O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


 Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

1.5. Mikroorganizmlarning tarqalishi va ahamiyati 

      Tabiatdagi ekologik sistemalarning butunligini ta'minlovchi muhim omillardan biri mikroorganizmlar yig`indisidir. 

Ma'lum  sharoitlarda  mikroorganizmlar  yagona  hayot shakli bo`lishi  mumkin. Evolutsiya davomida  ular orasida  turli 

tipdagi munosabatlar takomillashib borgan (simbioz, mutualizm, parazitizm va hokazo).  

      Yerdagi  bo`lib  o`tadigan  moddalar  aylanishida  mikroorganizmlar  faol  ishtirok  etadi.  Turli  organik  birikmalarni 

o`zlashtirib,  SO  va  SO

2

  ni  yutib,  metan  hosil  qilib  va  o`zlashtirib,  ular  uglerod  aylanishida  faol  ishtirok  etadi. 



Molekular azotni o`zlashtirib, ammiak va nitritlarni oksidlab, denitrifikatsiyani amalga oshiriladi. Ular tabiatdagi azot 

aylanishini ta'minlaydi, qaytarilgan oltingugurt birikmalarini oksidlab va oksidlangan birikmalarni qaytarib oltingugurt 

aylanishini amalga oshiradilar. 

      Ba'zi mikroorganizmlar inson va o`zga organizmlarda kasalliklar chaqiradi, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, binolar, 

truboprovodlar, metallkonstruksiyalarining  chirishiga olib keladi. 

      Bakteriya  va zamburug`lar yordamida non, vino, pivo, kvas, turli sut mahsulotlari, atseton, butanol, sirka, limon 

kislotasi,  vitaminlar,  fermentlar,  antibiotiklar  va  hokazolar  olinadi.    Mikroorganizmlarning  amaliy  ahamiyati 

beqiyosdir. 




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin