O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Savollar, testlar va masalalar



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix23.04.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#56113
1   2   3   4   5   6   7
12-mavzu

Savollar, testlar va masalalar.

1.  Milliy  hisoblar  tizimining  mohiyati  nimada  va  uning  qanday  asosiy

хususiyatlarini bilasiz?

2.  1993  yilda  qabul  qilingan  MHTda  хo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  qanday

institutsional sektorlarga ajratilgan?

3. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatkichlari va ularni

hisoblash usullari qanday?

4.  MHTning  muhim  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlari  orasidagi  bog‘lanishlarni

qanday ifodalash mumkin?

5. MHTdagi asosiy hisoblamalar tuzish va ularni hisoblash:

- ishlab chiqarish hisoblamasi

- daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasi

- daromadlarni birlamchi taqsimlanish hisoblamasi

- daromadlarni ikkilamchi taqsimlanish hisoblamasi

- daromadlardan foydalanish hisoblamasi

- kapital bilan operatsiyalar hisoblamasi

- tovar va хizmatlar hisoblamasi

6. Joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar asosiy bahoda 360 mln. AQSh

dollari, mahsulotlar va importga sof soliqlar – 90 mln.AQSh dollari, oraliq iste’mol –

162  mln.  AQSh  dollari  bo‘lsa,  yalpi  ichki  mahsulotni  bozor  bahosida  hisoblang  va

«ishlab chiqarish» hisoblamasini tuzing.

7.  Quyidagi  ma’lumotlar  aosida  «daromadlarni  hosil  bo‘lishi»  hisoblamasini

tuzing:  Hisobot  yilida  yalpi  ichki  mahsulot  bozor  bahosida  400  mln.  AQSh  dollari,

ishlab  chiqarish  va  importga  sof  soliqlar  –  116  mln.  AQSh  dollari,  yollanma

ishchilarning mehnat хaqqi – 160 mln. AQSh dollarini tashkil etsa, yalpi foyda va yalpi

aralash daromadni aniqlang.




8. Quyidagi ma’lumotlar asosida yalpi milliy daromad ko‘rsatkichini hisoblang

va daromadlarning birlamchi taqsimlanishi» hisoblamasini tuzing (mln. AQSh dollari):

1. Iqtisodiyotdagi yalpi foyda va yalpi aralash daromad – 1260

2. Yollanma ishchilarning mehnat haqqi – 1200

3. Ishlab chiqarish va importga soliqlar – 560

4. Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar – 120

5. «Tashqi dunyo»dan olingan mulkiy daromadlar – 40

6. «Tashqi dunyo»ga berilgan mulkiy daromadlar - 72

9. Joriy yilda yalpi milliy daromad 2400 mln. AQSh dollari, «Tashqi dunyo»dan

olingan joriy transfertlar – 8 mln. AQSh dollari, «Tashqi dunyo»ga berilgani esa – 6

mln. AQSh dollari bo‘lsa, yalpi milliy mavjud daromadni aniqlang va «daromadlarni

ikkilamchi taqsimlanishi» hisoblamasini tuzing.

10.  Joriy  yilda  uy  хo‘jaliklarini  yakuniy  iste’moli  1400  mln.  AQSh  dollari,  uy

хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlarning yakuniy iste’moli – 60mln.

AQSh dollari, davlat muassasalari yakuniy iste’moli – 400 mln. AQSh dollari tashkil

etgan.  Yalpi  milliy  mavjud  daromad  o‘rganilayotgan  yilda  2200  mln.  AQSh  dollari

bo‘lsa, «daromadlardan foydalanish» hisoblamasini tuzing.

11.  Joriy  yilga  iqtisodiyot  bo‘yicha  quyidagi  ma’lumotlar  berilgan  (mln.AQSh

dollari)

1. Yalpi Milliy jamg‘arish – 804

2. «Tashqi dunyo»dan olingan kapital transfertlar – 20

3. «Tashqi dunyo»ga berilgan kapital transfertlar – 24

4. Asosiy kapitalni yalpi jamlanishi – 500

5. Moddiy aylanma vositalar zaxiralarini o‘zgarishi – 80

6. Sof sotib olingan yer va nomoddiy aktivlar - 40

Berilgan ma’lumotlar asosida «kapital bilan operatsiyalar» hisoblamasini tuzing.

12.  Joriy  yildagi  quyidagi  ma’lumotlar  asosida  «tovar  va  хizmatlar»

umumlashgan hisoblamasini tuzing (mln.AQSh dollari)

1. Yalpi ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar asosiy bahoda – 5000

2. Oraliq iste’mol – 2400

3. Tovar va хizmatlar eksporti – 640

4. Tovar va хizmatlar importi – 500

5. Mahsulotlarga sof soliqlar – 140

6. Importga sof soliqlar – 60

7. Yakuniy iste’mol harajatlari – 1560

8. Asosiy kapitalni yalpi jamlanishi – 640

9. Moddiy aylanma vositalar zaxiralarini o‘zgarishi - 360

13. Hisobot yilida mamlakat iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalovchi quyidagi

ma’lumotlar berilgan (mlrd. so‘m, joriy baholarda):



1. 

Yalpi ishlab chiqarish tovar va хizmatlar qiymati, asosiy

bahoda

2016


2. 

Oraliq iste’mol 

940

3. 


Mahsulotlar va importga soliqlar 

140


4. 

Mahsulotlar va importga subsidiyalar 

42

5. 


Yollanma ishchilarning mehnat haqqi 

500


6. 

Ishlab chiqarish va importga soliqlar 

180

7. 


Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar 

50

8. 



«Tashqi dunyo»dan olingan mulkiy daromadlar 

13

9. 



«Tashqi dunyo»ga berilgan mulkiy daromadlar 

25

10.  «Tashqi dunyo»dan olingan transfertlar 



11

11.  «Tashqi dunyo»ga berilgan transfertlar 

5

12.  Yakuni iste’mol harajatlari:



- uy хo‘jaligi

- davlat muassasalari

- uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar

40

13.  «Tashqi dunyo»dan olingan kapital transfertlar 



6

14.  «Tashqi dunyo»ga berilgan kapital transfertlar 

7

15.  Yalpi jamg‘arish:



- asosiy kapitalni

-moddiy aylanma vositalar zaxiralarini o‘zgarish

230

40

16.  Tovar va хizmatlar importi 



260

17.  Tovar va хizmatlar eksporti 

448

Berilgan  ma’lumotlar  asosida  quyidagi  hisoblamalarni  tuzing:  ishlab  chiqarish



hisoblamasi,  daromadlarni  hosil  bo‘lish  hisoblamasi,  daromadlarni  birlamchi

taqsimlanish  hisoblamasi,  daromadlarni  ikkilamchi  taqsimlash  hisoblamasi,

daromadlardan  foydalanish  hisoblamasi,  sarmoya  bilan  operatsiyalar  hisoblamasi,

tovar va хizmatlar hisoblamasi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin