S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
BEMORLAR TAGINI YUVISH Uzoq muddat o‘rinda yotgan va har haftada gigiyenik vanna
qabul qila olmaydigan, shuningdek, siydik va axlat tuta olmay-
digan bemorlar tagini kuniga bir necha marta yuvish zarur,
chunki chov buyrmalari sohasida siydik va axlatni yig‘ilishi teri
butunligini bichilishiga va yotoq yaralar paydo bo‘lishiga olib
keladi. Bemorning tagi kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi
yoki boshqa zararasizlantiradigan modda bilan yuviladi. Eritma
30 – 35
0
C bo‘lishi kerak. Buning uhcun ko‘za, kornsang va
steril paxta sharchalar ishlatiladi. Aksariyat hollarda ayollar tagi
yuviladi. Tibbiy-ijtimoiy xodim qo‘llarini yuvib, qo‘lqoplarini
kiyadi. Dumbalar ostiga sudno qo‘yiladi. Ayollar oyoqlarini
tizzasini bukib va sonlarini bir oz kerib chalqancha yotishi kerak.
Iliq zararsizlantiruvchi eritmali ko‘za chap qo‘lda ushlanadi va
suvni tashqi jinsiy a’zolarga quyib turiladi, kornsangga qisib
olingan paxta tampon esa jinsiy a’zolardan orqa chiqaruv teshigi
sohasiga, qovuqqa va tashqi jinsiy a’zolarga infeksiya tushmasligi
uchun xuddi shu yo‘nalishda artiladi va qo‘lqoplar yechiladi.
Erkaklar tagini yuvishda bemor chalqancha vaziyatda yo-
tadi, oyoqlari tizzasidan bukilgan, dumbalari tagiga sudno
qo‘yiladi. Qo‘llariga qo‘lqop kiygan tibbiy ijtimoiy xodim be-
morning chov va oraliq burmalariga suv quyadi. Kornsangga
qisib olingan paxta bilan oraliq va chov burmalari artiladi,
shundan so‘ng bichilishni oldini olish uchun vazelin moyi
surtiladi va qo‘lqoplar yechiladi.