Xalq og‘zaki ijodi - mehnatkash omma ijodi, xalq san’atining boshqa, ya’ni
musiqa, teatr, raqs, o‘yin, tasviriy va amaliy san’at kabi turlaridan o‘ziga xos
Xalq og‘zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. Har bir xalqning
og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fe’l – atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va
an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos
ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy
fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini ko‘ramiz.
24
Og‘zaki so‘z san’ati «folklor» yoki «xalq og‘zaki poetik ijodi» atamalari bilan
ifodalanadi. «Folklor» atamasi ilk bor XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms
tomonidan 1846- yilda qo‘llangan bo‘lib, «folk» - xalq va «lor» - bilim, donolik,
donishmandlik, ya’ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq donishmandligi»
demakdir. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi fan folklorshunoslik deb ataladi.
Xalq ijodiyotining yaratilishi va yashash tarzi og‘zaki usulda amalga oshadi.
Ya’ni bunday asarlar og‘zaki ravishda ijro etilishi sababli ulaming mazmuni va
shakli o‘zgarishi, unga yangi qismlar qo‘shilishi yoki biron-bir qismi tushib qolishi
mumkin.
0‘zbek xalq og‘zaki ijodi eng qadimiy san’atlardan biri bo’lib, u jahon xalqlari
poetik ijodi taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. 0‘zbek folklorida turlar va janrlar
quyidagicha tashkil topgan:
Dostları ilə paylaş: