Darsning jihozi: qog'oz, flomaster, yelim, qisqich, qaychi, mikrotestlar,
akvarium, baliqlar, rag'batlantirish uchun jetonlar.
Sinf sharoiti. O'qituvchi turli usullar bilan o'quvchilarni guruhlarga ajratadi.
Sinfdagi partalar doira shaklida qo'yib chiqiladi.
Tashkiliy qism. Sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib o'tiradilar. O'qituvchi
guruhlar bilimi teng bo'lishi uchun qizil, ko'k, oq, yashil, sariq rangli
doirachalardan foydalanishi mumkin. Bir xil rangdagi doira egalari bir guruhni
tashkil etishi aytiladi. Har bir guruh o'ziga nom tanlaydi. Buning uchun
o'quvchilarni darsga hozirlash, qiziqtirish, harakatga keltirish, mavzuni mustaqil
anglab yetishlari uchun topishmoqlardan foydalanish lozim.
— Topishmoqning javobini toping: Elakdan un elandi
Supra unga belandi. (qor)
— Qor qaysi faslda yog'adi?
— O'ylang, bugun o'rganadigan yangi mavzu nima haqida ekan?
Xattaxtaga bo'lim nomi — „Kumush qish" yoziladi. So'ng guruhga qish fasli
bilan bog'liq holda nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi.
1-guruh „Qorparcha",
2-guruh „Ayozbobo",
3-guruh „Qorbobo",
4-guruh „Sumalak",
5-guruh „Qish" deb nomlanishi mumkin.
Har bir guruh a'zolari o'zlariga sardor saylaydi.
Dostları ilə paylaş: |