O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə10/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Matematik ta'minot AATEXni loyihalashtirish ishini avtomat- lashtirish jarayonida va funksional masalalarni yechishda ishlatiladigan, axborotlarni qayta ishlash algoritmi va modellari, matematik usullar to'plamidan iborat. Matematik ta'minot boshqaruv jarayonini model- lashtirish vositalari, boshqaruvning namunaviy masalalarini yechish vosita va usullari, tekshirilayotgan boshqaruv jarayonlarini optimal- lashtirish usullari va qarorlar qabul qilish (ko'p kriteriyali opti- mallashtirish, matematik dasturlashtirish, matematik statistika, ommaviy xizmat qilish nazariyasi) va shu kabi omillardan tashkil topgan. AATEXning bu turdagi ta'minotining texnik hujjatlari masalani ifodalash, algoritmlashtirish bo'yicha topshiriqlar, masalaning iqtisodiy- matematik modeli va yechimining nazorat misoli va matnidan iborat bo'ladi. Obyektni boshqarishni tashkil qiluvchi mutaxassislar, boshqaruv masalasini qo'yuvchilar, hisoblash usullari bo'yicha mutaxassislar, AATEXni loyihalovchilar ularni bajaruvchilar hisoblanadi.
Tashkiliy ta'minot avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyati sharoitida AATEX xodimning ish tartibini belgilovchi hujjatlar majmuasini tashkil qiladi. Boshqaruv masalalarini yechish jarayonida bu turdagi ta'minot boshqaruv xizmati xodimlarining va AATEXni texnik vositalar bilan o'zaro harakatlarini belgilaydi. Tashkiliy ta'minot turli uslubiy va rahbariyat materiallarida AATEX va AATni ishlab chiqish, qo'llash va ishlatish bosqichlarida joriy etiladi. Xususan, avvalgi tekshirish o'tkazishda, texnik masalani loyihalashtirish va texnik-iqtisodiy asoslashni shakllantirishda hamda loyiha yechimini ishlab chiqish jarayonida, avtomatlashtiriladigan masalani, namunaviy loyihaviy yechimlar va amaliy dasturlar to'plamini tanlashda, tizimni qo'llash va ishlatishda amalga oshiriladi.
Huquqiy ta'minot AATEX va AATni ishlab chiqish, qo'llash va ishlatish bosqichlarida huquqiy munosabatlarni belgilaydigan huquqiy me'yorlar majmuasini tashkil qiladi. Huquqiy ta'minot AATEX va AATni ishlab chiqish bosqichida buyurtmachi hamda ishlab chiquvchi o'rtasidagi shartnomaviy munosabatlar bilan bog'liq me'yoriy dalolatnomalarni, bu jarayondagi turli chekinishlarni huquqiy yo'lga solishni o'z ichiga oladi. Mazkur ta'minot AATEX va AATni faoliyati davrida ularning ma'lum bir sohalardagi davlat boshqaruvi maqomini belgilaydi, AATEX va AAT bo'g'inlarining mosligi haqidagi huquqiy holat va ularning faoliyatini tashkil qilish, xodimning huquqlari, vazifa va majburiyatlari, AATda axborotlarni yaratish va undan foydalanish tartibi, ularni qayd qilish, to'plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash jarayoni, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalarni olish hamda ishlatish tartibi, matematik va dasturiy ta'minotni yaratish va ishlatish tartiblarini o'z ichiga oladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin