O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


ISITMALAYOTGAN BEMORLARNI PARVARISH QILISH



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

ISITMALAYOTGAN BEMORLARNI PARVARISH QILISH 
 
 
 
Isitmaning  o‘tishi  3  davrga  bo‘linadi.  Haroratning  ko‘ta-
rilishi, maksimal (yuqori) darajaga chiqishi va pasayishi. Tibbiy-
ijtimoiy  xodim  bu  davr  xususiyatlarini  yaxshi  bilishi  hamda 
bemorlarni parvarish qilishni ko‘ngildagidek bajara olishi zarur. 
Birinchi  davr  –  haroratning  ko‘tarilish  davri  bo‘lib,  bunda 
tananing issiqlik hosil qilishi issiqlik yo‘qotishdan ustin bo‘ladi. 
Bu  davr  bir  necha  soatdan  bir  necha  kun  va  hatto  haftagacha 
davom etishi mumkin. Bemor haroratning tez ko‘tarilishini an-
cha  og‘ir  o‘tkazadi;  qaltirab,  eti  uvishadi,  labi,  oyoq  va  qo‘l-
larning uchlari ko‘karib, boshi og‘riydi, umumiy ahvoli yomon-
lashganligidan shikoyat qiladi. Bemor holatining og‘irligi keyin-
chalik chiqadigan harorat ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday 
hollarda  tibbiy-ijtimoiy  xodim  bemorni  zudlik  bilan  yotqizib, 
oyoqlariga isitkich qo‘yishi, issiq ichimliklar (issiq choy, qahva) 
ichirishi,  yaxshilab  o‘rab  qo‘yishi  va  yolg‘izlatib  qo‘ymasligi 
lozim. 
Kasallikning ikkinchi davrida tanada issiqlik yo‘qotish bilan 
issiqlik  hosil  qilish  nisbatan  muvozanatda  bo‘ladi.  Bu  davr  bir 
necha soatdan bir necha haftagacha davom etadi.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin