O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   182
5.5. Nazorat savollari. 
 
1. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori tezligini rostlashning asosiy 
usullarini ayting. 
2. Motor validagi moment nominal qiymatdan oshmaganida, o‘zgarmas tok 
motorining qo‘zg‘atish tokini kamaytirilsa motor tezligi qanday o‘zgaradi? 
3. Nima uchun mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorlarida nominaldan 
yuqori tezlikni rostlashda maydonni sustlashtirish bilan motorning nominal va 
maksimal momentlari kamayadi? 
4. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorlari tezligini ikki zonali rostlash 
moxiyati nimada? 


166 
5. Doimiy momentli tezlikni va doimiy quvvatli tezliklarni rostlash farqini 
tushuntiring. 
6. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori rekuperativ tormozlanish rejimida 
ishlash uchun uning tezligi qanaqa bo‘lishi kerak? 
7. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori qanday tormozlanish rejimlarida 
ishlashi mumkin? 
8. TO’ – D yuritmasida ishlatiladigan boshqariluvchi tiristorli to‘g‘irlagichlar 
sinflanishini keltiring. 
9. Boshqariladigan tiristorli to‘g‘irlagichning ishlash prinsipini tushuntiring. 
10. TO’ – D tizimi bo‘yicha reversli elektr yuritma uchun tiristorli 
o‘zgartirgichning qanday xususiyatlari bor? 
11. TO’ – D tizimi bo‘yicha reversli elektr yuritmada mantiqiy qayta ulagichning 
vazifasi nima? 
12. Reversli tiristorli o‘zgartirgichni alohida boshqarish prinsipi nimadan iborat? 
13. TO’ – D tizimi bo‘yicha yuritmaning xarakat va tormozlanish rejimlaridagi 
mexanik xarakteristikalar moslashishi uchun reversli tiristorli o‘zgartirgichning 
boshqaruv burchaklari orasidagi nisbat qanday bo‘lishi kerak? 
14. Kuchlanishning kuch tranzistorli rostlagichi ishlash prinsipini tushuntirig? 
15. Impulslar chuqurligi nima?
16. TO’ – D tizimi bo‘yicha yuritma quvvat koeffitsienti taxminan nimaga teng? 
17. Ketma – ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori aylanish yo‘nalishini 
o‘zgartirish uchun nima qilish kerak? 
18. Ketma – ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori tezligini rostlash usullarini 
sanab bering, ulardan qaysi iri tejamli? 
19. Nima uchun ketma – ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori erkin aylanish 
rejimida ishlay olmaydi? 
20. Boshqariladigan tiristorli to‘g‘irlagichning invertorli ish rejimi nima? Bu 
rejimni ishlatish shartlari qanaqa? 


167 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin