyin, uni keyinchalik ishlatish uchun
Matlab tizimi funksiyani xotiraga kompelyatsiya qiladi.
Funktsional
m-fayldan chaqirilsa, Matlab funksiyani analiz qiladi va xotirada
saqlab qo’yadi. Bu funksiya, xotira clear buyrug’i bilan tozalanmaguncha xotirada
saqlanib turadi.
Matlab katalogidagi barcha trigonometrik funksiyalar
radian argumentlarda
hisoblashni bajaradi. Endi biz graduslarda berilgan ixtiyoriy burchakning sinusini
hisoblab beruvchi fayl funksiya hosil qilish misolini ko’ramiz. Bunda, shunga
e’tibor
berish kerakki, funksiya nomi fayl nomi bilan bir xil bo’lishi kerak. Bu
funksiya uchun sing(x) funksiya nomi qilib olamiz. Masalani hal qiluvchi kod
quyidagicha bo’ladi:
>>
%Bu funksiya graduslarda berilgan
>>
%argumentning
sinusini hisoblab beradi
>>
Function y=sing(x)
>>
y=sin(x.*pi./180)
Endi tizim ichida x ning aniq gradus qiymatlari bilan sing(x) ga
murojat qilsak,
unga qiymat chiqarib beriladi. Yuqoridagi o’xshash misollardan bir nechtasini
mustaqil bajaring.
Dostları ilə paylaş: