2. FANNI O‘QITISH NATIJALARI VA SHAKLLANADIGAN KASBIY KOMPETENSIYALAR Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
matn, rasm va ranglardan foydalanib, logotiplar yarata olish usullari va muammolar bo‘yicha yеchimlar qabul qilish ko‘nikmalariga;
matnli, tasvirlar, rang va rang modellarining asosiy tushunchalari va qayta ishlashda kerakli grafik muharrirlarining xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalanish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi lozim.
3. O‘QUV FANI O‘QITILISHI BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR Logotip dizayni fanini o‘qitish maʼruza, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ko‘rinishda bilim olish bilan birga o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullarni, yangi axborot texnologiyalarni tatbiq qilish taʼlim sifatini oshiradi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, maʼruza matnlari, standartlar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning aqliy xujum, muammoli vaziyat, taqdimot va boshqa usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
4. TALABALAR KREDITLARNI OLISH TARTIBI Joriy nazorat: amaliy topshiriqlar savol-javob asosida yozma shaklda oʻtkaziladi.
Oraliq nazorat: oʻtilgan mavzular boʻyicha testshaklda oʻtkaziladi.
Yakuniy nazorat: fan boʻyicha semestr davomida oʻtilgan mavzular boʻyicha variant asosida test shakllida oʻtkaziladi.