- hayot faoliyati va texnika xavfsizligi bo'yicha zaruriy ko'rsatmalar beradi, zarur bo'lgan hollarda talabalarga mehnatning xavfsiz
usullarini o'rgatadi va bu haqda tegishli hujjatlami rasmiylashtiradi;
- malaka amaliyoti dasturiga muvofiq talabalarga joriy qilinadigan shart-sharoitlar (shaxsiy himoya vositalari, maxsus ovqat va
boshqalar)ni yaratadi;
- talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi;
- malaka amaliyoti dasturiga muvofiq talabalar malaka amaliyoti o'tkazishining samaradorligini ta'minlovchi ish joylari sharoitini
ta'minlaydi;
- amaliyotchiga malaka amaliyoti davri davomida moliyaviy imkoniyat doirasida ish haqi to'lanadigan lavozimga ishga qabul qilish
masalasini hal qiladi;
- tashkilotning ichki mehnat intizomini buzgan talaba haqida oliy ta'lim muassasasi rektoriga xabar qiladi;
- talaba malaka amaliyotini o'tash davrida amaliyot o'tash joyida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar bo'yicha javobgarlik masalalarini
qonunchilik hujjatlari asosida ko'rib chiqadi;
- shartnoma asosida talabalar yashashi uchun qulay sharoitli vaqtinchalik turar joylar bilan ta'minlashi mumkin. Qabul qiluvchi tashkilot
rahbari talaba ta'lim olayotgan yo'nalishi (mutaxassisligi) bo'yicha bo'sh ish joylari mavjud bo'lgan taqdirda, uni vaqtinchalik ish haqi
to'lanadigan lavozimga tayinlashi hamda talaba o'qishni bitirgandan so'ng to'liq ish bilan ta'minlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: