3.5.5. Uglevodli granulalar
Moy kislotali bakteriyalarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ularning hujayrasida kraxmalsimon modda - granulozaning zahira oziqa moddasi sifatida to`planishidir. Moy kislotali bakteriyalar tuproqda keng tarqalgan. Ularning boyitilgan kulturalarini Rushman ozuqa muhitiga tuproq ekib olish mumkin. Ozuqa muhiti maydalab tozalangan kartoshkadan tayyorlanadi. Kartoshka solingan probirkalar tagiga ozgina bo`r solinadi, so`ngra suv qo`shib sterilizatsiya qilinadi. Tuproq ekilgan ozuqa muhiti 5 - 7 kun 26-280Sda termostatda inkubatsiya qilinadi.
Granulozani ko`rish uchun buyum oynasiga bir tomchi Lugol reaktividan tomiziladi va uning ustiga Rushman ozuqa muhiti suyuqligidan kichik kartoshka bo`lakchasi bilan solinadi va ohista aralashtiriladi. Preparat qoplag`ich oyna bilan yopiladi, immersion moy tomizilib, mikroskopda ko`riladi. Preparatda qizil-binafsha rangga bo`yalgan va hujayraning ko`p qismini egallagan granulyoza ko`rinadi.
3.5. 6. Lipidli granulalar
Poli-oksibutirat donachalarini lipofil bo`yoqlar - sudan III yoki qora sudan bilan bo`yab, ko`rish o`mumkin. Buning uchun achitqilar hujayrasidan yupqa surtma tayyorlanib, havoda quritiladi va alangada fiksirlanadi. 5 - 15 minut davomida surtma qora sudan bilan bo`yaladi. Vaqt tugagach preparat filtr qog`oz bilan quritilib, 1 minutgacha bo`lgan vaqt davomida ksilolga bir necha marta botiriladi. So`ngra hujayralar 10 sekund davomida 0,1% li safranin eritmasi bilan bo’yaladi. Poli-oksibutirat donachalari to`q rangda, hujayraning qolgan qismi pushti rangda bo`ladi.
3.5.7. Polifosfatlar
Polifosfatlar Volutin - Omelanskiy usulida bo`yalganda oson namoyon bo`ladi. Usul volyutinni kislotalar eritmasida yaxshi erimasligiga asoslangan. Bunda alangada fiksirlangan surtma yuzasiga Tsilning karbolli fuksini qo`yiladi. Hujayralar 0,5 - 1 sekund davomida 1%li sulfat kislota bilan rangsizlantiriladi. So`ng kislota to`kilib, preparat suv bilan yuviladi va 20 - 30 sekund davomida moviy metilen bilan (1:40) qo`shimcha bo`yaladi. Yuvib quritilgan preparatimmersiya bilan mikroskopda ko`riladi. To`g`ri bo`yalgan volutin donachalari qizil, sitoplazma ko`k rangda ko`rinadi.
Achitqilarda volyutinni ko`rish uchun alangada fiksirlangan surtma 3 minut davomida Lofflerning moviy metileni bilan bo`yaladi. Bo`yoq to`kilgach, preparat suv bilan yuviladi va quritilmagan holda surtma yuzasiga 1 tomchi 1% li sulfat kislota tomiziladi. Uning ustiga qoplovchi oyna yopilib mikroskopda ko`riladi. Volutin donalari ko`k-siyoh rangda bo`lib, och havorang sitoplazmada ko`rinadi.
Dostları ilə paylaş: |