O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   182
6.11
 
- rasm. Tok avtonom invertorli chastotaviy elektr yuritmasi sxemasi 
Motorning chastotali – tokli boshqaruvida tokning avtonom invertori qo‘llaniladi 
(6.11 - rasm) . bu invertorlarning alohida jixati o‘zgarmas tok zanjirida baquvvat 
droselning (L indkutiv filtri) borligi va invertorning ko‘prikli sxemasida teskari 
diodlarning yo‘qligi. Tiristorni ulash uchun ulovchi kondensatorlar (C) ishlatiladi. 
VS1 ÷VS6 tiristorlarni qayta ulash o‘sib boruvchi ketma – ketlikda amalga 
oshiriladi. Ulanish prinsipi quyidagicha bo‘ladi (6.11- rasmga qarang). VS1 vaVS2 
tiristorlar ochiq bo‘lsin. Tok motorning «A» va «C» fazalari bo‘yicha o‘tadi. C
13


185 
kondensatori musbat zaryad bilan zaryadlangan. VS3 tiristoriga ochuvchi impulslar 
yuborilganda u ochiladi, va C
13
- VS1 –VS3 - C
13
yopiq kontur hosil bo‘ladi. 
Bunda esa C
13
kondensator qayta zaryadlanishi yuz beradi. Qayta zaryadlanish toki 
ta’sirida VS1 tiristori yopiladi, va tok VS3 tiristor orqali motor «B» va «C» 
fazalariga hamda VS2 tiristoriga o‘ta boshlaydi. C
13
kondensatori zaryadi ishorasi 
teskariga o‘zgaradi. Undan keyin VS4 tiristori ochiladi va tok «C» fazadan «A» 
fazaga o‘tadi (teskari yo‘nalishda). Berilgan chastota davri vaqtida tiristorlarning 6 
ta ulanishi sodir bo‘ladi. Natijada motor statori chulg‘amlaridan berilgan chastotali 
3 fazali o‘zgaruvchan tok o‘ta boshlaydi.
Tokning kattaligi RT tok rostlagichi orqali nazorat qilinadi. RT chiqish 
signaliga asosan tiristorlarni boshqarish burchagi o‘zgartiriladi va UZ1 
to‘g‘irlagich chiqishida to‘g‘irlangan kuchlanishning kerakli qiymati o‘rnatiladi. 
O‘zgartirgichning chiqish chastotasi invertor ventillari boshqaruv bloki (IBT) bilan 
berilgan kattalikda aniqlanadi.
Tok invertorining afzalliklari quyidagilardir: sxemaning nisbatan soddaligi, 
uni tiristorlarda ishlatish imkoni borligi, o‘zgartirgichlarni katta quvvat va yuqori 
kuchlanishlarga ishlash imkoni borligi. Tok invertorli yuritmalarda rekuperativ 
tormozlanish rejimini qo‘llash imkoni bor. Buning uchun o‘zgarmas tok bo‘g‘inida 
tok yo‘nalishini o‘zgartirmasdan boshqaruvchi to‘g‘irlagich invertor rejimiga 
o‘tkaziladi (
α
burchagi π/2 dan katta qiymatga qo‘yiladi). 
Tok invertorining kamchiligi stator chulg‘amlaridagi tok shaklining 
nosinusoidalligi, shuningdek, bir nechta motorlarni bitta o‘zgartirgichdan 
ta’minlashning iloji yo‘qligi. f
1
< 5 Gs bo‘lganda tok shaklining nosunusoidal 
bo‘lishi rotorning notekis aylanishiga sabab bo‘ladi bu esa 6.11 sxemada tezlikni 
rostlash diapazonini cheklab qo‘yadi. 
Hozirgi paytda o‘zgartirgichlarning aksariyat qismi avtonom kuchlanish 
invertori sxemasi bo‘yicha tayyorlanmoqda. Bu esa to‘liq boshqariluvchi kuchli 
yarim o‘tkazgichli uskunalar- IGBT - tranzistorlar va yopiluvchi tiristorlar ning 
paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. To‘liq boshqaruvchi uskunalardagi kuchlanish 
invertorli elektr yuritmaning andozaviy sxemasi 6.12 - rasmda keltirilgan. Uning 


186 
alohida jixati VS1 -VS6 teskari diodlarning borligi va filtr – kondensatori (s) ning 
borligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin