Trоyan dаsturlаr o’zlаri ko’pаymаydi vа tаrqаtilmаydi. Tаshqаridаn trоyan dаsturlаr mutlаqо bеоzоr ko’rinаdi, hаttо fоydаli funktsiyalаrni tаvsiya etаdi. Аmmо fоydаlаnuvchi bundаy dаsturni kоmpyutеrigа yuklаb, ishgа tushirsа, dаstur bildirmаy zаrаr kеltiruvchi funktsiyalаrni bаjаrishi mumkin. Ko’pinchа trоyan dаsturlаr viruslаrni dаstlаbki tаrqаtishdа, Internet оrqаli mаsоfаdаgi kоmpyutеrdаn fоydаlаnishdа, mа’lumоtlаrni o’g’irlаshdа yoki ulаrni yo’q qilishdа ishlаtilаdi.
Mаntshiy bоmbа - mа’lum shаrоitlаrdа zаrаr kеltiruvchi hаrаkаtlаrni bаjаruvchi dаstur yoki uning аlоhidа mоdullаri. Mаntikiy bоmbа, mаsаlаn, mа’lum sаnа kеlgаndа yoki mа’lumоtlаr bаzаsidа yozuv pаydо bo’lgаnidа yoki yo’q bo’lgаnidа vа h. ishgа tushishi mumkin. Bundаy bоmbа viruslаrgа, trоyan dаsturlаrgа vа оddiy dаsturlаrgа jоylаshtirilishi mumkin.
Xavflilik darajasi: yuqori
Klassik viruslar va qurtlar kompyuter foydalanuvchilariga ruxsat etilmagan amallarni bajarishadi va o’zlarining nusxasini ko’paytirishadi.
Viruslar fayllarni xar-xil yo’llar bilan zaxarlashi mumkin.
Qaytayozuvchi (Overwriting) viruslar o’zlarining kodlarini zaxarlanadigan fayllarni o’chirib o’rniga o’zlarining nusxasini yozib qo’yadi. Zaxarlangan fayl o’z ish faoliyatini tugatadi va uni davolab bo’lmaydi.
Parazit (Parasitic) viruslar fayllarni o’zgartirib o’zlarining kodlarini yozib qo’yadi, zaxarlangan fayllar bazida qisman yoki to’liq ish qobilyati saqlanib qoladi.
Kompanion-viruslar (Companion)fayllarni o’zgartirmaydi, ammo ularning egizagini paydo qiladi. Zararlangan fayl ishga tushirilganda, birinchi original fayl xam ishga tushadi.
Ssilka-viruslari (Link) mavjud bo’lib, ular obyekt mobullarini zararlaydi (OBJ), bular kompilyator kutubxona fayllarni zaxarlovchi viruslar (LIB) deb nomlanadi, va dasturlarning textlarini va boshqalarni zararlaydi.
Qurt (Chuvalchang) Qurtlarning kodlari xam klassik viruslar singari tizimga tushgan zaxoti o’zining zararli amallarini bajarishga kirishadi. Ammo unga qurt nomi berilishi bejiz emas chunki, u bir kompyuterdan boshqasiga “paypaslab” o’tish qobilyatiga ega . Foydalanuvchi ruxsatisiz xar-xil axborot kanallari orqali o’z nusxalarini ko’paytiradi.
Qurtlarning xususiyati xam ana shunda, ya’ni tarmoq kanallari orqali ko’payishidadir.
Ular xam viruslar kabi ishga tushgan zaxoti zararli harakatlarini boshlab yuboradi.
Xar xil troyan dasturlari kompyuterga tushgandan so’ng o’zlarini xar-xil tutishadi. «Troyanlar» ning eng asosiy xususiyatlari axborotlarni bloklash, o’zgartirish va o’chirish, kompyuter yoki kompyuter tarmoqlari ish faoliyaiga zarar yetkazishlardan iboratdir. Undan tashqari troyan dasturlar fayllarni qa’bul qilishlari , jo’natishlari, ularni ishga tushirishlari, ekranga xabar chiqarishi web saxifalarga murojat qilishi , dasturlarni yuklab olishi va o’rnatishi , kompyuterlarni qayta yuklashlari mumkin.
Zararkunanda xakkerlar xar xil troyan dasturlari «terma» sini qo’llaydilar.Bu turdagi ko’pchilik dasturlar foydali xisoblanib, ulardan ko’pchilik foydalanadi.Ular orasidan klient dasturlar IRC, avto qo’ng’iroq qiluvchilar (Dialers), fayllarni yuklab oluvchilar, faol komyuter tizimlari monitori, parollar bilan ishlash utilitalari , internet serverlari FTP, HTTP yoki Telnet xizmatlari.
Agar bunday dasturlarga xakerlar ruxsat olsalar yoki shu kabi dasturlarni foydalanuvchi kompyuterlariga joylasa, xavfsizlik susayadi . Boshqa turkumdagi kafolatsiz dasturlarni bir necha turkumga bo’lish mumkin . Ularning turlari jadvalda keltirilgan.