O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Gidrouzatmalarning qo’llanilish soxalari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə49/51
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#39003
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Buxoro muhandislik -texnologiya instituti «texnologiyalar va jih

Gidrouzatmalarning qo’llanilish soxalari


Ko’pincha, mashinalar orasida mexanik energiyani uzatish zarurati tug’ilganda ularning xarakteristikalari mos kelmaydi, natijada mashinalar tejamsiz rejimda, zo’riqib yoki to’la yuklanmasdan ishlaydi. Gidrouzatmalardan foydalanish yo’li bilan mashinalarning xarakteristikalarini moslab ishlatishga erishish mumkin. Lekin bu holda uzatma murakkablashadi va energiya sarflanishi ko’payadi.

Shuning uchun gidravlik uzatish orqali xarakteristikalarni moslash bilan bog`lik bo’lgan qo’shimcha yo’qotishlar ungacha bo’lgan umumiy yo’qotishlarga nisbatan kam bo’lsa, gidrouzatmalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, aylanishlar sonini ravon o’zgartirish zarur bo’lganda va kuch uzatishni avtomatlashtirishda gidrouzatmalardan foydalanish qulaydir.

Gidrouzatmalardan dvigaellarni xavfli zo’rikishdan saqlashda va turli mashinalarda aylanishlar sonini o’zgartirishda foydalaniladi. Sozlanmaydigan gidromuftalar burovchi momentlarni ravon uzatish yo’li bilan mashinalarni xavfli zo’riqishdan saqlashda ishlatiladi. Sozlanadigan gidromuftalar esa saqlagich vazifasini bajarishdan tashqari, turli mashinalarning aylanish sonini sozlashga xam yordam beradi.

Ular ayniqsa o’zgaruvchan tokda ishlaydigan, sozlanmaydigan elektr dvigatellaridan xarakat oluvchi mashinalarning aylanish sonini o’zgartirishda qo’l keladi.

Gidrotransformatorlar o’zgaruvchan tok elektr dvigatellari gaz turbinalari, karbyuratorli ichki yonuv dvigatellari va dizel’ dvigatellari bilan uyg`unlashgan holda ishlaydi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin