O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix01.02.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#82151


1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
Tarix fakulteti:
«Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi» bakalavr
ta'lim yo‘nalishi 3
B
kurs talabasi
Normamatov Sherzodning
“Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Huquqiy tarbiya vositalari
Bajargan:
Normamatov Sh
Ilmiy rahbar:
B.Arzieva
NUKUS-2021


2
MUNDARIJA:
KIRISH.
I BOB. Huquqiy ta'lim-tarbiya mazmuni
1.1. Huquqiy ta'lim-tarbiya tushunchasi va uning tarixi
1.2. Mustaqillik yillarida huquqiy ta'lim-tarbiyaga e'tibor
II BOB. Huquqiy tarbiya vositalari va metodlari
2.1. Huquqiy ta'limning mavjud holati
2.2. Huquqiy tarbiya vositalari va metodlari
XULOSA
ADABIYOTLAR RO‘YXATI


3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so'ng
o'tgan yillar davomida iqtisodiyot, siyosat, madaniyat va marifat sohalarida
tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan tub o'zgarishlar amalga oshirildi va
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini
barpo etishda milliy o'zlikni anglash va qadriyatlarimizni tiklashda, fuqarolar
ongida, ularning huquqiy - axloqiy tarbiyasida tub o'zgarishlarni talab
etadigan huquqiy tarbiya jamiyat taraqqiyotining muhim bir bo'lagini tashkil
etadi.
Sobiq Sovet davrida fuqarolar qanchalik huquqiy besavod, huquqiy
axloqiy tarbiyasiz bo'lsa, hokimiyat uchun ijobiy sharoitlar yaratilar edi.
Chunki o'z haq - huquqini, o'zligini, qadriyatlarini bilmagan xalqni boshqarish
shunchalik oson bo'lar edi.
Mustaqilligimiz sharofati bilan o'z erkimizni qo'lga kiritdik. Erkin fuqarolik
jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo'ygan yurtboshimiz I.A.Karimov
mamlakatda huquqiy tarbiyani takomillashtirish borasida demokratik
islohotlarning asoschisidir.
1- Prezidentimizning 1997-yil 25-iyunda «Huquqiy tarbiyani yaxshilish,
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash
tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash
haqida»gi farmoniga ko'ra, bu boradagi olib borilayotgan ishlar davlat
siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
Bundan tashqari, 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish» milliy dasturida ham huquqiy tarbiya va
uni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor berilgan.


4
Demokratik tamoyillarga asoslangan davlatni barpo etishda, albbatta
milliy qadriyatlarga va insonparvarlik prinsiplariga tayanamiz. Buning uchun
jamiyat a'zolariga, shu jumladan o'sib kelayotgan yosh kelajak avlodlarda
huquqiy tarbiyani shakllantirish zarurdir.
Vaholanki, mustaqilligimizga hamda berilgan imkoniyatlarga mos turda
aholining huquqiy tarbiyasi bugungi kun talablariga javob bermayapti.
Tanlangan mavzuning dolzarbligi quyidagicha belgilanadi:
- jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar
ishtirokchilarining huquqiy tarbiyasi va huquqiy bilimlarini har tomonlama
oshirishni talab etmoqda. Shu talabdan kelib chiqqan holda, huquqiy tarbiya
tizimini shakllantirish va uni takomillashtirish masalalarini ilmiy tadqiq etish
zarur.
Ishning maqsad va vazifalari:
1. Huquqiy ta'lim-tarbiya tushunchasi va uning tarixini o'rganish;
2. Mustaqillik yillarida huquqiy ta'lim-tarbiyaga e'tiborni aniqlashtirish;
3. Huquqiy ta'limning mavjud holatini o'rganib, tahlil qilish;
4. Huquqiy ta'lim samaradorligini oshirishda innovatsion metodlardan
foydalanish yo'llarini yoritib berishdan iborat.
Kurs ishning maqsadi: O'zbekistonda huquqiy ta'lim - tarbiya va va uning
yo'llari, usul va qurollari masalalarini nazariya va amaliyot bilan birgalikda,
huquqiy tarbiya tarkibida huquqiy ong, huquqiy ta'lim va boshqa omillarning
ta'sirini aniqlash, hamda kelajak avlodning huquqiy tarbiyasini ta'minlovchi
samarali yo'l va fikrlarni ko'rib chiqib, bu tarbiyaning mohiyati va o'ziga xos
tomonlari, jarayonlarini o'rganishdan iborat.
Kurs ishi kirish, ikki bob, to'rt paragraf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar tizimidan iborat.


5
1 BOB. Huquqiy ta'lim-tarbiya mazmuni
1.1. Huquqiy ta'lim-tarbiya tushunchasi va uning tarixi
Bugungi kunda huquqiy demokratik davlat haqida ko'p gapirilyapti.
Bunday davlatning fuqarolari esa huquqiy madaniyatli bo'lmog'i uchun
huquqiy tarbiyaga ega bo'lishlari lozim. Huquqiy tarbiyasiz fuqarolar jamiyat
taraqqiyotini orqaga tortadi. Shuning uchun jamiyatimizda har bir shaxs
huquqiy madaniyatli bo'lishi shart.
Ta'lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to'plangan bilimlar
beriladi, zaruriy ko'nikma va malakalar hamda e'tiqodlar shallantiriladi.
Huquqiy ta'lim
-
hayotiy-amaliy faoliyatda qo‘llaniladigan va egallanishi
zarur bo‘lgan huquqiy ma'lumot va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan,
tizimli, rejali va muayyan maqsadga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy faoliyat
jarayoni.
Ta'limning barcha turlari kabi, huquqiy ta'limning ham o'ziga xos
xususiyatlari mavjud. B.Ziyomuhammedov va SH.Abdullaeva huquqiy ta'lim-
tarbiyani shunday ta'riflaydilar: “Huquqiy ta'lim-tarbiya insonda huquqiy
bilimlarni oshirish, qonunlarni yaxshi o'zlashtirib, ularga to'liq rioya etish
ko'nikmasini hosil qilishdir”.
Darhaqiqat, huquqiy ta'lim huquqiy bilimlarni o'zlashtirishni, amaliy
ko'nikmalar va malakalar shakllanishini nazarda tutadi. Bu esa yoshlarning
huquqiy jihatdan har tomonlama barkamol inson bo'lib yetishishlari uchun
zamin
tayyorlaydi.
Huquqiy
ta'lim
nafaqat
bilim
berish,
balki
huquqbuzarliklarning oldini olish, intizomni mustahkamlash, huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni yuksaltirish kabi vazifalarni ham o'z oldiga maqsad qilib
qo'yadi.
Huquqiy ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo'lib, u
ikki tomonlama xarakterga ega, ya'ni unda ikki tomon o'qituvchi va o'quvchi
faol ishtirok etadi. O'qituvchi aniq maqsadni ko'zlab, reja va dastur asosida
bilim, ko'nikma va malakalarni singdiradi, o'quvchi esa uni faol o'zlashtirib
oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson


6
psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol
ishtirok etadi va muhim rol o'ynaydi.
Huquqiy tarbiya, umumiy tarbiyaning tarkibiy qismidir.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy - axloqiy ongni, axloqiy va
huquqiy ko'rsatmalarni, qonunga itoatkorlik xulq atvori ko'nikmalari va
odatlarini shakllantiruvchi, jamiyat taraqqiyotining maenaviy vositalarini
ta'minlovchi o'zaro bog'langan, uyushgan, bir tuzim, aniq maqsadni ko'zlagan
holdagi tasir ko'rsatilishidir.
Huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat sohasida ilmiy
faoliyatni o'rganish tadqiqotchilar uchun an'anaviy tusga aylandi. Ya'ni,
huquqiy tarbiya masalasi ko'pgina olimlar ilmiy tadqiqot ishlarining ob'ekti
sifatida xizmat qilgan va xizmat qilmoqda. Haqiqatda ham ayni vaqtda ushbu
masala mamlakatimizning rivojlanishidagi asosiy dolzarb muammolardan biri
bo'lib qoldi. «Tarbiya» atamasi kundalik hayotda insoniyat muomalasida ko'p
marotaba takrorlanadigan ijtimoiy kategoriyadir. Jamiyatdagi barcha
tarbiyalarning yagona tizimini
ijtimoiy tarbiya
o'zida mujassam etadi va u
s
iyosiy tarbiya, madaniy tarbiya, ma'naviy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik
tarbiya,
shuningdek
, huquqiy tarbiya
va boshqa tarbiya turlarini o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy tarbiya tizimida tarbiyaning boshqa turlari singari huquqiy tarbiya
alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning axloqiy,
estetik, ma'naviy va boshqa shu kabi turlari negizida shakllanadi va rivoj
topadi. Ya'ni, huquqiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning barcha turlari bilan
chambarchas bog'liq bo'ladi.
Jumladan, yuksak rivojlangan huquqiy davlat va adolatli fuqarolik
jamiyati qurishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan har bir davlatning
asriy orzusi o'z aholisining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini
yuksaltirishdir. Har qanday davlatning ijtimoiy rivojlanishi o'sha davlat
fuqarolarining huquqiy madaniyati bilan bog'liq bo'ladi. Zero, yuksak darajada
rivojlangan huquqiy ong va huquqiy madaniyat huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatining ajralmas belgisidir. Yuksak darajadagi huquqiy ong va huquqiy


7
madaniyat esa huquqiy tarbiyaning mahsuli. Aholining huquqiy ongi va
madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiya asosiy o'rinni egallaydi.
Shaxs huquqiy ongi eng avvalo huquqiy tarbiya ta'sirida shakllanadi.
Huquqiy tarbiya batartiblilik va intizom darajasining oshishiga, burch hissining
mustahkamlanishiga va shaxs huquqiy madaniyatining yuksalishiga yordam
beradi.
Huquqiy tarbiya - murakkab va ko'p qirrali hodisadir, ya'ni uni bir ma'noli
qilib ta'riflab bo'lmaydi. Huquqiy tarbiyaning ta'rifi bu jarayonning qaysi
tomonini, jumladan, umum-ijtimoiy jihatini, huquqning ijtimoiy amal qilish
tizimi sifatida yoki davlatning ijtimoiy boshqarish, huquqbuzarlikning oldini
olish elementi sifatidagi vazifasi va shu kabilarni tadqiq qilishimizga bog'liq
bo'ladi.
Huquqiy tarbiya
deganda shaxsning ongiga tashkiliy suratda va aniq
maqsadni ko'zlab ta'sir ko'rsatishning maxsus yuridik turi tushuniladi.
«Huquqiy tarbiya» kategoriyasi olimlar tomonidan turlicha talqin
qilingan va izohlar berilgan.
«Huquqiy tarbiya
-
shaxslar va ijtimoiy
guruhlarning huquqiy ongiga ko'rsatiladigan, aniq maqsadga yo'naltirilgan,
rejalashtirilgan va maxsus huquqiy tarbiya usullari vositasida amalga
oshiriladigan pedagogik ta'sir jarayonidir»
1
.
Davlat va huquq nazariyasi bo'yicha darsliklarda huquqiy tarbiyaga keng
ta'rif berish uchraydi, ya'ni «
huquqiy tarbiya
-
fuqarolarning ongi va ruhiyatiga
ta'sir qilishga qaratilgan, huquqiy tarbiya shakllari, vositalari va uslublaridan
foydalanib, fuqarolar ongida chuqur va barqaror huquqiy bilimlar, e'tiqodlar,
ehtiyojlar, qadriyatlar, qonunga mos fe'l-atvor, odatlarni shakllantirish
jarayonidir»
2
.
Fikrimizcha,
huquqiy tarbiya
fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi
muhim ijtimoiy vositadir.
Tarbiyani keng va tor ma'noda tushunish mumkin.
1
СаиДов А.Х., ТаДжиханов У.Т.
Давлат ва хукук назарияси. 2 - жилд. - Т., 2001. - 187-б.
2
Уша ерда. 188 - б.


8
Yuqorida huquqiy tarbiyaga berilgan izohlarni tahlil qilgan holda,
fikrimizcha,
huquqiy tarbiya -
davlat organlari, nodavlat organlari, mansabdor
shaxslar va alohida shaxslar guruhining aholining huquqiy ongi va
madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maxsus faoliyati hisoblanadi.
Tarbiya jarayonlarining yo'nalishlarini farqlashda qo'llaniladigan muhim
mezonlardan biri - ong shakllarining turlicha ekanligi. Chunki, alohida olingan
tarbiya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hamma tomonlarini emas,
faqat uning ayrim ko'rinishlarini kamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya -
siyosiy ongni; ma'naviy tarbiya - ma'naviy ongni; estetik tarbiya - estetik ongni
qamrab oladi va hokazo.
Huquqiy tarbiya, ongning o'ziga xos shakli bo'lgan, huquqiy ong bilan
bog'liq.
Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi.
Birinchisi - tarbiyalanuvchilarga ma'lum miqdordagi huquqiy bilimlar,
ko'nikmalar va malakaning berilishi.
Ikkinchisi - tarbiyalanuvchilarda huquqiy g'oyalar, hissiyotlar, e'tiqodni
shakllantirish
.
Shu vazifalardan kelib chiqib huquqiy tarbiyada fuqarolarning huquqiy
ongini shakllantirish quyidagicha kechadi:
birinchidan,
asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularning mazmuni va
mohiyatini to'g'ri tushunish;
ikkinchidan,
huquq, qonunlar, qonuniylik va huquqiy tartibotni chuqur
hurmat qilish;
uchinchidan,
huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo'llay olish;
to'rtinchidan
, o'z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilan moslashtirish;
beshinchidan,
huquqiy normalarning har qanday buzishlariga nisbatan qat'iy
murosasizlik ko'nikmasini hosil qilish.
Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali
amalga oshadi. Shu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy
munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar
(shaxslar, ijtimoiy guruhlar) huquqiy ongining shakllanishi ro'y beradi. Huquqiy


9
tarbiya jarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega
bo'lishiga erishish maqsad qilib qo'yiladi. Ularning shaxsiy e'tiqodidan kelib
chiqadigan qonunga, huquqqa bo'lgan hurmatni shakllantirish huquqiy
tarbiyaning o'zagini tashkil etadi.
Bu yig'indiga kiruvchi huquqiy ongning tarkibiy qismlari shaxsga
nisbatan kerakli psixologik va mafkuraviy yo'l-yo'riqlarni tashkil qiladi, uning
o'z huquqiy bilimlarini turmushda faol tadbiq qila olishiga imkoniyat yaratadi.
Mana shu tayyorgarlik darajasi huquqiy tarbiya ishlarining samaradorligini
ko'rsatadigan asosiy ko'rsatkichdir
3
.
Huquqiy
tarbiya-shaxsga
nisbatan
huquqiy
ongni,
huquqiy
ko'rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko'nikmalari va odatlarini
shakllantiruvchi, uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko'zlagan holda ta'sir
ko'rsatishdir.
Shuni ta'kidlash kerakki, yaqin o'tmishda ham huquqiy tarbiyaga
unchalik jiddiy e'tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda ham
shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma'naviy, estetik tarbiyasi haqida
so'z borar edi-yu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Huquqiy
tarbiyaning
tarbiyaviy
ishning
mustaqil
yo'nalishi
sifatida
belgilab
qo'yilmaganligi o'sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongiga salbiy
ta'sir ko'rsatmay qolmadi.
Shubhasiz, huquqiy, siyosiy, va ma'naviy ongning o'zaro bog'liqligini
esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri
bilan qo'shib yuborish ham mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o'ziga xos
yo'nalishi sifatida huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni
bilan bog'liq. Huquqiy tarbiya mustaqil huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa
tarbiyaning o'ziga xos shakllari va usullarini izlab topish hamda qo'llanish
zaruriyatini taqozo etadi. Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan
qurollangan, huquqiy ongi shakllangan, huquqiy madaniyati yuksak bo'lishi
lozim. Huquqiy tarbiya tamoyillariga ilmiylik, amaliyot bilan uzviylik, o'ziga
3
Уша манба. - 343-б.


10
xoslikni ham kiritish mumkin. Huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uni amalga
oshirish jarayonida hozirgi zamon huquqiy va boshqa fanlari, avvalo, huquqiy
faoliyat, shaxs tarbiyasi (sostiologiya, ruhshunoslik, pedagogika va boshqalar)
bilan bevosita munosabatdor yutuqlardan foydalanishni ifodalaydi. Ayni
vaqtda huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uning mavjud holatini aks ettirmaydigan
sub'ektivizm bilan, huquqiy voqelikni baholashda mafkuraviy andozalardan
foydalanish bilan chiqisha olmaydi.
O'quvchilarga huquqiy ta'lim berishdan maqsad, ularda huquqiy
tarbiyani,
huquqiy
darajadagi
yuqori
ongni,
huquqiy
madaniyatni
shakllantirishdir. Bu umumiy maqsad doirasida ikki guruhdagi vazifalar hal
etiladi:
birinchisi,
o'quvchilarda axloqiy, huquqiy bilim, ko'nikma, malaka va
odatlarni shakllantirish;
ikkinchisi,
o'quvchilarning huquqiy tarbiyalari bilan bogliq vazifalar kiradi.
Bu odatda axloq va huquq normalariga hurmatni, qonuniylik va huquqiy
tartibotning buzilishiga yo'l qo'ymaslik, ijtimoiy faollik, inson huquq va
erkinliklariga hurmat, o'zining huquq va erkinliklarini himoya qilish,
insonparvar
huquqiy
demokratik
davlat
prinsiplariga
hurmatni,
bu
prinstiplarga amal qilgan holda yashashni shakllantirishdir.
Huquqiy ta'lim asosida huquqiy normalarni tushunish yotadi. Lekin bu
normalarning hammasini maktabda o'zlashtirish mumkin emas. Bunga
maxsus yuridik ta'lim olish jarayonida erishish mumkin. O'quvchilarga huquqiy
ta'lim berish oldidan ularga davlat va huquqiy hodisalar to'g'risida umumiy
tushunchalar hosil qiluvchi elementlar huquqiy normalar to'g'risida bilim
berish vazifasi turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bu fanni o'qitish
usuli va uslublarini bulish shart.


