O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

Stafilokokklar (staphilo - yunoncha uzum shingili degani) hujayraning har xil tekislikda tartibsiz bo`linishidan 

hosil bo`ladi va uzum shingilining joylashishini eslatadi. Hujayra sharsimon bo`lib, diametri 0,8 - 1,5 mkm ni tashkil 

etadi.  Stafilokokklar  odam  va  hayvonlarda  yiringli  yaralar  hosil  qiladi.  Shuni  eslash  o`rinli      bo`ladiki,  yuqorida 

aytilgan sharsimon    hujayralarning    ayniqsa, Staphylococcus aureus(Tillasimon stafilokokk)   to`plamlari,  2-4 

tadan birikkan  to`plamlari turg`un   

 



 

 



 

  

4-rasm. Tillasimon stafilokokk hujayralari 



 

bo`lmasdan ayrim-ayrim hujayralarga oson ajratiladi. 

 

Sharsimon  bakteriyalarning  tashqi  ko`rinishlari  bilan  tanishish  uchun  "ezilgan  tomchi"  usulida  preparat 

tayyorlanadi.  Buning  uchun  buyum  oynasiga  vodoprovod  suvidan  bir  tomchi  tomiziladi.  So`ngra  o`rganilayotgan 

mikroorganizm  kulturasidan  ozgina  olib  aralashtiriladi  va  qoplag`ich  oyna  bilan  yopiladi.  Qattiq  ozuqa  muhitida 

o`stirilgan kulturani  bir tomchi suvga bakteriya ilmoqi vositasida solib aralashtirib preparat tayyorlansa, suyuq ozuqa 

muhitidagi bakteriya kulturasini steril pipetka bilan olib buyum oynasiga tomiziladi va qoplag`ich oyna bilan yopiladi. 

Demak, ikkinchi holatda bir tomchi suvni buyum oynasiga tomizish shart emas. Olingan tomchining hajmi shunchalik 

kichik  bo`lishi  kerakki,  qoplag`ich  oyna  yopilganda  ortiqcha  suyuqlik  bo`lmagani  ma'qul.  Aks  holda  ortiqchasi  filtr 

qog`ozi yordamida yo`qotiladi. Tayyorlangan preparatlar immersiya obyektivi yordamida mikroskopda ko`riladi. 

 

1.  Mikrokokklar  preparatlarini  3-4  sutka  davomida  pepton  agarida  o`stirilgan  Micrococcus  roseus  (pushti 



rangdagi  kokklar)  kulturasidan  tayyorlanadi.  Preparatda  ayrim  yoki  to`p-to`p  bo`lib,  tartibsiz  to`plamlar  holida 

joylashgan mayda sharsimon hujayralar ko`rinadi. 

 

2.  Sartsinalar  preparatlarini  3-4  sutkali  pepton  agarida  o`stirilgan  Sarcina  flava  (sariq  rangli)  kulturasidan 



tayyorlanadi. Ular 8 yoki 16 ta hujayradan iborat paketlar hosil qiladi. 

 

3. Streptokokklar bilan tanishish uchun qatiq yoki smetanadan olib tayyorlangan fiksirlangan, bo`yalgan preparat 



ishlatiladi.  Unda  gomofermentativ  sut  kislotali  bijg`ishni  olib  boruvchi  Streptococcus  lactis    kuzatiladi. 

Yog`sizlantirilgan  qatiqdan  (prostokvasha)  buyum  oynasiga  surtma    tayyorlanadi,  fiksirlangandan  so`ng  ishqoriy 

moviy metilen bo`yog`i bilan 1-2 minut davomida bo`yaladi, filtr qog`ozi bilan quritiladi va immersiya tizimida ko`k 

rangdagi sharsimon hujayralar zanjirchalari ko`rinadi. 

 

4. Stafilokokklar  bilan tanishish uchun tayyor fiksirlab bo`yalgan tillasimon stafilokokk Staphylococcus aureus  



preparati ko`riladi. Bunda sharsimon hujayralarning shingillarini ko`rish mumkin (4 - rasm). 

Adabiyotlar 

1. Егоров Н.С. Руководство к практическим занятиям по микробиологии. М.: Изд-во МГУ, 1983. С. 55. 

2.  


Теппер Е.З., Шильникова В.К., Переверзева Г.И. Практикум по                             микробиологии. М., 

Агропромиздат, 1987. С. 27-29. 

3.  

Хоулт Дж. Краткий определитель Берги. М.: “Мир”, 1980. 




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin