O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Namangan davlat universiteti
TARIX FAKUL`TETI
JAHON TARIXI KAFEDRASI
"MUZEYSHUNOSLIK"
fanidan
ma`ruza matni
Namangan - 2009
2
Mazkur ma`ruza matni tarix fakul'teti 2-kurs talabalarini muzey tushunchasi bilan tanishtirishni,
jahon muzeylarini vujudga kelishi, O`zbekistonda muzey ishi tarixi, mustaqillik yillarida muzey
ishining rivojlanishi,muzey ishining asosiy xususiyatlari to`g’risida ma`lumot berishin o`z
oldiga maqsad qilib qo`ygan.
Tuzuvchi: katta o`qituvchi N. G`ofurov
NamDU o`quv uslubiy kengashida muhokama qilingan va tavsiya etilgan.
Bayonnoma № _______ "_____"___________2009 yil
3
1-MAVZU: MUZEYSHUNOSLIK - ILMIY FAN
REJA:
1.
Kirish
2.
Muzeyshunoslikning predmeti
3.
Muzeyshunosliknig asosiy tushunchalari
4.
Muzeyshunosliknig metodlari
5.
Xulosa
Muzey ishi- jamoatchilik faoliyatining fan, tarbiya va madaniyati bilan alokada bulib
turadigan uziga xos bir kismi sifatida jamiyat tarakkiyotining umumiy tendentsiyalardan chetta
kolmagan.
Insonning xar tomonlama rivojlantirish ishida muxim axamiyatga ega bulgan muzey ishi
darajasini ustirishda tuplagan tajribani nazariy tushunmasdan, xarakteristikasini, koidalarni
urganmasdan turib erishib bulmaydi.
Muzey ishini muammolarini umumlashtiruvchi, muzey amaliyotida foydalanadigan va maxsus
adabiyotlarda uz aksini topgan bilimlar majmuasi - muzeologiya yoki muzeyshunoslik deyiladi.
Bu termin XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bulganligi karamasdan juda kuplab jaxon
kishilarga urnashib kolgan. Ilgari mavjud bulgan "Muzeografiya" termini muzeylarga tegishli
bulgan barcha asarlarga XX - asrning urtalarida boshlab esa muzeylar tavsifiga nisbatan ishlatila
boshlagan.
Muzeyshunoslikning nazariy sistemasi tushuncha va metodlari XVI- asrdan boshlab shakllana
boshlagan. Lekin fan sifatida sungi un yilliklarda shakllandi.
Muzeyshunoslik - ijtimoiy axborotni saklash vositasiga anglash va etkazish jaraynini urganuvchi
ijtimoiy fandir.
II.
Xar kanday fan tadkikot ob`ekti va predmetiga ega buladi. Tuli fanlarning tadkikot
ob`ektlari bir-biriga uxshash bulishi yoki butunlay mos tushushi xam mumkin.
Muzeyshunoslikning ob`ekti- bu muzey ijtimoiy xodisa sifatidagi muzey ishidir. Lekin bu ob`ekt
tarix, xususan madaniyat tarixini san`atshunoslik, sotsiologiya va boshka fanlar tomonidan
urganilishi mumkin va ma`lum ma`noda urganilmokda.
Tadkikot ob`ektidan fark kilib konuniyatlarining ma`lum doirasi xisoblangan tadkikot
predmeti doimo uziga xos bulishi kerak.
Agar tadkikot ob`ektga nisbatan oddiy va fanga material tanlash boskichidayok ma`lum
buladigan bulsa, fanning predmeti xech kachon tayyor xolda berilmaydi. U topilish va tuplanishi
lozim.
Tadkikot predmetini xisobga olish - fanning eng muxim nazariy vazifalardan biri bulishi bilan
birga, uning tarakkkiyotning asosiy kursatkichi xisoblanadi. U metodologik fani bilan boglik va
maxsus tadkikotlar natijasi xisoblanadi. Muzeyshunoslikning predmeti ijtimoiy axborot, olish va
bilimlarni etkazish an`ana va extiroslarni muzey predmetlari vositasida tuplash va saklash
jarayoniga, muzey vа muzey ishining vujudga kelishi, rivojlanishi va ijtimoiy faoliyati
jarayoniga boglik bulgan ob`ektiv konuniyatlar doirasidir.
III.
Muzeyshunoslik predmeti tushunchasini yukorida berilgan ta`rifini tushunish uchun
"Muzey predmeti", "Muzey", "Muzey ishi" kabi tushunchalirini taxlil kilish lozim buladi.
Xozirgi kunda muzey predmeti inson faoliyati va tabiat xayotining bevosita natijasi bulishi asil
yodgorlik sifatida kurib chikiladi. Mzuey predmetlarining buyumli va tasviriy axborot
tashuvchiligi bilan muzeyning jamitda vujudga keladigan boshka xujjatli institutlardan fark
kilishi aloxida ta`kidlab utiladi.
Inson tomonidan yaratilgan predmetlar ilgor tajribani tuplaganliklari, axborotni tuplaganligi va
etkazganligi uchun xam "Tarixiy xotira" funktsiyasini bajaradilar.
4
Muzey predmetlari nafakat bilimning birinchi manbai balki madaniy tarixiy kadriyatlar xamdir.
Muzey predmetida insonning borlikka aloxida munosabati muzey extiyoji, muzey predmetlarini
saklash extiyoji shaklida uz aksini tanishini aloxida ta`kidlab utish lozim.
Muzey predmeti - bu muzey tuplamiga kiritilgan va uzok saklashiga kodir bulgan, real borlikdan
olingan muzey axamiyatidagi predmetidir.
Muzey predmetining kimmatliligi muzey shunoslik va ilmiy - soxaviy tadkikotlar jarayonida
aniklanadi.
Muzey predmeti muzey faoliyatining, uning ijtimoiy funktsiyalarini amalga oshirishнинг asosi
xisoblanadi.
"Muzey", "muzey ishi" kabi tushunchalar xam muxim axamiyatga ega buladi.
Muzeyshunoslik uz tarakkiyotining barcha boskichlarida muzey fenomenini, uning jamiyatidagi
urnini tushunib etishga xarakat kilib kelgan
"Muzey", ("muzey ishi") (kabi) ta`riflarni tushunish uchun bu muassasini kelib chikishini
aniklash juda muximdir. Bu borada uning kelib chikish sabablarini urganish lozim.
Keng tarkalgan karashlardan biri shartli ravishda "filologik" deb ataladi va unga kura
muzeylarning paydo bulishi aytik davrdagi ilxom parilari - muzalarning exromlari muzeumlarga
taklidan kelib chikkan deyiladi. Lekin bu xolatda muzeylarning kelib chikishi muammosi
umuman xal bulmaydi, chunki aytik muzeumlarning vujudga kelishi sabablari noanik koladi.
SHu bilan birga tarixiy amaliyotning guvoxlik berilishicha muzey muassasalari xar xil terminlar
bilan xam atalishi mumkin. Masalan, V`etnam muzeylari "bao ta" - "yodgorliklar saklanadigan
joy" - terminni bilan ataladi. Demak termini uzicha xar xil mumkin bulish mumkin ekan va
aynan V`etnam varianti muzeyning asl moxiyatini ochib beradi.
Muzeylarning vujudga kelishini tarixiy va etnografik materiallar ta`kilaganidek insoniyat
tarakiyotining insoniyat tarakiyotining ilk boskichlardayok, balkim ibtidoiy jamiyatdayok
mavjud bulgan ijtimoiy muzey etiyoji bilan 'oglash lozim "Muzey munosabatlari" ishi eng ilk
ob`ektlari nimadan iborat bulganligini aniklashda uni "Moddiy boyliklarini tulash" bilan boglab
kuymasligimiz kerak. Kuprok buyumlashtirilgan xotira, insonning ijtimoiy guruxda tutgan urnini
tasdiklovchi isbot sifatidagi predmetlar saklanib kolgan.
Kadimgi, birinchi navbatda shark tsivilizatsiyasi Misrdagi "Xayot uylari" shumerliklarning Ura
kollektsiyalari kabi muzey tipidagi kollektsiyalar rivojlanishiga guvox bulgan.
Urta asrlarda predmetlarni tuplash bilan xristian cherkovi keng kulamda (foydalana) shugullana
boshladi va ulardan diniy afsonalarni xakligini iisbotalashda foydalandi .
Uygonish davrida muzeylarga ulkan bilim manbai sifatida juda katta e`tibor berila boshlandi.
Keyinrok muzey ajdodlar tuplangan tajribani saklovchi va kelajak avlodlarga etkazuvchi muxim
muassasa sifatida tan olina boshlandi.
Fan va muzey amaliyoti soxasidagi keskin uzgarishlar kapitalizm davrida muzeyning ijtimoiy
funktsiyalarini yanada boyishiga olib keldi.
SHunday kilib muzey jamiyatning real dunyoning predmetlarinii tarixiy xotira, ijtimoiy
axborotning xujjatli vositalari, estetik predmetlar shaklida saklash extiyojini kondiruvchi
maxsus muassasa xisoblandi.
Muzeyning asosiy belgisi - ilmiy asosda tashkil etilgan va xisobga olish lozim bulgan muzey
predmetlarini tuplash, saklash, konservatsiyalash, muzeyshunoslik va soxaviy fanlarning ilmiy
metodlari bazasida tadkik kilish va ilmiy, ta`limiy-tarbiyaviy maksadlarda foydalanishlardan
iborat. Umumlashgan formada muzeyning zamonaviy tushunchasini kuydagicha ta`riflash
mumkin.
Muzey - bu madaniy-tarixiy, tabiy-ilmiy kadriyatlarni aniklash, muzey predmetlari vositasida
axborotni tuplash va tarkatish uchun muljallangan tarixiy belgilangan, kupkirrali ijtimoiy axborot
muassasadir.
Ma`lum tarxiy sharoitda muzeylar faoliyati ijtimoiy faoliyatning aloxida katlami sifatida -
muzey ishining mavjud bulishi bilan belgilanadi. Uning tarkibiga muzeylarning amaliy faoliyati
va yodgorliklarni asrash, muzeylar tizimi, muzey siyosati va konunchiligi, kadrlarni tayyorlash
5
va malakasini oshirish tizimi, soxaviy ilmiy, ilmmiy - metodik va ukuv markazlari, maxsus
davrlashtirish va nixoyat maxsus ilmiy fan muzeyshunoslik fani kiradi.
Ilmiy fanning eng asosiy belgilardan biri metod bulib, bunda bilish uslubi, borlikni ma`lum bir
tomanlarini tadkik kilish jarayonida foydalaniladigan usullar tizimini tushinamiz.
Xar bir ilmiy fan tadkikot ob`ekti va predmetdan kelib chikib uzining metodini shakllantiradi.
Zaonaviy boskichda turli fanlarning metodlari shunchalik bir-biriga kirishib ketgan-ki ularni
ajratib olishda kuplab kiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Masaln arxeologiyaga tuxtaladigan
bulsak u nafakat tarix va manbashunoslikka oid metodlardan balki ximiya, fizika va botanikaga
xos bulgan metodlardan xam tobora keng foydalanmokda.
Muzeyshunoslik tadkikot metodlarining xilma-xilligi bilan xarakterlanadi, ularning ayrimlari
boshka fanlarning metodlari bilan kisman yoki tulikligicha mos tushadi. Bu tushunarli xos
chunki muzeyshunoslik kuplab ijtimoiy va tabiy fanlar bilan yakindan alakada buladi.
Muzeyshunoslik metodlari uchun kuydagilar xarakterlidir:
1.
Muzey predmetlarini tadkik kilishda ijtimoiy va tabiy fanlarning turli xil shakllaridan
foydalanish. Maxsus va yordamchi tarixiy fanlar, san`atshunoslik, adabiyotshunoslikning
metodlaridan keng foydaniladi.
2.
Bir kator tabiy va ijtimoiy fanlardan mavjud bulgan dala tadkikot metodlardan
foydalanish.
3.
Bevosita jamiyat xayotini kuzatish metodlardan foydalanиш.
4.
Kurgazma soxasidagi tadkikotlar, muzey predmetlarini restovratsiya va konservatsiya
kiliш ishida eksperemintal metodlaridan foydalanilishi.
Yukorida belgilab tadkikot uslublari tizimi birgalikda muzeyshunoslikning boshka ilmiy
foydalardan farklovchi, shu bilan birga kuplab boshka alokasini kursatib beruvchi metodini
tashkil etadi. Ilmiy fanning rivojlanishi fan tilining shakllanilishi bilan boglik. Fan tili - bu fan
tomonidan foydalaniladigan va bilish natijalari uz aksini topgan tushuncha va terminlar
sistemasidir.
Muzeyshunoslik boshka ilmiy fanlar kabi bilimlar sistemasidan iborat va ma`lum bir jamiyat
tuzilmalarga ega.
Muzeyshunoslik tarixiy, nazariy va amaliy elementlarni kamrab oladi:
A. Muzeyshunoslikning tarixi va tarixiy manbashunosligi
B. Nazariya
V. Muzey manbashunosligi
G. Amaliy muzeyshunsolik
Muzeyshunoslik tizimiga kiruvchi barcha kismlar bir-biri bilan yakindosh alokada va uzaro
boglik buladi. Amaliy muzeyning bir tomondan tajribasi tarixiy taxlil kilishga tayansa, ikkinchi
tomondan - nazariy asoslarining ishlab chikarishga tayanadi.
Muzeylar jamiyat tomonlaridan oldilarga uziga xos vazifalarini bajaradilar.
Muzeyshunoslikning kuyidagi ijtimoiy funktsiyalari mavjud.
Birinchidan muzeylar tabiat va jamiyat tarakiyyotining xodisa, jarayon, konuniyatlari ilmiy
xujjatlashtirish uchun muljallangan - ilmiy xujjatlashtirish funksiyasi.
Ikkinchidan ular milliy va jaxon madaniyati manfaatlari yulida madaniy tarxiy yodgorliklarini
asrash vazifasinii bajarishga chakirilgan
Uchinchidan muzeylar ilmiy tadkikotlarning uziga xos markkazalari xisoblanadi, tadkikotchilik
funktsiyasi; nixoyat jamiyat muzeylar oldiga xar tamonlama kamol topgan yangi zamon
kishisiki tarbiyalash vazifasini kuyadi, ta`lim-tarbiyaviy funktsiya.
Muzeylar doimiy ravishda uz tuplamlarini boyitib borishlari va ularning strukturalarini
takomillashtirb borishlari lozim.
Respublikamiz muzey tizimi kuydagi muzeylardan tashkil topgan:
1.
Tarixiy muzeylar - tarixiy fanlar tizimi bazasidagi muzeylar (arxiologiya, etnografiya,
xarbiy-tarixiy, maorif tarixi)
2.
Badiy muzeylar san`at va san`atshunoslik tarixiga oid muzeylar
6
3.
Tabiy -tarixiy muzeylar uz faoliyatida tabiy fanlarga tayanadigan muzeylar.
4.
Texnik muzeylar
5.
Adabiyot muzeylari
6.
Kompleks muzeylar - bunday muzeylarga bir necha soxalarni birlashtirgan muzeylar,
masalan Ulkashunoslik muzeylari misol bula oladi.
Muzeylarni profil guruxli klassifikatsiyasida tashkari ularning asosiy ijtimoiy vazifasiga karab
ishlarga xam bulinadi. Muzeylarning uchta tipini ajratib kursatish mumkin: Ilmiy-tadkikot
ommabop; Tadkikot-akademik; Ukuv muzeylari. Ukuv muzeylari odatda turli xil ukuv
muassasalari koshida tashkil etiladi.
Muzeyshunoslikning predmeti, metodi va strukturasini tushinish bilan birga uning fanlar tizimida
tutgan urni , boshka fanlar bilan alokadorligini aniklash mumkin. Muzeyshunoslikning fanlar
tizimidagi urnini ayniksa uni tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlardankaysi birigategishli ekanligini
aniklashda biz bir kator kiyinchiliklarga duch kelamiz. CHunki muzeyshunoslikning
predmetlaridan ayrimlari xam tabiatning va xam jamiyatning rivojlanishiga tegishli bulgan
ob`ektlar bilan boglik. Albatta xizirgi zamonda xam tabiiy, xam ijtimoiy fanlar chegarasida
turadigan soxalar kuplab topiladi. Muzeyshunoslikning xamshunday fanlar katoriga kushish xam
mumkin, lekin uning muzey predmetlari orkali bilimlarni anglash va jamiyatga uzatilishi xisobga
olsak bu uni ijtimoiy fanlar katoriga kushimchaasos buladi. Muzeyshunoslik juda kuplab boshka
fanlar bilan alokada buladi. Birinchi navbatda muzeyshunoslik urganuvchi ob`ektlari bir-biriga
mos keladigan fanlar bilan alokada buladi. Bunday fanlar sirasiga tarix, arxeologiya,
arxivshunoslik, manbaashunoslik, kushizmatika kabilar kiradi. SHuningdek pedagogika,
psixologiya, axborot nazariyasi, dokumentalistika va boshka fanlar bilan xam uzviy alokada
buladi.
Tarixiy muzeyshunoslik va tarixiy fanlar urtasida metodologik asosning birligi urganish ob`ekti
va uslublarining bir kancha umumiyligi tarixiy muzeyshunoslik va tarixiy fanlarning uzviy
boglikligini asoslaydi. Muzeyshunoslik boshka fanlar bilan xar tomonlama alokada buladi.
Muzey ishining zamonaviy amaliyotini urganish muzeylarining fan va madaniyat tizimidagi
rolini, xalkini ma`naviy tarbiyalashdagi rolini kundan kunga usib boayotganligidan dalolat
beradi. Bu birinchi navbatda aloxida tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bulgan tarixiy profildagi
muzeylarga ma`kuldir.
Tarixiy muzeylar faoliyatining mazmuni jamiyat rivojlanishi bilan uzviy boglikdir.
Evropada zamonaviy muzeylar XVI-XVII asrlarda vujulga kela boshlagan. Bu kapitalistik ishlab
chikarishning boshlangich davri fan, san`at, adabiyot, texnika va xunarmandchilik keng gullab-
yashnashi bilan xarakterlanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar, dunyo buylab sayoxatlar.
Kopernikning er shar shaklida ekanligi tugrisidagi fikrini isbotladi. Fan texnologiya ta`siridan
kutildi. Kitob bosish vositasida bilimlar tez tarkala boshladi.
Mana shunday ulkan ruxiy parvoz davrida Evropening turli joylarida ishlab chikarish, ilmiy va
boshkа ijtimoiy extiyojlar munosabati bilan turli xil kollektsiyalar vujudga kela boshladi. Tarixiy
va madaniy kiymatga ega bulgan buyumlar: aslaxaxonalar xuzurida xarbiy ulkalar
kollektsiyalarini tuplash keng yoyila boshladi.
Ilmiy tadkikotlar kuprok muzeylar bazasida utkazila boshladi va bu maxsus adabiyotlarda uz
aksini topdi.
Tarixiy muzeylar rivojlanishidagi yana bir muxim kadam Evropada burjua munosabatlari xali
progressivrol' uynagan XVIII asrning ikkinchi yarmida tashlandi. Bu davrda muzeylar faoliyati
ilmiy xarakter kasb eta boshladi. Muzey kolletsiyalari ilmiy tadkikotlar va tarixiy falarning
rivojlanishiga yangi turtki berdiki bu uz navbatida muzeylar axamiyatining oshib borishiga olib
keldi. Muzeylarga texnik tajriba xazinasi . ilmiy kadriyatlar va madaniy tarixiy meros xazinasi
sifatida karala boshlandi. XIX asrga kadar nafakatantik davr balki ilk urtaasrlar tarixini urganish
muzeylar bilan boglik edi, chunki aynan ushu erlarda zaruriy manbaalarning asosiy kismi
mavjud edi. Keng tarixiy profildagi muzeylarning tashkil topishi burjuaziyaning iktisodiy va
siyosiy mustaxkamlanish davriga tugri keladi. Muzey fikrining rivojlanishida burjua milliy
7
ongining shakllanishi xal kiluvchi axamiyatga ega buldi. Kuplab Evropa xalklarining milliy
mustkillik, milliy uzligining saklash va tan oldirish uchun kurashi bu xalklar tarixini saklovchi
va namoyish kiluvchi muzeylarga bulgan ijtimoiy extiyojni vujudga keltidi. Masalan: Venger
milliy muzeyi, Venger tilini tiklash va venger tarixiy an`analarini saklab kolish uchun kurash
ta`sirida vujudgakeldi. Mana shu goyalar asosida, Evropada yirik milliy muzeylar asos solindi va
ular uchun menimental binolar kurildi. Bunga 1802 yilda Budapeshtdagi, Venger milliy muzeyi
1818 yilda Pragadagi milliy muzeyi 1828 yilda Berlindagi eski muzey kurilishi misol bula oladi.
XIX asrning birinchi un yilliklariga kadar emis xalkining kupchilik kismi tarixiy va madaniy
kadriyatlarni saklovchi muzeylarga kirish imkoniyatidan maxrum edilar.
Nakomongakarshi kurashdagi muvaffakiyatlar nemis burjuaziyasida tarixiy utmishga bulgan
kizikishni kuchaytirib yubordi. SHundan keyin Germaniyada xam keng xalk ommasi uchun
muljallangan muzey va kollektsiyalar ochila boshlandi.
ADABIYOTLAR RUYXATI:
1.
Muzivedenie. Muzey istoricheskogo profilya. Ucheb. Posobiya dlya vuzov po spets
"Istoriya" g` pod. Red. K.G.Levikina, V.Xrebsta - M;Vo`ssh.vuzov 1988 g
2.
Obhestvovedeniya muzey respubliki Uzbekistan. - T;fan, 1988g
3.
Lev'enin K.G, Razgon A.M "Эkspozitsiya muzeya i istoricheskaya nauka" - M;
Vo`ssh.vuz, 1984 g
4.
Sad'evna N.S "Muzeynoe delo v Uzbekistane" - T; fan 1975 g
5.
Reves A.M "Metodika sozdanie narodno`x muzeev na predpriyatiyax i v kolxazax" -
T;fan 1973 g
2-Mavzu: Urta Osiyoda muzeylarning shakllanishi
Dostları ilə paylaş: |