.Gidrokarbonat suspenziyasini fil`trlash
Reja:
Gidrokarbonat suspenziyasini fil`trlash.
Fil`tratsiya bolimining texnologik sxemasi.
7.1.Gidrokarbonat suspenziyasini fil`trlash
Karbonizatsion kolonnalar suspenziya tarkibidagi gidrokarbonat natriy ajratish uchun fil`trlash jarayoni qollaniladi. Hosil bolgan kristallar kal`tsinatsiyalash bulimiga beriladi, fil`trdan chiqayotgan suyuq faza esa distillyatsiya bolimiga ammiakni regeneratsiya qilish uchun beriladi.
7.2.Fil`tratsiya bolimining texnologik sxemasi
Soda ishlab chikarishning fil`tratsiya bolimi texnologik sxemasi 6-rasmda keltirilgan.
Trubalar orqali karbonizatsion kolonnalardan suspenziya katta diametrli trubaga (1) yuboriladi. Undan keyin suspenziya umumiy truba orkali fil`trning saqlangichiga (2) beriladi. Suspenziyaning miqdori drossel tosgichlari (3) bilan regulirovka qilinadi. Suspenziyaning ajaratilishi barabanli vakkum-fil`trlarda amalga oshiriladi. Fil`tr barabanidan olingan chokma transporter bilan natriy gidrokarbonatni kal`tsinatsiya etish bolimiga yuboriladi. Fil`tr tosgichdan otgan havo va fil`trning suyuq faza aralashmasi separatorga (4) kelib tushadi va bu erda bir biridan ajratiladi.
Seperatordan (4) fil`trning suyuq fazasi yiggich kollektoridan otib, fil`tr suyuq faza yig`gichiga (6) beriladi va undan nasos (5) yordamida distillyatsiya bolimiga yuboriladi. Separatorlardan (4) havo umumiy vakkum-kollektor orqali vakkum-nasos (10) bilan atmosferaga chikarib yuboriladi.
Rasm - 6. Fil`trlash bolimining sxemasi.
1-sig`im; 2-vakuum-fil`trlar; 3-drosel tosgichlari; 4-separatorlar; 5,8,10-nasoslar; 6-fil`tr suyiqlikning yig`gishi; 7-buferli yig`gish; 9-fil`trdagi chukmani yuvish uchun suyuklikning yiggichi, 11-fil`tr xavosining yuvitgichi.
Havo tarkibidagi ammiak va doksid uglerodni ushlab qolish uchun vakkum-fil`tr separatorlari va vakkum-nasoslar orasida fil`trlar havosi yuvitgichi (11) ornatilgan boladi.
Fil`trdagi natriy gidrokarbonat chokmasini yuvish uchun yig`gichni (9) suyuq fazasi ishlatiladi. Fil`tr gazmollarini regeneratsiya qilish uchun vozduxoduvkalar bilan fil`trlarga siqilgan havo beriladi. Fil`trga ortiqcha miqdorda suspenziya beriladi, chunki trubkasida doyimiy satx saqlab turish uchun ortiqcha suspenziya trubadan truboprovod orqali buferli yig`gichga (7) kelib tushadi. Buferli yig`gichning ichida aralashtirgich joylashgan boladi. Suspenziya yig`gichdan (7) nasos orkali dastlabki yig`gichga (1) beriladi. Yig`gichga (7) minimal miqdorda suspenziya kelib tushishi uchun ma`lum sharoitlarda jarayonni olib borilishi zarur. Qisman yuvitish suvlari erigani va uning mayda kristallari filtrdan otganligi sababli gidrokarbonat natriyning yoqolishlari kuzatiladi. Bundan tashqari qisman qaytar reaktsiya otganligi uchun ham gidrokarbonat natriyning yoqolishi boladi:
NaHCO3+NH4Cl⇄NaCl+NH4HCO3
Yuvish suvning harorati 450C va miqdori oshgan holda hamda fil`trlash tosgich butunligi buzilganda fil`trlash jarayonida yoqolishlar miqdori kopayib ketishi kuzatiladi. Kal`tsinatsiya stadiyasida gidrokarbonat natriy tarkibidagi namlikga issiqlik sarflanishi va bug`lanayotgan namlikning miqdorlariga boglikligi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Namlik miqdori, %
|
100 kg tayyor sodaga chikarilayotgan namlikning miqdori, kg
|
Kal`tsinatsiya stadiyasida suvni bug`latish uchun issiqlikning nisbiy sarflanishi, %
|
100 kg namli* gidrokarbonat natriyga sodaning chiqishi, kg
|
22,23
|
45
|
139,7
|
49
|
20,75
|
41,3
|
126,1
|
50
|
19,16
|
37,5
|
114,7
|
51
|
17,58
|
33,8
|
100
|
52
|
15,99
|
30,2
|
91,7
|
53
|
14,31
|
26,5
|
80,3
|
54
|
Dostları ilə paylaş: |