11
1.2. Mustaqillik yillarida huquqiy ta'lim-tarbiyaga e'tibor
1991 yil 31 avgustda O'zbekiston Respublikasi mustaqil deb e'lon
qilingandan keyin mustaqillikni, yurt farovonligini, xalqning tinchligini,
osoyishtaligini saqlash va kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, har
tomonlama barkamol avlodga e'tibor ustuvor vazifa qilib qo'yildi. Ta'lim va
kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish,
rivojlangan huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash
tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash,
pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish; kadrlar
tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan,
jamiyat
ehtiyojlaridan,
fan,
madaniyat,
texnika
va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy, huquqiy tarbiyalashning turli shakllari
hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish vazifalari hal qilinmoqda.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А.Kаrimоv “Mаmlаkаtimizdа
dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini
rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi”dа “...bugungi siyosiy-huquqiy vоqеlikni hisоbgа
оlgаn hоldа, mаmlаkаtimizdа huquqiy tа’lim vа mа’rifаtni, jаmiyatdа huquqiy
bilimlаr tаrg‘ibоtini tubdаn yaхshilаshgа yo‘nаltirilgаn mаqsаdli kеng ko‘lаmli
chоrа-tаdbirlаr dаsturini ishlаb chiqish zаrur. Ushbu dаsturning аmаlgа
оshirilishi аhоlining insоn huquq vа erkinliklаrigа nisbаtаn hurmаt bilаn
munоsаbаtdа bo‘lishi, fuqаrоlаrdа qоnungа itоаtkоrlik tuyg‘usining yanаdа
оrtishini tа’minlаydi”, - dеb qаyd etgаn edi.
Mustаqilligimizning dаstlаbki kunlаridаnоq mаmlаkаtimizdа huquqiy
tа’lim-tаrbiya tizimini jаdаl islоh qilishgа kirishildi. Dаstlаb ijtimоiy
munоsаbаtlаrning
mustаhkаm
huquqiy
аsоslаrini
bеlgilоvchi
qаtоr
nоrmаtiv-huquqiy hujjаtlаr qаbul qilindi. Хususаn, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi
Vаzirlаr Mаhkаmаsining 1994 yil 13 iyundаgi “Yoshlаrning huquqiy tа’limini
tаkоmillаshtirishning Kоmplеks dаsturi to‘g‘risidа”gi 296-sоnli Qаrоri, Оliy
Mаjlis tоmоnidаn 1997-yil 29-аvgustdа tаsdiqlаngаn “Jаmiyatdа huquqiy
mаdаniyatni yuksаltirish Milliy dаsturi” to‘g‘risidаgi 466-1-sоnli Qаrоri vа shu
qаrоr аsоsidаgi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 1998-yil 29-mаydаgi 235-sоnli
“Jаmiyatdа huquqiy mаdаniyatni yuksаltirish milliy dаsturini аmаlgа оshirish
chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа” gi Qаrоri, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr
Mаhkаmаsining 2000-yil 21-sеntyabrdаgi “Vоyagа yetmаgаnlаr ishlаri
bo‘yichа
kоmissiyalаr
fаоliyatini
tаkоmillаshtirish
hаqidа”gi
Qаrоri,


12
O‘zbеkistоn Rеspublikаsining “Tа’lim to‘g‘risidа”gi Qоnuni, Kаdrlаr tаyyorlаsh
Milliy dаsturi, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 1997-yil 25-iyundаgi
“Huquqiy tаrbiyani yaхshilаsh, аhоlining huquqiy mаdаniyati dаrаjаsini
yuksаltirish, huquqshunоs kаdrlаrni tаyyorlаsh tizimini tаkоmillаshtirish,
jаmоаtchilik fikrini o‘rgаnish ishini yaхshilаsh hаqidа”gi Fаrmоni, 1997-yil
6-оktyabrdаgi “Tа’lim-tаrbiya vа kаdrlаr tаyyorlаsh tizimini tubdаn islоh qilish,
bаrkаmоl аvlоdni vоyagа yetkаzish” to‘g‘risidаgi Fаrmоni, 2001-yil
4-yanvаrdаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasini o‘rgаnishni tаshkil
etish to‘g‘risidа”gi fаrmоyishi, 2004-yil 1-iyuldаgi “2004-2009-yillаrdа mаktаb
tа’limini rivоjlаntirish dаvlаt umummilliy dаsturi to‘g‘risidа”gi Fаrmоni,
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2008-yil 13-оktyabrdаgi
“O‘zbеkistоn iqtidоrli yoshlаrini tаqdirlаsh vа mоddiy rаg‘bаtlаntirish
to‘g‘risidа” Qаrоri shulаr jumlаsidаndir.
Fikrimizning isboti sifatida quyidagi 1997-yil 29-avgustda qarorni ham
misol keltirishimiz mumkin:
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
MILLIY DASTURI
O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik
jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam
o‘rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar
ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va
jamiyatni
ma’naviy
o‘zgartirish
sohasida
keng
ko‘lamli
islohotlar
o‘tkazilmoqda. O‘tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi.
Ijtimoiy-siyosiy
hayotning
huquqiy
asoslari
izchillik
bilan
mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.
Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog‘likdir.
Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik
islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning
muhim omilidir.
Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy
tizim etukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol
ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga


13
ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va
mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy
va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri
hisoblanadi.
Huquqiy madaniyat — umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi.
Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega
bo‘lgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va
bilimli deb hisoblanishi mumkin.
Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar
barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har
tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim,
huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat
oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy
hayotni demokratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va huquqiy davlat
asoslarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ushbu Milliy dastur
qabul qilinmoqda.
UMUMIY QOIDALAR
Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy
savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari
hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun huquqiy
madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.
Ko‘rsatilgan maqsadga erishishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish;
barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga
hamda huquqqa hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish;
aholining huquqiy savodxonligini oshirish; fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy
faolligini ta’minlash.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi davlat
siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi: inson huquqlari va erkinliklarining


14
ustuvorligi;
Konstitutsiya
va
qonunning
ustunligi;
demokratiyaga
asoslanganlik; ijtimoiy adolat; ilmiylik; uzluksizlik; huquqiy tarbiyadagi vorislik
hamda umumiylik; huquqiy axborotning hamma uchun ochiqligi; huquqiy
tarbiya va huquqiy maorifning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan
yondashuv.
Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
fuqaro, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy
madaniyati hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta’minlash;
aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining
rolini kuchaytirish;
aholini huquqiy axborot bilan ta’minlash, ilmiy-ommabop yuridik
adabiyotlar
nashr
qilinishi
va
tarqatilishini
davlat
tomonidan
qo‘llab-quvvatlash;
huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish;
yuridik ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy
tizimini rivojlantirish;
huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag‘batlantirish,
ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish;
milliy an’analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosida aholining
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish.
Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatini
muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a’zosi
huquqiy bilimlarning muayyan darajasini o‘zlashtirib olishi uchun zarur bo‘lgan
shart-sharoit yaratishni, ikkinchi tomondan — turli ijtimoiy guruhlarning o‘ziga
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni
nazarda tutadi.


15
II BOB. Huquqiy tarbiya vositalari va metodlari
2.1. Huquqiy ta'limning mavjud holati
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda
huquqshunos
kadrlar
tayyorlash
bilan
bir
qatorda,
barcha
ta'lim
muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor
vazifalar belgilandi. Darhaqiqat, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat
hamda
fuqarolik
jamiyatini
qurish
va
shakllantirishda
huquqiy
ta'lim-tarbiyaning samarali tashkil etilishi o‘ta muhim.
Biz ishimiz davomida umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarga
huquqiy ta'lim berish shart-sharoitlari, o‘quv predmetlari
2019-2020 o‘quv yili tayanch o‘quv rejasiga muvofiq maktablarda
haftasiga 1 soatdan 8-sinfda “O‘zbekiston davlati va huquqi”, 9-sinfda
“Konstitutsiyaviy -huquq asoslari”, 10-11-sinflarda “Davlat va huquq asoslari”
fanlari o‘qitiladi.
Huquqiy bilimlar boshqa fanlar tarkibiga ham singdirilgan holda o‘qitib
kelinadi, xususan: 1-4-sinflarda “Konstitutsiya alifbosi” kursi “O‘qish”,
“Atrofimizdagi olam”,
“Tabiatshunoslik”, “Odobnoma” fanlari hamda
“Tarbiyaviy soat”lar tarkibiga singdirilgan holda har bir sinfda 10 soatdan
o‘qitiladi.
8-sinfda umumta'lim maktablari o‘quvchilarida 34 soat hajmda “Davlat va
huquq asoslari” fani doirasida jamiyat va davlatning funksiyalari, davlat
shakllari, davlat belgilari, siyosiy tartibot, fuqarolik jamiyati, ijro etuvchi
hokimiyat, axloq va huquq, huquq sohalari, huquqiy munosabatlar, xuquq
manbaalari to‘g‘risida bilim, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish asoslari,
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, Qonunchilik palatasi va Senatining
vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishi. O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari va qonunosti hujjatlari, huquqbuzarlik tushunchasi


16
to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malaka shakllantiriladi. 9-sinfda o‘quvchilarda 34
soat hajmda “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” fani doirasida O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, davlatning tashqi siyosati,
shaxsiy huquq va erkinliklar, fuqarolarning burchlari, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining barcha boblari, fuqarolarning asosiy huquq, burch va
erkinliklari, respublikamizdagi mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish tizimi, sud va
prokuratura tizimlari faoliyatiga doir bilim, ko‘nikma va malaka shakllantiriladi.
10-sinf o‘quvchilari uchun (34 soat) “Davlat va huquq asoslari” fanida
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi,
huquq,
shaxs
va
davlat
munosabatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti to‘g‘risida, Huquq sohalari:
ma'muriy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi, voyaga etmaganlar
huquqbuzarligi, voyaga etmaganlar javobgarligi to‘g‘risida
ma'lumotlar beriladi. 11-sinfda o‘quvchilarga 68 soat hajmda “Davlat va huquq
asoslari” fani o‘qitiladi. Ushbu fan doirasida Konstitutsiyaviy huquq asoslarini
kundalik hayotda qo‘llay olish, o‘zining huquq va majburiyatlarini anglash,
boshqalarning huquqlariga daxl qilish huquqiy javobgarlik ekanligini anglash,
ijtimoiy-huquqiy faollikni namoyon etish, axloq va huquqning o‘zaro
aloqadorligini anglash, davlat va jamiyat majburiyatlarini anglash, davlat
organlariga erkin murojaat qila olish, huquqiy-me'yoriy hujjatlarga qonuniy
munosabat bildira olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. 2019-2020 o‘quv yili
uchun nashr etilgan 8-sinf “O‘zbekiston davlati va huquqi”,
9-sinf
“Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsliklari dizayn jihatidan o‘quvchilarning
yosh va psixologik xususiyatidan kelib chiqqan holda takomillashtirildi. Ilk bor
darsliklar zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirilib,
9-sinf
“Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligiga zamonaviy QR-kodi o‘rnatildi
hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarga ushbu koddan foydalangan holda huquqqa
doir qo‘shimcha materiallardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Darsliklar
yangi qabul qilingan qonunlar va huquqqa doir ma'lumotlar bilan boyitildi.


17
Jumladan, qonunchilikda voyaga etmaganlarning javobgarligi masalasidagi
o‘zgarishlar, shaxs va jamiyat munosabatlari hamda shaxsning jamiyatdagi
o‘rni kabi jihatlar mavzularda yoritildi.
8-sinflarning “O‘zbekiston
davlati va
huquqi”,
9-sinflarning
“Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsliklarida maktab o‘quvchisi uchun
ma'qul jadval shaklida va interfaol pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda
mavzuga oid rasmlar bilan boyitildi. 8-sinfning “O‘zbekiston davlati va huquqi”,
9-sinfning “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsliklarida berilgan mavzular
mazmunan yaxlit bo‘lgan holda, adabiy til qoidalariga muvofiq oddiy va sodda,
tushunarli hamda ravon tilda bayon qilinib, ma'lumotlar mantiqiy
ketma-ketlikda va izchillikda yoritildi, o‘quvchilarni fikrlashga va boshqa
sifatlarini shakllantirishga asosiy e'tibor qaratildi.
8-sinf “O‘zbekiston davlati va huquqi” darsligining qayta nashrida
“O‘zbekiston Respublikasi - mustaqil davlat”, “SHaxs”, “O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘i”, “Huquqiy ong va huquqiy
madaniyat”, “YUridik javobgarlik”, “Adliya vazirligi. Advokatura va notarial
idoralar”, “Qurolli Kuchlar va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”
kabi yangi mavzular, 9-sinf “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” darsligining
qayta nashrida “Qonun loyihasini qabul qilamiz”, “Konstitutsiyaviy sud majlisi”
kabi amaliyot darslari kiritildi.


18
2.2.Huquqiy tarbiya vositalari va metodlari
Hozirgi kunda yoshlarimizga huquqiy tarbiya berish eng katta ustuvor
vazifalarimizdan biri bo'lib turibdi.Shunday ekan bu masalada zarracha ham
xato qilishga haqqimiz yoqdir.Yoshlarga huquqiy tarbiya berishda quyidagi
usul va vositalar juda ham muhimdir:
1.Ota-ona tarbiyasi
2.Ta'lim tarbiya tizimi
3.Televidineya va Radiokanallar
4.Internet tarmoqlari
5.Mahalla va yoshi ulkan kishilar
Har bir oilada farzand dunyoga keladiki ota-ona juda ham xursand
boladi.Farzand tarbiyasida ota-onaning roli juda ham muhimdir.Sababi
farzand huquqiy tarbiyaning dastlabki ko'rinishlarini eng avvalambor oiladan
oladi.Ota-ona farzandiga yoshlikdanoq nima Yaxshi nima yomon nimani qilsa
boladi nimani yo'q kabi tushunchalarni singdirib borsa farzand kelajakda
huquqiy bilimli kishi bolib yetishib chiqishidagi dastlabki qadamni tashlaydi.
Huquqiy tarbiya berishda faqatgina ota-ona emas balki mahalla ko'y
qo'ni-qo'shnilar ham muhim rol o'ynaydi.Sababi ular ham yoshlar uchun
begona emasdir.Xalqimizda bir bolaga yetti mahalla ota-ona degan so'zlar
ham fikrimizning yaqqol isboti bo'la oladi.
Zamonning
rivojlanishi
va
Axborot
texnologiyalar
asrida
yashayotganligimizni hisobga olib farzandlarimiz internet tarmog'idan
televizorlardan va radiokanallardan ko'p axborotlar olayotganligini ham
xisobga olishimiz kerak va shu asosida bu vositani ham tizimli yo'lga qo'yib
olish kerak.
Ta'lim tarbiya tizimi shubhasiz huquqiy savodxonlik berishda yaqqol ajralib
turadi.Sababi yoshlarimizni turli xil huquqbuzarliklar sodir etishlarining oldini
olishda ham shubhasiz ta'lim dargohidagi huquqiy tarbiyaning o'rni bilan
izohlasak bo'ladi.Aynan shuning uchun ham so'nggi yillarda huquqbuzarliklar


19
ancha kamayganligini ko'rishimiz mumkin.Dars o'tilayotgan jarayonda ham
turli xil metodlarni qo'llagan xolda o'quvchilarda huquqga bo'lgan
munosabatni qiziqtirishni yo'lga qo'yish kerak.
Biz quyida oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida dars jarayonida
qo‘llanganda kutilgan samarali natijani beruvchi bir qancha metodlarni
e'tiboringizga havola qilamiz.
T- chizma grafik organayzeri
T-
chizma
munozara
vaqtida
qo‘shaloq
javoblar
(ha/yo‘q,
tarafdor/qarshi) yoki taqqoslash zid javoblarni yozish uchun universal grafik
organayzer hisoblanadi. Masalan “Iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar” matnini
“tarafdor va qarshi” tamoyiliga asoslanib o‘qilganidan so‘ng, bir juft o‘quvchi
quyida keltirilganidek T-chizmani tuzishi va besh minutdan keyin, chizmaning
chap tomonida iqtisodiy huquqlarni besh minut ichida qancha o‘ylab topish
mumkin bo‘lsa, shunchasini yozishi mumkin. So‘ngra besh minut mobaynida
ular bu fikrga qarshi iloji boricha ko‘p sababni keltirishlari kerak. Ana shu vaqt
oxirida ular yana besh minut mobaynida o‘z T-chizmalarini boshqa juftlik
chizmalari bilan taqqoslashlari mumkin.
Ikki qismli kundaliklar
Ikki qismli kundaliklar talabalarga matn mazmunini o‘z shaxsiy tajribasi
bilan chambarchas bog‘lash, o‘zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish
imkonini beradi. Ayniqsa, talabalar qandaydir katta matnni uyda, o‘quv
auditoriyasidan tashqari o‘qib chiqish topshirig‘ini olishganida ikki qismli
kundaliklar foydalidir.
Ikki qismli kundalik uchun talabalar yozilmagan qog‘ozning o‘rtasidan
tik chiziq o‘tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Kog‘ozning chap tomoniga
matnning qaysi qismi ularga eng ko‘p
taassurot qoldirganini qayd etishadi.
Ehtimol, u qandaydir xotirani uyg‘otar


20
yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga tushirar, yoki shunchaki taajjubga
solar. YOxud ularning qalbida keskin norozilik hissini uyg‘otar. O‘ng tomonida
ular sharh berishlari kerak: ayni shu sitatani yozishga ularni nima narsa
majbur etdi? Ularga qanday fikrlar uyg‘otdi? SHu munosabat bilan ularda
qanday savol tug‘ildi? Qisqasi, matnni o‘qirkan, talabalar vaqti-vaqti bilan
to‘xtashlari va o‘zlarining qo‘shaloq kundaliklarida shunday belgilar qo‘yib
borishlari kerak.
“Aqliy hujum” metodi - biror muammo
bo‘yicha ta'lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni
to‘plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum”
metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni yechish
jarayonlarini vaqt bo'yicha bir qancha bosqichlarga (g'oyalarni generasiyalash,
ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat. “Aqliy
hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta'lim
beruvchi tomonidan berilgan savolga ta'lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini
og‘zaki bildiradi. Ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon
etadilar. YOzma shaklida esa berilgan savolga ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini
qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar
doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida)
mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum
belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri
va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning barchasini


21
jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot qilish
va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o‘z fikrini
faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va
tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi
ta'lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta'lim
oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta'lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga
qarab amalga oshiriladi:
1. Ta'lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib
qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash
maqsad qilib qo‘yilganda -yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan
so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta'lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z
javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
2. Ta'lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3. Ta'lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga,
rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;
4. Fikr-g‘oyalar ma'lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
5. YUqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi - ta'lim
oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik
guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki
berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy
ish. Kichik guruhlarda ishlash o'quvchilarning darsda
faolligini ta'minlaydi, har biri uchun munozarada
qatnashish huquqini beradi, bir-biridan sinfda o'rganishga
imkoni tug'ildi, boshqalar fikrini qadrlashga o'rgatadi.
Ushbu metod qo‘llanilganda ta'lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab,
darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan
o‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.


22
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta'lim beruvchi boshqa
interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
CHunki ta'lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta'lim oluvchilarni mavzuga
jalb eta oladi va baholay oladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan
iborat:
1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan
masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta'lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan
bo‘linishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. Ta'lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib
turiladi.
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi.
“Davra suhbati” metodi - aylana stol atrofida berilgan muammo yoki
savollar yuzasidan ta'lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish
orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.
bo‘yicha ta'lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida
o‘tkaziladigan o‘qitish metodidir. Bu metod yordamida o'quvchilarga muayyan
muammo bo'yicha to'liq axborotlar etkaziladi, munozara uchun tanlangan
mavzuni o'quvchilar ayovsiz “shturm” qiladilar va pirovard natijada
muammoga tegishli ma'lumotlarni atroflicha o'rganadilar.
“Bahs-munozara”
metodi
biror mavzu


23
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida
muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‘llaniladi. Bahs-
munozarani boshqarib borish vazifasini ta'lim oluvchilarning biriga topshirishi
yoki ta'lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin
holatda olib borish va har bir ta'lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat
qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda ta'lim oluvchilar orasida paydo
bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.
“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish
kerak:
>
barcha ta'lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;
>
“o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruhsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga
rioya qilish;
>
fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;
>
bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi;
>
bir-birlariga o‘zaro hurmat.
“Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta'lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar
ishlab chiqadi.
2. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va
ularni munozaraga taklif etadi.
3. Ta'lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya'ni turli g‘oya
va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta'lim
oluvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta'lim beruvchi
ta'lim oluvchilarga o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
4. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va
g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.
5. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi
tanlanadi.


24
“ MENYU ” metodi - Yakka tartibda yoki kichik guruhlar bilan ish olib
borishni xoxlagan ijodkor o'qituvchiga “Menyu” metodidan foydalanish tavsiya
etiladi. Bunda kichik guruh (o'quvchi) ga aniq topshiriq beriladi. Misol,
“O'zbekiston fuqarolarining huquqlari” tasnifi xilma-xil. O'qituvchi har bir guruh
uchun alohida topshiriq tayyorlaydi.
I.
SHaxsiy huquqlar
I. Siyosiy huquqlar
II. Iqtisodiy huquqlar
IV. Ijtimoiy huquqlar
V. Fuqarolarning burchlari
Har bir guruh topshiriq oladi va 3 minut davomida muhokama qilishadi,
so'ngra har guruhlardan bittadan vakil o'qituvchi stoliga kelishadi va tayyor
“Menyu”ni olib qaytishadi. Bu uzun qirqilgan qog'ozlar - “Tillar” bo'lib, ularda
xilma-xil huquq normalari bayon qilingan bo'ladi. Guruh vakili tillardan tanlab
oladi va o'z guruhiga olib keladi, keyin boshqa o'quvchi shu ishni bajaradi va
zaruriy materiallar yig'ilguncha bu holat davom etadi. 10 minut davomida
topshiriq muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi. Bu jadval qo'lda
tayyorlanishi ham mumkin yoki javoblar og'zaki og'zaki ham bo'lishi mumkin.
Boshqa guruh vakillari savollar berishadi, o'qituvchi esa guruh ishlarini, sardor
faoliyatini baholab beradi.
“Qarorlar shajarasi” (“qaror qabul qilish”) strategiyasi
Strategiya muayyan fan asoslariga oid bir qadar murakkab mavzularni


25
o‘zlashtirish, ma'lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida
ular
yuzasidan
muayyan
xulosalarga
kelish,
muammo
yuzasidan
bildirilayotgan bir nechta xulosa orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini
topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir. U avvalgi vaziyatlarda qabul
qilingan qarorlarni yana bir bora tahlil qilish, uni mukammal tushunishga
xizmat qiladi.
Ta'limda strategiyani qo‘llash o‘rganilayotgan muammo yuzasidan oqilona
qaror qabul qilish (xulosaga kelish) uchun talabalar tomonidan bildirilayotgan
har bir variantni tahlil qilish, maqbul va nomaqbul jihatlarini aniqlash
imkoniyatini yaratadi. Unga ko‘ra mashg‘ulotlarda talabalar quyidagi chizma
asosida ishlaydi (u yoki bu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan
foydalanadi):
Strategiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, u bevosita ma'lum loyiha asosida
qo‘llaniladi. Loyiha quyidagi ko‘rinishga ega:
Umumiy muammo
1-qaror varianti
2-qaror varianti
3-qaror varianti
Afzalligi
Kamchiligi
Afzalligi
Kamchiligi
Afzalligi
Kamchiligi
Qaror:
Innovatsion metodlarni qo‘llashda talabalarning yosh, psixologik
xususiyatlari, dunyoqarash darajasi, hayotiy tajribalari inobatga olinsa, dars
samaradorligi yanada oshadi. Bu esa o‘qituvchilardan kasbiy mahorat, malaka,
bilimdonlik, sezgirlik va intuitsiyaga ega bo‘lishni taqozo etadi.


26
XULOSA
Mamlakatimizda davlat qurilishi, siyosat, iqtisodiyot, ma’naviyat
sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ana shu vazifani ro‘yobga
chiqarishga qaratilgan. Bu maqsadga erishishda xalqning huquqiy jihatdan
bilimli bo‘lishi, jamiyatning siyosiy faolligi, demokratik tamoyillarning kishilar
ongiga teran singib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.Qabul qilinayotgan
qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari odamlarga yetib borishi, xalqimiz
islohotlarning mohiyatini teran tushunib yetishi uchun avvalo aholiga chuqur
huquqiy bilim berishni yo‘lga qo‘yish, bu orqali huquqiy madaniyatning
yuksalishiga erishish, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ongni
shakllantirish talab etiladi. Bu jamiyatning to‘g‘ri, demokratik yo‘ldan
rivojlanishi uchun zarurdir.Huquqiy ong shakllanishida va huquqiy
madaniyatni yuksaltirishda juda ko‘p omillar huquqiy bilimga tayanar ekan,
bugungi kunda huquqiy ta’limni bir tizimga solish, uning ilmiy, nazariy va
amaliy asoslarini o‘rganish va huquqiy ta’limning zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida O‘quvchilarning huquqiy ongiga ta’sirini isbotlash
asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarning huquqiy ongiga ta’sirini
isbotlash asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Huquqiy ta’lim asosida o‘z
huquqlari, erkinliklarini va burchlarini yaxshi bilgan kishilargina jamiyat
ijtimoiy hayotining hamma sohalarida ongli ravishda mehnat qiladilar va
ularning yaratuvchanlik faoliyati yuqori bo‘ladi.Huquqiy ta’lim-tarbiya
demokratik
huquqiy
davlatning
poydevori
ekanligi
bilan
hamda
O‘quvchilarning huquqiy ta’limining ilmiy-amaliy muammolari bilan
belgilanadi.
Huquqiy
ta’lim
yurtboshimiz
ta’kidlaganidek,
huquqiy
madaniyatni yuksaltirishga va huquqiy ongni shakllantirishga xizmat
qiladi.Huquqiy ta’lim asosida o‘quvchilar huquqiy ongini rivojlantirish hamda
inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, burchlarini amaliy ta’minlash
ehtiyojlari
bilan
bog‘liq.
Demokratlashayotgan,
erkinlashayotgan
ijtimoiy-milliy ong sharoitida aholining ayniqsa yoshlarning mustaqil
yangicha huquqiy tafakkurini shakllantirish va yuksaltirish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi.
Majlisning «Jamiyatda huquqiy madaniyatni
yuksaltirish Milliy dasturi» shular jumlasidandir. Ushbu dasturning
maqsadidan kelib chiqib, yoshlarning huquqiy ongiga, ruhiga mustaqil va
erkin tafakkurni singdirish, ularning huquqiy dunyoqarashini keskin
o‘zgartirish muhim bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda huquqiy ta’limdagi
o‘qitish texnologiyasi birinchi navbatda insonparvarlik tamoyillariga
asoslanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada ushbu yo‘nalishning o‘ziga
xos jihati umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining, ya’ni huquq
sohasidagi
bo‘lajak
mutaxassisning
individualligiga,
uning
O‘quvchilarningiga alohida e’tibor berish, uning yosh xususiyatlarini hisobga
olib, mustaqil o‘rganish faoliyatiga aniq yo‘naltirishdir. Huquq fanlarini
o‘qitish jarayonida ko‘pgina usullar, texnik vositalar qo‘llaniladiO‘zaro faol
(interfsol) usullar jamiyat va davlat faoliyatining o‘zaro faol turlarini o‘quv


27
maqsadlarida ko‘rsatib berish (imitatsiya)dir.
Ushbu usul asosida demokratik tizimlarga xos sharoitlarda muayyan
vaziyatlarni o‘ylab topish, ularni modellashtirish, ularning yechimi
yuzasidan tegishli qarorlar ishlab chiqish va hal qilish yotadi. O‘quv
mashg‘uloti jarayonida o‘quvchilar ishlashning jamoaviy shakli
ishtirokchilariga aylanadilar va jamiyat, davlat tuzilmalari oldida turgan
ijtimoiy ahamiyatli tipik muhim vazifalarni hal qiladilar. Interfsol usullar
uchun tashqi shartlarga rioya etish yoki imitatsiya shakllariga rioya etish,
masalan, sud majlisi, qonunchilik loyihalari munozaralarini tinglash,
shuningdek, ichki mantiqni qo‘llash, murakkab vaziyat yechimlarini topish,
qaror qabul qilish mexanizmiga, mantig‘iga izchil rioya etish xosdir.
Ko‘rgazmali qurollar sifatida so‘zga chiqish mavzusi bilan bog‘liq har
qanday vositalar - sxema, chizma, jadval, diagramma, fotorasm,
videotasmalar bo‘lishi mumkin. Bu yerda «Yuz marta eshitgandan ko‘ra bir
marta ko‘rgan yaxshi» prinsipi amal qiladi. Ko‘pincha tinglovchilar ko‘z
o‘ngida so‘zga chiqish rejasi, tezislar, hujjatlar, slaydlar turishi foydali
bo‘ladi. Bular esa o‘ziga xos tarzda ma’ruzachi uchun qulaylik tug‘diradi,
ma’ruza matniga bog‘lanib qolishni istisno qiladi va tinglovchilar bilan
muloqotni kuchaytiradi.
O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi
islohotlarning samarasi sifatida shakllangan uzluksiz ta'lim tizimi muhim
o'rin tutadi. Mazkur o'quv yurtlari faoliyatining bosh g'oyasi - ma'naviy
axloqiy jihatdan etuk, zamonaviy bilim asoslaridan xabardor, shuningdek,
muayyan kasb- hunarni puxta o'zlashtirgan, kasbiy faoliyati yo'nalishini aniq
belgilab olgan kichik malakali mutaxassislarni tayorlashdan iboratdir. Ta'lim
muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish - barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tayyorlash jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Mazkur
tadqiqot o'quv muassasalarida amalga oshirilayotgan huquqiy tarbiya
samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan dastlabki ilmiy izlanishlardan biridir.
Ta'lim muassasalari da huquqiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan
tegishli
muassasalar,
xususan,
O'zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi,
Respublika o'quv-uslubiy Markazi, yangi turdagi o'quv muassasalari uchun
pedagog kadrlarni tayyorlab beradigan hamda o'quv manbalari bilan
ta'minlashga mas'ul bo'lgan etakchi pedagogika oliy o'quv yurtlari, o'rta


28
maxsus o'quv yurtlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Markaz va boshqa
tashkilotlar tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligiga
qaramay, bu sohada o'z echimini kutayotgan ayrim muammolar ham mavjud.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan omillar qatorida o'quv yurtlari huquq fani
o'qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish ham
alohida o'rin tutadi. Zero, huquqiy ta'limni texnologik yondashuv asosida olib
borish bu o'quvchilarning huquqiy bilimlarni puxta o'zlashtirishlari, bu
sohada muayyan ko'nikma va malakalar hosil qilishlari o'z vaqtlari va
kuchlarini tejashlariga imkon beradi. Shuning uchun ham o'quv yurtlari
huquq fani o'qituvchilari orasida yangi pedagogik texnologiyalarga oid
bilimlarni targ'ib etishga yo'naltirilgan maxsus metodikaning ishlab chiqilishi
maqsadga muvofiqdir.
Ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan huquqiy tarbiya
samaradorligini oshirish bo'yicha quyidagi
tavsiyalar
ni ilgari suramiz:
1. Ta'lim muassasalarining mutaxassislik xususiyatlarini inobatga
olgan holda huquqiy ta'lim samaradorligini oshirishga oid ilmiy-metodik
tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Huquqiy tarbiyani tashkil etish sohasidagi ilg'or tajribalarni barcha
talim tizimida ommalashtirish, bu sohada Respublika, viloyat, shahar, tuman
hamda mintaqalar miqyosida ko'chma seminar va treninglarni o'tkazish.
3. Respublikadagi ilmiy jurnallarda huquqiy tarbiya samaradorligini
oshirishga yo'naltirilgan ilmiy-metodik yondashuvlar, tavsiyalar, didaktik
materiallarni muntazam chop ettirishga erishish.
4. Huquqiy tarbiyani shakllantirishda, uni takomillashtirishda oila,
mahalla va ommaviy-axborot vositalari o'zlarining tarbiyaviy sohasidagi
vazifalariga mas'uliyat bilan qarashlari kerak.
5. Huquqiy ta'lim va huquqga oid tushunchalar berish va turli
huquqbuzarliklar aks etgan lavhalar va jinoyatga albatta jazo muqarrar
ekanligini yoshlarga tushintirish va umuman olganda huquqni yoshlarimizga
yaxshi o'rgatish maqsadida "HUQUQ TV" telekanilini tashkil etish kerak.


29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. -T.: “Ma'naviyat”,
2008
2.
O'zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi , T, O'zbekiston, 2018
3.
Jamiyatda
huquqiy
madaniyatni
yuksaltirish
milliy
dasturi,
«O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1997y.
4.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konstepstiyasi.:
Ma'rifat g. 1993. 3 mart.
5.
Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyat darajasini
yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish,
jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash haqida (O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni.: Xalq so'zi g. 1997. 27 iyun.
6.
Huquqiy umumiy ta'lim-davr taqozosi.-T.: O'zbekiston. 1991.-56 b.
7.
Tojixonov U, Saidov A,«Huquqiy madaniyat nazariyasi», 1-qism,T,1990
8.
Tojixonov U, Saidov A,«Huquqiy madaniyat nazariyasi», 2-qism,T,1998
9.
Karimova O. Davlatova M. «Huquqni o'qitish metodikasi» O'quv
qo'llanma, Toshkent. 2006 y.
10.
Kudaybergenova T.K. «O'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqiy talim
samaradorligini oshirish yo'llari».-Metodik qo'llanma, T-2011.
1 1 .Kudaybergenova T. K. “Huquqshunoslik fanlarini
o‘qitishda
innovatsion metodlardan foydalanish”. O‘quv metodik qo'llanma.- Nukus
“Golden-Print-Nukus” MCHJ bosmaxonasi.- 2017, 114 bet.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin