O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

miqdoriga aytiladi. Masalan, 100 g  bo`z tuproq 37 g gacha suvni o`zida saqlab qoladi. Buni to`la namlik hajmining 

100% deb qabul qilinadi. To`la namlikdan 60% esa quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: 

2

,

22



%

100


37

%

60





x



x

 ml 


 

Agar  250  gr    tuproq  olinsa,  nazariya    bo`yicha  60%  namlik  hosil  qilish  uchun  55,5  ml  suv  qo`shilishi  lozim. 

Amalda  tuproqni  namlash  asta-sekin  bo`ladi.  Bunda  butun  yuzani  10  ml  suv  tomizib  namlanadi,  so`ngra  5  ml  dan 

tomiziladi.  Har  bir  namlashdan  keyin  tuproqni  yaxshilab  chinni  belkurakcha  bilan  yoki  shpatel  bilan  aralashtiriladi. 

Tuproqning  namligi  shunday  holatda  bo`lishi  kerakki,  unda  uning  tashqi  ko`rinishi  mayda  qumoq-qumoq,  yaxshi 

strukturalangan, yumshoq va nam bo`ladi. Bunday tuproqqa, odatda, o`simlik urug`i ekiladi. Tayyorlangan tuproq Kox 

likopchasiga  solinadi  va  unga  pinset  yordamida  2  ta  buyum  oyna  tik  joylashtiriladi,  uzun  tomoni  bilan  pastga 

qaratiladi. Oynachalar oralig`i 2 - 2,5 sm, tuproq esa ularga zich yopishgan bo`lishi kerak. Kox likopchasini qopqoq 

bilan bekitib, ustiga kim tomonidan va qachon bajarilganligi yozib qo`yiladi. Kox likopchasining tuproq va oynachalar 

bilan  birga  og`irligini  aniqlab,  xona  haroratida  qalpoq  tagiga  qo`yiladi.  Daftarga  yoki  albomga  tuproqning  og`irligi, 

tuproqning  qisqa  tavsifi  yoziladi.  Oynachalar  tuproqda  3  hafta  saqlanadi.  Bu  orada  har  hafta  likopcha  og`irligi 

o`lchanib,  tuproq  holatiga  qarab  suv  bilan  namlanadi.  Shu  orada,  ya'ni  oynachalar  tuproqda  turganda,  ularning  usti 

tuproq  kolloidlari  bilan  qoplanadi.  Buning  hisobiga  mikroorganizmlar  ko`payadi.  Natijada  oynachalarni  tuproq 

bakteriyalari,  zamburug`  va  boshqa  organizmlar  o`sib  qoplaydi.  3  hafta  o`tgach,  tuproq  Kox  likopchalaridan  toza 

yaltiroq  qog`ozning  varag`iga  olinadi.  Ehtiyotkorlik  bilan  pinset  yordamida,  ustini  qirqib  yubormasdan  oynachalar 

olinadi,  yopishib  qolgan  tuproq  qoldiqlaridan  silkitib  olinadi.  Bitta  oynaning  yuzi  surtma  sifatida  foydalaniladi, 

ikkinchisi  esa  tuproq  qoldiqlaridan  tozalanadi.  Surtmani  flambirlab  fiksirlanadi,  sovutiladi  va  uzoq  vaqt  nordon 

karbolli  eritrozin  bilan  engil  isitilib  bo`yaladi.  Shuningdek  genitsian-violet  bilan  2-3  min  bo`yalganda  ham  yaxshi 

natija  beradi.  Bo`yalgandan  keyin  preparat  yuviladi.  Quritiladi  va  mikroskopda  kamida  10  ta  ko`rish  maydoni 

ko`riladi.  Bunda  mikroorganizmlarning  turli-tuman  shakllariga,  ularning  o`zaro  bog`lanish  xususiyatiga, 

bakteriyalarning  zamburug`  gifalari  ustida  hosil  qilgan  to`plamlari  va  shu  kabilar  tabiiy  holatda  kuzatiladi.  Hamma 

kuzatishlar albomda 10 -12  ta rasmda tasvirlanadi. 

Adabiyotlar 

1.  


Звягинцев Д.Г. Методы почвенной микробиологии и биохимии. М.: Изд-во МГУ, 1980, С. 26-27. 

2.  


Красильников Н.А. Методы изучения почвенных микроорганизмов и их метаболитов. М.: Изд-во МГУ, 1960. 

С. 30-31. 




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin