O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Raddiya, rad etish usullari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə19/70
tarix05.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#173383
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

3. Raddiya, rad etish usullari.
Raddiya-isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.

Birorta fikrning chinligini rad etish unga zid boʼlgan fikrning xatoligini koʼrsatishdan iborat boʼlganligi uchun, raddiyani isbotlashning xususiy koʼrinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim boʼlgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstratsiyadan (rad etish usuli) dan tashkil topgan boʼladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish yaʼni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri maʼlum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, munozarali masalalar boʼyicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.


Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
1) tezisni rad etish;
2) argumentlarni rad etish;
3) demonstratsiyani rad etish.
I. Tezisni rad etish
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:
1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda boʼlib oʼtgan voqealarga, statistik maʼlumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan: «Sovet davrida Oʼzbekiston mustaqil respublika boʼlgan» degan tezisni rad etish, yaʼni uning notoʼgʼri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. Oʼsha davrda Respublika rahbariyati birorta muhim masalani Moskvaning ruxsatsiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz.
2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) koʼrsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bemaʼnilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning xaqiqatga zid, notoʼgʼri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks xolda bu bemaʼnilik boʼladi. «Bemaʼnilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha:
3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid boʼlgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi. Masalan, Prezidentimiz I.А. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yoʼq» nomli maqolasida «Аmir Temur buyuk sarkarda boʼlgan va yozuvliklar qilgan» degan tezisni shunday rad etadi: «Inson bir paytning oʼzida ham bunyodkor, ham yovuz boʼlishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu-masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, qurʼoni karimni yod bilgan inson yovuz boʼlmaydi. Qonxoʼr odam «Kuch-adolatda» deyishi mumkinmi?»
Darhaqiqat, Sohibqiron Аmir Temur homiyligida, uning koʼrsatmasiga binoan yaratilgan bogʼlar, qurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxs ekanligini yaqqol isbotlaydi.
II. Аrgumentlarni rad etish.

Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi.


Аrgumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin boʼlishi ham mumkin:

Аrgumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi.


III. Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.

Rad etishning bu usulida isbotlashda yoʼl qoʼyilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezis chinligining, uning asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yoʼl qoʼyilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.


Rad etishning yuqorida koʼrsatilgan usullari koʼpincha birgalikda, bir-birini toʼldirgan holda qoʼllaniladi.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin