4 chizma. Buxgalteriya hisobi subyekti rahbarining vazifalari
”Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’linmasi” da buxgalteriya hisobini yuritishda O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari , yo`riqnomalari hamda me`yoriy hujjatlariga asoslangan holda amalga oshiriladi , xususan :
O`zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuni ;
O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy standartlari ;
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to`g`risida” gi qarori ;
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar , xizmatlar ) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to`g`risida” gi Nizom ;
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya Vazirligidan 2002 yil 23 oktabrda 1181-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartlari , jumladan ( 21- BXMS ) ”Xo`jalik yurituvchi sub`yektlarning moliyaviy xo`jalikfaoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma “ ;
Boshqa me`yoriy huquqiy hujjatlar asosida yuritiladi .
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risda»gi qonunning 7-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobotlarining tayyorlanishi ishonchliligi va o’z muddatida topshirilishi uchun javobgarlik tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qiluvchi xo’jalik sub'ektining rahbari zimmasiga yuklatiladi.
”Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi ” buxgalteriya xodimlarining funksional majburiyatlari taqsimlanishi va amalga oshirishda hisob va hisobotlarni qat`iy belgilangan shakl va mazmunda to`ldirishni , shuningdek hisob registrlarini yuritishni talab etadi.
5-Mavzu: Tashkilotning hisob siyosati, ishchi schotlar rejasi bilan tanishish
“Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi” ning 2022-2023 yillarga mo`ljallangan hisob siyosati O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari va yo`riqnomalari hamda me`yoriy hujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin :
O`zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuni ;
O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy standartlari ;
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to`ldirish bo`yicha qoidalari” ;
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar , xizmatlar ) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to`g`risida” gi Nizom ;
Boshqa me`yoriy huquqiy hujjatlar asosida yuritiladi .
Hisob siyosatida quyidagi tarkibiy elementlar o`z aksini albatta topishi lozim :
Korxona aktivlarini baholash turlari va usullari
Amortizatziya hisoblash usullari
Rezervlarni tashkil qilish
Tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari
Tannarxni kalkulyatsiya qilishning usullari
Buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi
Buxgalteriya hisobi barcha ishlab chiqarishga doir opretsiyalar , kapital , majburiyatlar va mol – mulkning hujjatlarda aks ettirilishi miqdor va pul ko`rinishida uzluksiz o`zaro bog`liq munosabatlarda olib boriladi .
Buxgalterya hisobining tashkil etish bo`yicha javobgarlik korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi .
Buxgalteriya hisobining umumiy metodologik prinsiplariga rioya qilishni , barcha xo`jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirish va uni nazorat qilish , buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar hamda tezkor ma`lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish , korxona moliyaviy xo`jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil etishni amalga oshirish korxona hisobchisi ya`ni “Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi” boshqarma hisobchisi Salimov Ahadjonga yuklatilgan
Bo’lim hisobchisi O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid keladigan operatsiyalar bo`yicha hujjatlarni qabul qilish va uni rasmiylashtirishga huquqi yo`q .
Hisob registrlariga yozuv boshlang`ich hujjatlarni aniq tekshirish asosida amalga oshiriladi . Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi .
Xo`jalik operatsiyalarini bir martalik amalga oshirish ish usuli ikki yoqlama yozuv asosida xo`jalik muomalasi bo`yicha tegishli summani bitta schyotning debitiga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kreditiga qayd etish bilan amalga oshiriladi .
Hisob registrlarida buxgalteriya hisobi bo`yicha yozuvni amalga oshirish , operatsiyalarning mazmuniga va harakteriga qarab hujjatlar qabul qilinishiga yoki oy yakuni bo`yicha bir marta amalga oshiriladi .
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik buxgalteriya hisoboti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraligacha,choraklik hisobotlarni esa keyingi oyning 25-kunigacha tuzilib , kerakli idoralarga topshirilishi lozim .
6-Mavzu: Ichki nazorat organlari , ichki auditorlik xizmatini tashkil etish holati va uning funksiyalari
Boshqarma buxgalteriya hisobini to`g`ri tashkil etish, yuz berayotgan operatsiyalarni o`z vaqtida va to`g`ri aks ettirish , soliq va boshqa hisobotlarni o`z vaqtida tegishli organlarga yuborish va boshqa hisob ishlarini to`g`ri tashkil etilayotganini doimiy nazorat qilib borish uchun korxonalarda ichki nazorat tizimlari , ichki auditorlik xizmatlari tashkil etilishi mumkin .
Men tanishuv amaliyoti o`tagan “Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi ” ning ustaviga muvofiq bo’limning moliyaviy – xo`jalik faoliyatini nazorat qilish uchun korxona rahbari javobgar shaxs hisoblanadi .
“Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi ” da ichki auditorlik xizmati yo`lga qo`yilgan .
Ichki auditning asosiy vazifalari:
Kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
Ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularni bartaraf etilishini nazorat qilish
Audit xizmatining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat :
Har yili bo’limning kuzatuvchi kengashi tamonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tekshirishlar o`tkazish yo`li bilan ichki auditni amalga oshirish ;
Tuzatiladigan xo`jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o`tkazish ;
Buxgalteriya hisobini yuritishda moliyaviy hisobotni tuzishda tashkilotning tarkibiy bo`linmalariga metodik yordam berish , ularga moliya , soliq , bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo`yicha maslahatlar berish;
Texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda , tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshiruvlari o`tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda tashkilotning kuzatuvchi kengashiga ko`maklashish;
O’tkazilgan audit tekshiruvi natijalarini tahlil qilishda tashkilot rahbari va bosh buxgalter bilan faol hamkorlikda ish olib borish;
Auditor tashkiloti o’zining funksional vazifalarini suv iste’mol qilmasligi qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo’yilgan;
7 mavzu. Tashkilot nazorati bilan tanishish
“Irrigatsiya bo’limi” da hisob registlariga quyidagilar kiradi: jurnallar, jurnal orderlar, to’lov va tarqatish vedomostlari buxgalteriya kitoblari, tasdiqlangan forma blankalar, kompyuterdan bosmadan chiqqan hujjatlar to’plami va boshqalar. Hisob registlaridagi umumlashtirilgan ma’lumotlar oy yakuni bo’yicha aylanma vedomostlar va bosh kitobga o’tkaziladi.
”Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi ” da buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi :
5 chizma. ”Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi”da buxgalteriya hisobini yuritishda ishlatiladigan buxgalteriya hisobi registrlari.
Hisob registrlariga yozuv boshlang’ich hujjatlarni aniq tekshirish asosida amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Xo’jalik operatsiyalarini bir martalik amalga oshirish ish usuli ikki yoqlama yozuv asosida xo’jalik muomalasi bo’yicha tegishli summani bitta schyotning debitiga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kreditiga qayd etish bilan amalga oshiriladi.
Hisob registrlarida buxgalteriya hisobi buyicha yozuvni amalga oshirish, operatsiyalarning mazmuniga va xarakteriga qarab hujjatlar qabul qilinishiga yoki oy yakuni bo’yicha bir marta amalga oshiriladi.
Buxgalteriya yozuvlariga o‘zgartirish kiritish qo‘shimcha yozuv yoki hisobdan chiqarish (storono) yozuvi usullari qo‘lllaniladi. Bank va tulov hujjatlarini bo’yash yoki o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Boshqa hisob registrlari va boshlang’ich hujjatlarda hisobga olinmagan o’zgartirishlar kiritilmaydi. O’zgartirishlar majburiy tartibda hujjatni o’zgartirishni tasdiqlovchi imzo va o’zgartirish kiritilgan sana ko’rsatilishi shart.
Boshlang’ich buxgalteriya va moliyaviy hujjatlar, bank va kassa to’lov hujjatlari, schyot fakturalar, bajarilgan ish va xizmatlar dalolatnomalari, tovar-transport nakladnoylari, materiallar chiqimi dalolatnomalari, asosiy vositalar tugatish dalolatnomalari, taqqoslash dalolatnomalari.
Maxsus buyruqlar va boshqalarni olish uchun berilgan ishonch qog’ozlarini to’liq rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik boshlang’ich hujjatlarni rasmiylashtirish yuklatilgan bajaruvchi shaxsga hamda ushbu funksiyalarni nazorati yuklatilgan mansabdor shaxs zimmasiga yuklatiladi.
Boshqarmada buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’mda yuritiladi. Bo’limda buxgalteriya hisobi to‘liq kompyuterlashtirilgan bo‘lib «UzASBO» programmasi o‘rnatilgan, bundan tashqari barcha hisobotlar Soliq inspeksiyasiga internet tarmog‘i orqali uzatiladi, vazirlik organlariga hisobotlar berib boriladi va o’zining faoliyatini haqida uzluksiz yoritib boradi.
8-Mavzu: Moliyaviy hisobotlar bilan tanishish
Men tanishuv amaliyotini olib borgan “ Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi ” da moliyaviy hisobot ishlarini olib borish, qonun hujjatlarida keltirilgan maxsus nizom va qoidalardan chiqmagan holda amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisobot deganda eng avvalo buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tuziladigan hujjat. Moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;
Pul oqimlari to’g’risida hisobot;
Xususiy kapital to’g’risida hisobot.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shaklda tuziladi.
“Moliyaviy hisobot shakillari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarni tasdiqlash to’g’risida” O’zbekiston respublikasi Moliya vazirining buyrug’I ( № 1209, 24. 01. 2003 y.)belgilangan.
Korxona-tashkilotlar , filliallari va vakolatxonalari moliyaviy hisobotning umumlashtirilgan moliyaviy hisobot olib boradi. Yuridik shaxslar o’z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalarni mustaqil balansga ajratishlari mumkin, ularning balanslari va boshqa hisobot shakillarini o’zlarining umumlashtirilgan hisobotiga kiritishlari shart. Har bir narsaning vaqti soati bo’lganligi kabi Moliyaviy hisobotning ham hisobot davri mavjud. U yangi yilning 1 yanvaridan boshlab yilning oxirgi kuni 31 dekabrgacha bo’lgan davr moliyaviy hisobotning hisobot davri deyiladi. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo’lga kiritilgan sanadan boshlab o’sha yilning 31 dekabriga qadar bo’lgan davri yuridik shaxs yuridik shaxs hisoblanmaydiganlar uchun esa, uning davlat organlarida ro’yxatga olingan sanadan boshlab birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs 1- oktyabrdan keyin ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa , birinchi hisobot yili keying yilning 31- dekabrida tugaydi.
Korxonalarning moliyaviy hisobotlari quyidagilarga taqdim etiladi:
Normativ hujjatlarga muvofiq vazirlik idoralariga;
Davlat statistika organlariga;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi belgilaydi.Bo’lim moliyaviy hisobotini hisobot yili boshidan qo’shilib boruvchi jamlanma tartibida yilning har choragida taqdim etadilar.
Bo’limning moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagi faoliyatni tekshiradi:
Bo’limning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida va tartibda soliq va boshqa nazorat orgonlari tomonidan to’rt yilda bir marotaba kompleks tarzda o’tkaziladi.
Bo’lim moliya faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirish 30 kalendar kunidan oshmasligi va bo’lim faoliyatiga halaqit bermasligi lozim;
Boshqarma faoliyatini tekshirish davomida bo’limning direktorining tashabbusi bilan ham o’tkazilishi mumkin;
Bo’lim moliya faoliyatini nazorat qiluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslar, auditorlar, auditor faoliyatini tekshirish munosabati bilan o’zlariga ma’lum bo’lgan faoliyat siri hisoblanuvchi malumotlarni oshkor etganligi uchun qonunga muvofiq javobgar hisoblanadi.
“Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi” buxgalteriya balansini o`rganish natijasida quyidagilarni aniqladik :
1 jadval
”Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi” 2022- yil 2 -choragidagi holatiga buxgalteriya balansi
№
|
Ko`rsatkichlar
|
2022- yil 2-chorak
|
1
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
23743297
|
2
|
Joriy aktivlar
|
1793279
|
3
|
O`z mablag` manbaalari
|
8501960
|
4
|
Majburiyatlar
|
5440261
|
Jami :
|
28598275
|
Biz tashkilotning ma’lumotlarini tahlil qilganimizda shuni ko’rdikki Irrigatsiya bo’limning aktivlarining 90%ni uzoq muddatli aktivlar tashkil etadi. Bu boshqarmanning aylanma mablag’larining salmog’i juda pastligidan dalolat beradi.
Bo’limning passivlarini tahlil qilganimizda 75%ni majburiyatlar tashkil qilmoqda bu esa tashkilot kreditor ekanidan dalolat bermoqda. Bu esa bo’lim boshqa davlat tashkilotlariga budjet hisobidan mablag’ o’tkazishi kerakligi ma’lum bo’ldi.
2 jadval ”Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi” ning 2022 yildagi moliyaviy natijalari
Dostları ilə paylaş: |