Fan o‘qitilishining natijalari (shakillanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirishda talaba:
«Avtomatlashtirishning mikroprotsessorli vositalari» O‘quv fanini o‘rganishi natijasida talaba quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ladi:
mikroprotsessorlar (MP), mikrokontrollerlar va mikroprotsessor komplektlari (MPK) buyicha asosiy tushuncha, atama va ta’riflarini;
mikroprotsessorlar, mikrokontrollerlar va mikroprotsessorli qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini;
mikroprotsessorli vositalarning asosiy tashkil etuvchilarini belgilash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirishda mikroprotsessorlar va mikroprotsessorli majmualarni ishlatish;
mikroprotsessorlar va mikroprotsessorli majmualarning asosiy xossalari va ularning tavsiflari asosida ularning optimal turlarini tanlash;
avtomatlashtirish va boshqarishning mikroprotsessorli vositalarining tuzilishi, ishlash tamoyillari va ularni dasturlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.