17
tarzda amalga oshirilishi mumkin. Agar boshqarish qolaki amalga oshirilsa ham
operator vazifasini yengillashtirish va texnologik jarayonni aniqligini oshirish
maqsadida boshqaruv kompleksining ba‘zi mexanizmlari avtomatlashtiriladi.
Elektr yuritmaning ikkinchi vazifasi sifatida
ish bajaruvchi mashinalar
harakatini keltirishimiz mumkin. Bu boshqaruv qolaki, yarim avtomatik va
avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib zamonaviy elektr yuritma - mashina ishchi organini harakatga
keltirish va texnologik jarayonni boshqarish uchun mo‘ljallangan
texnik tizim
deyishimiz mumkin bo‘ladi.
Elektr yuritma ikki vazifasining hamohangligi, ya‘ni elektr energiyasini
mexanik energiyaga aylantirish hamda mexanik energiyaning ko‘rsatkichlarini
boshqarish (quvvat, zo‘riqish, aylanish momenti, tezlik, tezlanish, siljish masofasi
va og‘ish burchagi) elektr yuritmasining mashina ishlab chiqarishdagi o‘rni va
vazifasini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: