Printer
Konsentrator
Ishchi stansiya
Ishchi stansiya
Ishchi stansiya
30
Yulduzsimon
tarmoqlar
ochiqdan-ochiq
ifodalangan
markaziy
boshqariladigan ofislarda ishlatiladi
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‗lganligi bois, telefon
kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Lokal
kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funksional bo‗g‗in,
ishchi stansiyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.[17]
Ishchi stansiyalar - Bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo‗lib, u orqali
foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi
stansiyasi, ham tarmoqli ham lokal rejimlarda ishlay oladi.
Server - Bu tarmoqning barcha ishchi stansiyalar so‗rovlarini qayta ishlash
uchun ajratilgan ko‗p foydalanuvchili kompyuter bo‗lib, u bu stansiyalarga
umumiy tizim resurslariga murojaat qilish imkonini beradi va bu resurslarni
taqsimlaydi.
Nazorat savollari:
1. Lokal tarmoqni necha xil usul bilan ulash mumkin?
2. Shinali lokal tarmoq haqida tushuncha bering.
3. Xalqali lokal tarmoq haqida tushuncha bering.
4. Yulduzsimon lokal tarmoq haqida tushuncha bering.
5. Ishchi stansiya nima?
6. Server nima?
3. Tarmoqning texnik vositalari.
Firmaning turli bo‗limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo‗lgan turli
xil LHT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo‗lishi mumkin. Bunday
birlashtirish xech bo‗lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashkil
etish uchun ba‘zida keraklidir.
Kerakli ma‘lumot resurslariga chiqishga bo‗lgan intilish LHT ni yuqoriroq
darajadagi tarmoqlarga ulashni talab etishi mumkin.
Tarmoqlarni bir biri bilan o‗zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatidan
31
takrorlagichlar, ko‗priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.
Takrorlagichlar (repitor) elektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq
masofaga uzatishda uni shaklini amplitudasini saqlashni ta‘minlaydigan
qurilmadir.
Ko‗priklar (bridge) OSI tarmoqli daraja bayonnomalari bilan tasvirlanadi,
oluvchilarning adreslariga mos ravishda paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqli va
undan yuqori darajalarda ma‘lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini
ishlatuvchi tarmoqlar o‘rtasidagi grafikni rostlaydi.
Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarni transportli darajasida
tavsiflanadi va o‗zining funksiyalarini bajaradi va mantiqiy bog‗lanmagan
tarmoqlarning ulanishini ta‘minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi
eng yaxshi yo‗lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun
ba‘zi bir bayonnomali o‗zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va
vazifasi bo‗yicha axborotni uzatadi.
Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma
darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi
qurilmadir; ular OSI madelining barcha yettita boshqarish natijasi uchun
bayonnomali o‗zgartirishlarni bajaradi.
Ko‗priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog‗ida bu,
odatta, dastur ta‘minotli va qo‗shimcha apparaturali maxsus ajratilgan EHM
dir.[19]
Nazorat uchun savollar:
1. Tarmoqning texnik vositalarini sanab bering.
2. Takrorlagich nima va u qanday vazifani bajaradi?
3. Ko‗priklar nima va u qanday vazifani bajaradi?
4. Marshrutlovchilar nima va u qanday vazifani bajaradi?
5. Shlyuzlar nima va u qanday vazifani bajaradi?
4. Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stansiyalariga qo‗yiladigan talablar.
32
Lokal tarmoqning fayl-serveriga qo‗yiladigan talablar. Novell Net Ware
LHT ning asosiy bo‗g‗ini faylli server hisoblanadi. Unda tarmoq operasion tizimi,
ma‘lumotlar bazasi va foydalanuvchilarning amaliy dasturlari joylashtiriladi.
Shuning uchun fayl-server tarmoqdagi eng kuchli kompyuter bo‗lishi kerak,
chunki butun tarmoqning unumdorligi va funksional imkoniyatlari unga
bog‗liqdir.
Fayl- server sifatida tezkor xotirasining sig‗imi 16-32 Mbaytdan kam
bo‗lmagan kompyuter bo‗lishi kerak. Fayl-server vinchesterining sig‗imi 1200-
3000 Mbaytni tashkil etishi lozim.
Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq
belgilagani uchun qattiq diskdagi ma‘lumotlarni adashtirish va yo‗qotishdan
himoya qilish uchun maxsus choralarni ko‗rish kerak.
Lokal tarmoq ishchi stansiyalariga qo‗yiladigan talablar. Ishchi stansiya
vazifasini bajaruvchi kompyuter foydalanuvchiga uning hamma amaliy
masalalarini yechish imkoniyatini ta‘minlashi kerak. Ishchi stansiyalarga talab
fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko‗pchilik qismini
8-16 Mbayt sig‗imli tezkor xotira va 650 Mbayt sig‗imli vinchester to‗la qondiradi.
Agar ishchi stansiya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo‗ljallangan bo‗lsa, u holda
unga, aslini olganda, vinchester ham, egiluvchan disklar ham kerak emas. Ishchi
stansiyalarni disklarsiz ishlatish imkoniyati paydo bo‗ladi. Bunday stansiyalardagi
operasion tizim ishchi tizim stansiyadagi tarmoqli plataga o‗rnatilgan doimiy eslab
qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi asosida masofadan turib yuklanadi.
Shu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stansiyalar asosida qurilgan LHT da fayl-
serverga yuklama keskin oshib ketadi va stansiyada avtonom rejimda ishlash
imkoniyati inkor qilinadi.
33
Nazorat uchun savollar:
1. Fayl-serverning vazifasi haqida gapirib bering.
2. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning tezkor xotirasiga bo‗lgan
talabni ayting.
3. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning vinchestriga bo‗lgan talabni
ayting.
4. Ishchi stansiya vazifasi haqida gapirib bering.
5. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning tezkor xotirasiga bo‗lgan
talabni ayting.
6. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning vinchestriga qo‗yiladigan
talabni ayting
Dostları ilə paylaş: |