24
Ishdan maqsad: Virus namunasini sog` o`simlikka yuqtirish malakasini
hosil qilish.
Kerakli materillar: viruslar, o`simliklar. 1 Indikator o`simliklar:
Nicotiana glutinosa, yoki N. sylvestris, Chenopodium amaranticolor yoki Ch.
quenea.
2 Virus namunasi: TMV ni tomat shtammi bilan kasallangan tomat yoki tamaki
barglari (5-10 gramm).
3. Korund (300-600 mesh) yoki "selit" (diatom tuprogi),
4. Shisha tayoqcha, shpatel.
5. Chinni xavoncha (25 - 50 ml).
6. Eksikator (xajmi 20 litr).
7. Ip.
8 Plastilin.
Ishning borishi. Viruslar bilan ishlaganda har bir qilinadigan amallardan
avval qo`llarni, ish joyini, ish asboblarini yaxshilab yuvish, tozalash, ba'zilarini
steril - lash zarur. Ish toza filtr qog`ozi ustida bajariladi.
Virusli namunadan virusli shira ajratish: TMV bilan kasallantirilgan tomat
yoki tamaki bargini (5-10 gr) chinni xavonchada 0,1 M fosfat buferi (1 gr
namunaga 1 ml bufer miqdorida) (rN 7,8) ishtirokida ezib maydalaniladi. Yanada
yaxshiroq maydalash uchun gomogenizatordan (1-2 minut) foydalansa 5 xam
bo`ladi. Gomogenatni 2 - 3 qavatli dokadan o`tkaziladi, so`ngra 1 minutda 6 -
8ming aylanish tezligida 10 minut davomida sentrifuga qilinadi. Cho`kmaga
yaxshi ezilmagan o`simlik qoldiqlari, hujayrani yirik birikmalari tushadi, virus esa
cho`kmaning ustida bo`ladi.
Virus yuqtirish. Kasal o`simlikdan ajratib olingan shirani 2 - 3 tomchisini sog`
o`simlik bargiga tomiziladi va igna bilan barg sathi tirnaladi. Ammo bu usullar
kam natija beradi. Hozirgi vaqtda esa bu usul sal o`zgartirilgan, barg sathiga
ozgina obraziv sepiladi, 2 - 3 tomchi shirani tomiziladi va toza barmoq yoki shisha
tayyoqcha yoki shpatel yordamida ohistalik bilan surtiladi. Surtishning kuchi
bargning holatiga, yoshiga, o`simlikni, abrazivni sifatiga bog`liq bo`ladi, 10-15
minutdan so`ng virus preparati va abrazivlarni ortiqchalari distillangan suv bilan
yuvib tashlanadi Virus barg to`klari va epidermisidagi mikro-jarohatlari orqali
kiradi.
Virus yuqtirilgan barglarga virus nomi, sana va hokozolar yozilgan
etiketkalar bog`lanadi. So`ngra ularni nam solingan katta eksikator yoki shishadan
yasalgan 15-20 l hajmli usti zich yopiledigan idishlarda saqlanadi. Buning uchun
eksikatorni ustki qismiga 3 - 4 qator ip tortiladi va ipning ikki uchi eksikator
devorlariga plastilin yoki yopishqoq lentalar yordamida yopishtiriladi. Virus
yuqtirilgan barglar ana shu iplarga bog`lanib osib qo`yiladi. Virusning yuqish
kuchini oshirish uchun virus yuqtirilgan barglar qorong`iroq va nam joyga
qo`yiladi.
Virus yuqtirilgan barglarda kasallik alomatlari paydo bo`lishi ishlatiladigan
indikator o`simlikning turiga (Nicotiana glutinosa da 48 soat, N. sylvestris da 76 -
80 soatda nekroz hosil bo`ladi), virusning turiga, haroratga va shu kabi faktorlarga
bog`liq bo`ladi.
Virus yuqtirilgandan so`ng 48 soat (N. glutinosa), 76 - 80 soat (N. sylvestris),
ikki hafta (Ch amaranticoior, Ch. quenea), 1 - 2 oy va yillar mobaynida
(daraxtlarda) kuzatilib boriladi. Indikator o`simliklarda paydo bo`lgan simptomlar
48 - 72 soatdan so’ng hisobga olinadi va nazorat bargdagi (yoki bargni yarmidagi)
25
hamda tajriba barglardagi simptomlar sanaladi (nekroz yoki dog`, xalqa bo`lsa),
diametri o`lchanadi, ya'ni tasvirlanadi.
Dostları ilə paylaş: