Dominant va tobe toifali shaxslar
Dominant tip muloqot jarayonida sira ham boshqalardan past kelishni
xohlamaydi, savol berilsa, xohlasa javob beradi, bo‗lmasa, indamasligi ham mumkin. U
doimo suhbatdoshga ta‘sir ko‗rsatishi, uning bo‗ysunishini xohlaydi. Unda egoizm hissi
kuchli, o‗zi xato fikr yuritsa, xatoligini suhbatdosh sezsa ham uni bo‗yniga olmaydi.
Dominant tip — qatiyatli. Suhbat davomida u sizning fikringizni yarim yo‗lda tushunsa,
sizni oxirigacha tinglashni istamaydi, gapni bo‗lib, mayinlik bilan gapni tugatib qo‗yishi
mumkin. Agar ikkala suhbatdosh ham dominant bo‗lishsa, unda ular o‗rtasida osongina
raqobat hissi yuzaga chiqishi, kelishmay qolishlari mumkin. Shuning uchun janjallashib
qolmaslik uchun dominant shaxsning mustaqilligi, dadilligiga ko‗nish, unga o‗z
nuqtai
nazarini oxirigacha bayon etish imkoniyatini berish lozim.
Tobe tipli shaxs esa suhbatdoshning qarashlariga moslashadi, doimo yon berishga
tayyor, shuning uchun u kam janjallashadi, lekin yomon ko‗rib qolgan odami bilan
umuman gaplashmaydi. Suhbat sharoitidagina u asta-sekin o‗zining dadilligini
ko‗rsatishi, ochiq gaplashishi, ba‘zan e‘tirozlar bildirishi mumkin. Tobe shaxsli bolalarni
rag‗batlantirish maqsadga muvofiqdir, shuning uchun ham ularni maqtab turish,
gapirayotganda ko‗zlar, yuz ifodalari bilan ularni ruhan qo‗llab turish kerak. Biror
qarorga kelish kerak bo‗lib qolsa, bu shaxs qarorni yaxshisi siz qabul qilishingizni
xohlaydi, chunki javobgarlikni bo‗yniga olishni istamaydi.
Yuqorida keltirilgan tiplarni kuzatar ekanmiz, barchasida yaxshi va yomon,
noqulay sifatlar borligini ko‗ramiz. Hayotda ko‗pincha sof u yoki bu tip vakili
uchramaydi, lekin u yoki bu vaziyatlarda takrorlanadigan fazilatlarga qarab odamlarni
tiplarga bo‗lamiz. Bundan tashqari, bir marta ko‗rishda odam haqida xulosa chiqarib
bo‗lmaydi. Uni turli sharoitlarda bir necha marta kuzatish lozim.
Dostları ilə paylaş: |