O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter



Yüklə 279,21 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü279,21 Kb.
#186461
  1   2   3   4   5   6
Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti-hozir.org


Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot texnologiyalari va kompyuter
injineringgi fakulteti Matematika va informatika
yo‘nalishi talabasi Qobiljonov G'ayratbekning
Algebra va sonlar nazariyasi fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Determinant va uni hisoblash usullari

Ish rahbari: ______________________________________

Andijon-2022-yil







SO‘Z BOSHI
Ko‘pgina oliy ta’lim muassalarida Matematika turli hajmda
(tayyorlanadigan mutaxassislikka qarab, ma’lum dastur asosida) o‘qitiladi. Matematikani o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad:
  1. talabalarni matematik ma’lumotlar majmuasi bilan tanishtirish, uning turli uslublarini o‘rganish, ular orasidagi bog‘lanishlarni bildirish;


  2. talabalarni mantiqiy fikrlashga, matematik usullarni amaliy masalalarni yechishga qo‘llashga jumladan qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va yengil sanoat, iqtisodiy va mexanik masalalarning matematik modellarini qurishga o‘rgatishdan iborat.


Ravshanki, o‘quv jarayonida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek darslik shaklida yozilgan kitoblarning ahamiyati katta.


Matematika sohasida turli hajmda, turli sohalarga mo‘ljallab yozilgan kitoblar bor. Ayni paytda, jamiyatda barcha sohalarning shiddat bilan rivojlanayotganligi ularga mos keladigan kitoblarning yozilishini taqozo etmoqda.
Shuni e’tiborga olib, mualliflar matematika sohasi bo‘yicha bilimlariga, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida matematikadan o‘tkazilgan darslardan hosil bo‘lgan tajribaga
tayangan holda ushbu kiurs ishini yozishdi.

Kitobda mavzularning muayyan ketma-ketlikda va o‘zaro uzviy bog‘lanishda bo‘lishiga, ma’lumotlarni qisqa va ravon bayon etilishiga, amaliy masalalarni yechishda matematik usullardan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.


Ma’lumki, hozirgi kunda talabalarga zamonaviy fanlardan bilim berish bilan bir qatorda, fundamental fanlarni yangi pedagogik metod va texnologiyalar asosida o‘qitishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘quv reja va fan dasturlariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi. O‘qitiladigan fanlarning dolzarbligi va sifatiga, hamda talabalarning mustaqil ta’lim olishlariga alohida urg‘u berilmoqda.
O‘quv qo‘llanma yangi dasturga mos ravishda tayyorlangan bo‘lib, qo‘llanmada chizigli tenglamalar sistemalari va ularnunig yechish usullari, n-tartibli determinantlar, kompleks sonlar, matritsalar va ular ustida amallar, ko‘phadlar va ularning ildizlari, chiziqli fazo, chiziqli va bishiziqli akslantirishlar, chiziqli almashtirishlar va ularning matritsalari normal shakli, bo‘linish nazariyasi, taqqoslamalar nazariyasi, multiplikativ funksiyalar kabi mavzular bayon qilingan.
Oliy matematika” fanini, o‘rganishda ushbularga erishishni maqsad qilib olinadi:
1) matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati anglash;

2) o‘quvchining matematik apparatning qo‘llanilishi ga qiziqishi;


3) amaldagi dastur asosida matematik apparatni o‘rgatish;
4) ayrim masalalarning matematik modellarini tuza bilish va uni tahlil qilish;

5) matematik fikrlash va xulosa chiqarish;


6) matematik bilimlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirib, bu bilimlarni o‘z faoliyatida qo‘llash.

Shuni ta’kidlaymizki, ,,Oliy matematika’’ fani oliy ta’limda asosiy tayanch fan ekanligi, uning usullari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, informatika, chiziqli va nochiziqli dasturlash, makro va mikroiqtisod, ekonometriya, iqtisodiy tahlil, moliyaning miqdoriy metodlari, logistika va boshqa fanlarning asosiy bilimlarini egallashda muhim qurol sifatida ishlatilishi e’tiborga olinadi.


Biz ushbu kurs ishida ,,Oliy matematika’’ fanining “Determinantlar va ularning xossalari” amaliy mashg’ulot darsida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, o‘qitish- o‘rgatish haqida fikr yuritamiz.

Mavzu: Determinant va uni hisoblash usullari


Reja:
1. Ikkinchi va uchinchi tartibli determinantlar.
2. Determinantning xossalari.
3. Chiziqli tenglamalar sistemasi. Kramer formulalari.

Yüklə 279,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin