O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KO‘P TOMONLAMA



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə15/27
tarix11.10.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#64872
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
4. Tarix dastur 120 soat

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KO‘P TOMONLAMA HAMKORLIK ALOQALARINING RIVOJLANISHI
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi faoliyati va tinchlikparvar tashqi siyosati. O‘zbekiston va BMT. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilinishi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lishi. O‘zbekiston davlatining birinchi rahbari I.Karimov tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan takliflar. BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ilk bor ma’ruza qilishi. Markaziy Osiyoni yadrosiz zona deb e’lon qilish, Orol muammosi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish. O‘zbekiston BMTning bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalari, jumladan Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahonsavdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropa bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi (EIK), BMT savdo va rivojlanish bo‘yicha konferen-siyasi guruhi kabilar bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilishi. O‘zbekiston va YUNESKO. Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish masalasi. Ekologik muammolar. Transchegaraviy daryolar.
O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko‘ptomonlama hamkorligi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos solinishi. MDHning Nizomi qabul qilinishi. O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan aloqalari. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – submintaqaviy xalqaro tashkilot. ShHTga a’zo davlatlar. Toshkent, Ostona sammitlari.
JAHON TARIXI


XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA JAHON MAMLAKATLARI: INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING QAROR TOPISHI


Industrial sivilizatsiyaning qaror topishi.
XIX asrning 70-yilarida Yevropa va Shimoliy Amerikada texnik taraqqiyot va industrial sivilizatsiyaning yangi bosqichi. Iqtisodiyotda yangi tendensiyalarning paydo bo‘lishi. Imperializm, millat, milliy davlat va mustamlakachilik muammolari. Kishilarning moddiy va madaniy olamida yuz bergan o‘zgarishlar.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin