S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
TIBBIY - IJTIMOIY XIZMATLARINING ASOSIY TURLARI
Uydagi patronaj – ijtimoiy himoyaga muhtoj inson va
uning oilasiga uyda bevosita va texnik yordam ko‘rsatish
bo‘yicha asosiy faoliyatdir.
Sog‘liq bo‘yicha maslahatlar berish – faqatgina sog‘liq
sohasida emas, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, o‘qitish va
parvarish muammolari bo‘yicha maslahat berishdir. Maslahatlar
telefon orqali, mahallada, tibbiy ko‘rik xonasida va uyda
patronaj vaqtida beriladi.
Sanitariya oqartuv ishlari – aholi o‘rtasida sog‘liqqa bo‘l-
gan munosabatni yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi.
Ijtimoiy muassasalarining faoliyati – jamoa aholisi ora-
sida faol ishtirok etish va fuqarolarning ruhiy birdamligini
mustahkamlash yordamida ushbu jamoaning maqsadiga erishishi
bilan uning muammolarini hal qilishdir.