Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin.
Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi- maktab).Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash.Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari haqida qisqacha statistik ma’lumot