Gidravlikaning suyuqliklar harakati qonunlari va ularning harakatlanayotgan yoki harakatsiz qattiq jismlar bilan o’zaro ta`sirini o’rganuvchi bo’limiga gidrodinamika deyiladi.
Harakatlanayotgan suyuqlik vaqt va koordinata bo’yicha o’zgaruvchi turli parametrlarga ega bo’lgan harakatdagi moddiy nuqtalar to’plamidan iborat. Odatda, suyuqlikni o’zi egallab turgan fazoni butunlay to’ldiruvchi tutash jism deb qaraladi. Bu degan suz tekshirilayotgan fazoning istalgan nuqtasini olsak, shu yerda suyuqlik zarrachasi mavjud demakdir. Gidrostatikada asosiy parametr bosim bo’lsa, gidrodinamikada esa bosim va tezlikdir.