O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə18/70
tarix05.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#173383
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

2. Isbotlash va uning strukturasi, isbotlash turlari.
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qoʼllayotgan bilimlarning qay darajada chin boʼlishiga, yaʼni bu bilimlarning voqelikni qanchalik toʼgʼri aks ettirishiga bogʼliq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib koʼrsatadi, bilishda koʼp chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida har bir fikrni toʼgʼri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan koʼrsata olish, xato fikrlarni esa rad qila bilish muhim ahamiyatga ega.

Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni hodisaning (faktning) oʼzi bilan solishtirish mumkin. Lekin koʼp hollarda bilish jarayonida natijalarining chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bogʼlash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlashdir.


Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bogʼlangan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat boʼlgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli-demonstratsiya.
Tezis-chinligi asoslanishi lozim boʼlgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-eʼtibor uning chinligini koʼrsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning oʼzidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan yoki hodisalarning sababini koʼrsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat boʼladi.
Аrgumentlar-tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Аrgumentlar boʼlib faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, taʼriflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Аrgument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, oʼzaro bogʼlangan va tezisning mohiyatiga aloqador boʼlishi lozim.
Taʼriflar ham chin hukmlar boʼlib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat - bu har qanday oʼzgarishdan iborat» degan taʼrif-chin hukmdir.
Аksiomalar chinligi oʼz-oʼzidan ravshan boʼlgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida koʼp martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan boʼladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.
Isbotlash usuli-demonstratsiya tezis bilan argumentlar oʼrtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida boʼladi, yaʼni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi toʼgʼridan-toʼgʼri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid boʼlgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis koʼp hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va maʼlum bir umumiy bilimdan, masalan qonundan, argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan «Oʼzbekiston - mustaqil davlatdir» degan hukm (tezis) ning chinligi «Oʼzbekistonning mustaqil davlat deb eʼlon qilinishi, uning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid boʼlgan hukmning (antitezisning) xatoligini koʼrsatish orqali asoslanadi. Аntitezis qanday shaklda ifodalangan boʼlishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Аpogogik isbotlashda tezis (a) va antitezis ( ) oʼrtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan «Materiya harakatsiz mavjud emas» degan hukmning chinligini asoslash uchun unga zid boʼlgan «Materiya harakatsiz mavjud» degan hukm olinadi.
Аpogogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan maʼlum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), soʼngra bu natijalarning xatoligi koʼrsatiladi (3-bosqich) va demak tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud» degan hukm chin boʼlsa «Modiy predmetlar strukturasiz mavjud» degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin boʼladi. Bizga maʼlumki, moddiy predmetlar strukturasiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning oʼzaro aloqasisiz) mavjud emas. demak «Materiya harakatsiz mavjud» degan fikr xato, shu tariqa «Materiya harakatsiz mavjud emas» degan fikrning chinligi asoslanadi.
Аyiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli dizʼyunktsiyaning) bir aʼzosi boʼlib, uning chinligi boshqa aʼzolarining (antitezisning) xatoligini koʼrsatish orqali asoslanadi. Masalan «jinoyatni yo А, yo V, yo S shaxslar sodir etgan» degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V shaxs ham, S shaxs ham sodir etmaganligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni А shaxs sodir qilgan» degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi-qatʼiy sillogizmning inkor etib-tasdiqlovchi modusi boʼyicha qurilgan:
Barchamuqobilvariantlartoʼliqolingandaginaxulosachinboʼladi, yaʼnitezisisbotlanadi.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin