O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qusayotgan  bemorlarni  parvarish  qilish



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Qusayotgan  bemorlarni  parvarish  qilish.  Tibbiy-ijtimoiy 
xodimning  vazifasi  qusayotgan  bemor  ahvolini  imkon  boricha 
yengillashtirishdir:  uni  qulay  holatda  o‘tkazish,  ko‘kragiga  so-
chiq yoki klyonka solish, og‘ziga toza idishni yaqin qilib tutish 
kerak.  Tish  protezlari  olib  qo‘yiladi.  Agar  bemor  darmonsiz  va 
unga  o‘tirishga  ruxsat  etilmagan  bo‘lsa,  qusish  oson  bo‘lgan 
holat yaratiladi: boshni gavdasidan biroz pastga engashtiriladi va 
bemor yotgan tomonga og‘zining burchagiga idishni yaqin tutib 
turiladi,  yostiq  va  ich  kiyimlar  ifloslanmasligi  uchun  bir  necha 
qavat qilib buklangan sochiq yoki choyshabcha yoziladi. Qusish 
vaqtida  tibbiy-ijtimoiy  xodim  bemor  oldidan  uzoqqa  ketmasligi 
va bu haqida darhol shifokorga xabar qilishi shart.  
Qayt qilgandan so‘ng bemor og‘zini iliq suv bilan chaydirish 
va  lablarini,  og‘iz  burchaklarini  artib  turish  lozim.  Darmonsiz 
bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ini har gal qusgandan so‘ng suv yoki 
zararsizlantiruvchi  birorta  eritmaga  shimdirilgan  paxta  bilan 
artib  qo‘yish  lozim.  Qusishni  to‘xtatish  uchun  bemorga  bir 
necha  tomchi  yalpiz  suvi,  bir  qultum  sovitilgan  suv,  muz 
bo‘lakchasi, 5 ml 0,5% li novokain eritmasini berish lozim.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin