O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


II. FIZIKA  O‘QITISH  METODIKASINING  XUSUSIY



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/126
tarix02.01.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#46850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
fizika oqitish metodikasi

II. FIZIKA  O‘QITISH  METODIKASINING  XUSUSIY 

MASALALARI 

(Ma’ruza 10 soat, laboratoriya  24 soat) 

  

6-7-sinflarda  fizika  o‘qitish  metodikasining  asosiy  masalalari.  6-7-sinf  fizika  kursining  mazmuni  va  tuzilishining 



tahlili. O‘quvchilarning yosh xususiyatini hisobga olgan holda fizika o‘qitishning bu bosqich o‘quv materiallarini o‘rganishda 

muhim fizikaviy nazariyalar rolini kuchaytirish. 6-sinf kursida «Harakat va jismlarning o‘zaro ta’siri», «Modda tuzilishi haqida 

boshlang‘ich ma’lumotlar» va «Yorug‘lik haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlar» mavzularining tahlili va o‘rganish metodikasi. 

7-sinf  fizika kursida  

  

8-sinfda  mexanika  kursini  o‘qitish  metodikasining  asosiy  masalalari.  8-sinf  fizika  kursi  mazmuni  va  strukturasining 



tahlili.  Sanoq  sistemasi,  siljish,  tezlik  va  tezlanish  vektori  haqidagi  tushunchalarni  kiritish  metodikasi.  Mexanik  harakatning 

nisbiyligi haqidagi masalaning mazmunini yoritish. Kinematika va dinamikada masalalar yechishning koordinat metodi. Massa 

va kuch tushunchalarini ilmiy-metodik tahlili va mazmunini yoritish metodikasi. Nyutonning harakat qonunlari.  

  

O‘rta  maxsus ta’lim tizimida  fizika  kursini bayon etish  metodikasining asosiy  masalalari. Birinchi bosqichda  fizika 



kursida  mavjud  bo‘lim  strukturasi  va  mazmunining  tahlili.  «Issiqlik  hodisalari»  va  «Molekulyar  kinetik  nazariya  asoslari» 

mavzularidagi asosiy tushunchalar.  Umumlashgan fizikaviy tushunchalarni bayon qilish metodikasi.  

  

O‘rta  maxsus  ta’lim  tizimida  «Elektrodinamika»  bo‘limini  bayon  etish  metodikasining  asosiy  masalalari.  Ikkinchi 



bosqichda  fizika  kursida  mavjud  bo‘lim  strukturasi  va  mazmunining  tahlili.  Elektr  zaryadi,  elektr  maydon,  maydon 

kuchlanganligi,  potentsiali,  potentsiallar  farqi,  e.yu.k.  va  kuchlanish  haqidagi  tushunchalarning  ilmiy  metodik  analizi  va 

shakllantirish  metodikasi.  «Tokning  magnit  maydoni»  va  «Elektromagnit  induktsiya»  mavzularidagi  asosiy  tushunchalar. 

«Elektromagnit tebranishlar. O‘zgaruvchan tok» va «Elektromagnit to‘lqinlar» mavzularidagi asosiy tushunchalar. Geometrik 

optika, yorug‘likning to‘lqin va kvant xususiyatlarini o‘rganish metodikasi. «Nisbiylik nazariyasi asoslari» va «Atom yadrosi» 

mavzularidagi asosiy tushunchalar.  

  

Fizika  o’quv  matеrialini rеjalashtirishga  qo’yiladigan  mеtodik talablar. Darslarga o’qituvchining tayyorgarligi,  rеja-



konspеkt  tuzish  sеminar  va  anjumanlar  o’tkazishni  tashkillantirish.  Fizika  o’qitishda  o’quvchilarni    mustaqil  ishlashga  

o’rgatish.  O’quvchilarning  darsda  va  darsdan  tashqari  vaqtlarida    mustaqil  ishlari.  Mustaqil  ish  turlari,  ularni  tashkil  etish 

turlari. Fizika o’qitish maqsadlari bilan o’quv jaryoni rеjalashtirish orasidagi bog’lanish.  


Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin