O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə1/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org


O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI

O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

MIKROBIOLOGIYADAN AMALIY VA LABORATORIYA MASHG`ULOTLARI UCHUN

O’QUV QO’LLANMA


(to`ldirilgan 2 nashri) 

Tuzuvchilar: prof. A.H.Vahobov


dots. T.X.Rasulova


dots. Ya.F.Nizametdinova
dots. M.L.Mansurova
dots. I.A.Muzaffarova 
Mas’ul muharir: prof. Q.D. Davronov 

Taqrizchilar: prof. M.M. Raximov


prof. Sh.I. Hakimova

Toshkent - 2010 






2


/////1. MIKROORGANIZMLARNING UMUMIY TAVSIFI 

Mikroorganizmlar juda mayda mavjudodlar bo`lib, ularni oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi. Ular bir-biridan


morfologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari bilan farqlanadi. Hujayraviy tuzilishga ko`ra barcha 
mikroorganizmlar prokariotlarga va eukariotlarga ajratiladi. Prokariotlarning yadro apparati "nukleoid" deb nomlanib,
ko`pincha, u bitta xromosoma tutadi, halqasimon bo`lgan DNK molekulasidan iborat. Eukariotlarda yadro bir qator 
xromosomalar tutadi va tsitoplazmadan membrana bilan ajratilgan bo`ladi. Eukariot va prokariotlarning yadro
apparatining tuzilishidagi farqi ularning boshqa xususiyatlari bilan bog`liq. 


1.1. Prokariotlar 
Prokariotlar orasida bakteriyalar (yoki eubakteriyalar) va arxeylar (arxebakteriyalar) ajratiladi. Aksariyat 
prokariotlar eubakteriyalarning turli guruhlaridir. Prokariotlar, asosan, bir hujayrali organizmlar bo`lib, ularning
o`rtacha o`lchami 0,2- 10,0 mkm. Bakteriyalarning shakli turli o`lchamdagi tayoqchalar, sharsimon hujayralar 
(kokklar) hamda buralgan shakllar - vibrion, spirilla va spiroxetalardan iborat. Bundan tashqari, uchburchak, kvadrat
va o`simtali shaklga ega bo’lgan hujayralar ham topilgan. 
Hujayralar to`plami ba'zida bakteriyalarning sistematik o`rnini aniqlashda yordam beradi. Ular yakka-yakka, juft,
qisqa va uzun zanjir shaklida (streptokokklar), tartibsiz shaklda (stafilokokklar), paket holatida (sartsinalar), to`rsimon 
va rozetkasimon bo`lishlari mumkin. Aktinomitsetlar guruhidagi ko`pchilik bakteriyalar mitseliy hosil qiladi. Trixom
hosil qiluvchi ko`p hujayrali prokariotlar ham topilgan. 



Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin