O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TALLIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika-matematika fakulteti
Infarmatika o`qitish metodikasi yo’nalishi
Tabiat falsafasi
mavzusidagi
REFERAT
Bajardi: 2 IO`M1 guruhi talabasi Madaminova Muattar
Qabul qildi: Samatov Dilshodbek
Mavzu:
Tabiat falsafasi
Reja:
1. Tabiat tushunchasi, uning falsafiy
mohiyati va mazmuni.
2. Tabiat va jamiyat, tabiiy va sun’iy
muhit, ularning o’zaro aloqasi.
3. Ekologik muammolarning vujudga
kelish sabablari va ularni hal qilish
muammolari.
Tabiat va jamiyat haqidagi konkret fanlar borliqning
o’z
predmetlariga
mos
keluvchi
muayyan
hususiyatlarinigina o’rganadi. Borliqning umumiy
xossalari haqida esa, falsafa fani tadqiqot olib boradi.
Tabiat obyektlarining tuzilishi haqida. Bizning tevarak-
atrofimizni xilma-xil ko’rinishdagi, shakldagi turli-tuman
moddiy obyektlar o’rab olgan. Ular turli xil xossalarga
va xususiyatlarga egadir. Bir paytlar hamma jismlar
materiyaning bo’linmas shakli atomlardan tashkil
topgandir, degan tasavvur hukmron edi. Atomlarning
murakkab
tuzilganligi
haqidagi
farazlar
bizning
asrimizga kelib uzil-kesil tasdiqlandi.
Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga ko’ra,
atrofimizdagi har qanday jism molekulalardan tashkil
topgan, molekulalar esa atomlardan tuzilgan. Atomlar
murakkab tuzilgan yadro va elektron qobiqlardan iborat.
Atomning elektron qavatlari bir-biridan va atom
yadrosidan muayyan uzoqlikda joylashgan bo’ladi. Eng
sodda atom hisoblanuvchi vodorod atomining yadrosi
bitta protondan, murakkabroq atomlarning yadrosi esa,
proton va neytronlardan tashkil topadi, proton va
neytronlar kvarklar va ularni tutashtirib turuvchi
klyuonlar (klyuon-yopishtiruvchi degan ma’noni beradi)
dan tashkil topgandir.
Proton va neytron nuklonlar (lot. nucleus — yadro,
o’zak) hisoblanadi, nuklonlar va xiperon (yun. hiper-
ustida, yuqoridan tashqari) lar, barionlar (yun. barys-
ogir) deyiladi. Bular og’ir zarrachalar sifatida kuchli
o’zaro ta’sirlar maydonida bo’lib, adronlar (yun. adros-
kuchli) gruppasiga mansub.
Organik va anorganik moddalar molekula tuzilishi
bilan bir-biridan farq qiladi. Jonli organizmlar organik
moddalardan
tashkil
topgan
bo’ladi.
Jonli
organizmlarning tarkibi asosida hujayralar va hujayra
sistemalari yotadi. Yer shari atrofini qurshab turuvchi
biosferani bir butun jonli sistema deb olish mumkin.
Mikroorganizmlar, o’simlik dunyosi, hayvonot dunyosi
va insonning o’zaro aloqadorliklari bu biosferaning
mavjudligini ta’minlab turadi.
Yer shari va o’z atrofida harakatlanuvchi Oy bilan
birga yilda bir marta Quyosh atrofini aylanib chiqadi. Bu
sistema ham biosferaga o’z ta’sirini o’tkazadi. Yer yuzida
mintaqalarning farq qilishi, fasllarning almashinuvi ana
shu sistema harakati bilan bog’langandir. Quyosh va
uning atrofida harakatlanuvchi sayyoralar, ularning
yo’ldoshlari, asteroidlar, meteoritlar, kometalar va kichik
planetalar birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi.
Quyoshdan eng uzoqda joylashgan planeta Pluton uning
atrofini 247 yarim yilda bir marta to’liq aylanib chiqadi,
ya’ni Yer yili — 365,25 kunga teng bo’lsa, — Pluton yili
247ta Yer yiliga tengdir.
Quyosh sistemasi millionlab yulduzlarni o’z ichiga
oluvchi galaktika (Somon yo’li) tarkibiga kiradi. Uning
diametri 94,6 mln. Yorug’lik yiliga teng. Undan keyingi
sistema galaktikalar to’pi bo’lib, uning diametri 1
megaparsekka teng, u 30 tagacha galaktikani o’z ichiga
oladi (1 parsek (3,26 yo. y). Keyingi sistema –
galaktikalarning mahalliy to’pi, unga 2 ta gipergalektika
va 27 ta mitti galaktikalar kiradi. Majmuada 500 tagacha
galaktika bo’ladi, uning diametri -5 megaparsek.
Galaktikalar majmuasi galaktikalarning o’ta majmuasiga
birlashadi, uning diametri 40 megaparsek bo’lib, o’zida
10 mingdan ziyod galaktikani birlashtiradi. O’ta yirik
majmualar koinotning boshqa strukturaviy birliklariga
kiradi. Koinotning radiusi esa 15 — 20 mlrd. yo.y.
tengdir.
Bu sistemalarni falsafiy jihatdan umumlashtirib,
borliqning moddiy ko’rinishlarini turli xil struktura
darajalariga ajratish mumkin.
Sifatiy jihatdan materiya ikki xil shaklda, ko’rinishda
uchraydi: moddasimon va nomodda ko’rinishida.
Materiyaning
moddasimon
ko’rinishdagi shakllari
ikkiga, modda va antimoddaga ajraladi. Bular bir-biri
bilan chambarchas bog’langan bo’lib, ular to’qnashganda
keskin sifatiy o’zgarish ro’y beradi, ya’ni moddaning
moddaviy ko’rinishi nomoddaviy ko’rinishga aylanadi.
Materiyaning nomoddaviy ko’rinishi ham ikki xil
shaklda uchraydi: maydon va nurlanish. Muayyan
maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda (fizik vakuum
fizik
jismlardan
holi
bo’lgan
joy)
moddiy
zarrachalarning hosil bo’lishiga imkon beradi. Xullas,
bular ham bir-biri bilan chambarchas bog’langandir.
Materiyaning biz yuqorida qayd etgan ko’rinishlaridan
boshqacha ko’rinishdagi turlari ham bo’lishi mumkin.
Ularning tabiati hali fanga ma’lum emas. Agar biz
borliqning moddiy ko’rinishlarini tuzilishi jihatidan
turkumlashtirsak, borliqning struktura darjalari haqidagi
xulosa hosil bo’ladi.
Tabiat borlikining struktura darajalari. Biz tevarak
atrofimizga nazar tashlasak, umuman borliqqa emas,
balki, muayyan jismlarga, narsa va hodisalarga ko’zimiz
tushadi. Siz bilan biz inson sifatida Yer sharida istiqomat
qilamiz, o’zimizga mos keluvchi o’lchovlar bilan ish
yuritamiz. Biz odatlangan o’lchovdagi kattaliklarni
makroskopik kattaliklar, deb hisoblaymiz va bu
makrodunyoni tashkil qiladi.
Shu nuqtai nazardan borliqning struktura darajalarini
miqyosiy-struktura va tashkiliy-struktura darajalariga
ajratamiz. Borliqdagi obyektlar miqyosi bilan farq
qiluvchi uchta miqyosiy struktura darajalariga ajraladi.
Ular:
mikrodunyo,
makrodunyo
va
megadunyo.
Mikrodunyo atom miqyosidan kichik bo’lgan dunyodir.
Bu dunyoga atom strukturasi va elementar zarrachalar,
atom yadrosi, kvarklar, kernlar kiradi. Bu dunyoning
yaxlitligini va turg’inligini saqlab turuvchi ikkita
fundamental kuch mavjuddir, ular kuchli va kuchsiz
yadroviy o’zaro ta’sirlardir.
Kuchli o’zaro ta’sirlar atom yadrosining strukturaviy
yaxlitligini saqlab tursa, kuchsiz o’zaro ta’sirlar atom
strukturasining yaxlitligini ta’minlaydi. Molekulalar
tuzilishidan
tortib,
Yer
sharining
yaxlitligini
saqlashgacha xizmat qiluvchi kuch elektromagnit o’zaro
ta’sirlaridir.
Elektromagnit o’zaro ta’sirlari tufayli molekulali
birikmalar va Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar o’zining
strukturaviy birliklarini saqlaydi. Agar elektromagnit
o’zaro ta’sirlari bo’lmaganda edi — Quyosh nurlari
(ya’ni elektromagnit
nurlanishlari) Yerga yetib kelmagan bo’lar edi va Yerda
hayotiy jarayonlar shakllanmagan bo’lar edi.
Yer, uning tabiiy yo’ldoshi Oy va boshqa sayyoralar
Quyosh atrofida harakatlanadi. Bu sistemaning va
umuman butun koinotning strukturaviy yaxlitligi esa
kravitasion o’zaro ta’sirlari tufayli saqlanadi. Kravitasion
o’zaro ta’sirlari biriktirib turgan dunyo — megadunyo
deb ataladi.
Ular
bir-biri
bilan chambarchas bog’langandir,
shuningdek, ular bir-biriga almashinishi ham mumkin.
Hozir megadunyo hisoblangan koinotimiz bundan 15-20
mlrd. yil muqaddam o’ta kichik mikroskopik obyekt
bo’lgan, degan taxminlar bor. Shuningdek, biz
mikroobyekt deb hisoblayotgan elementar zarracha
neytron o’zining ichida milliardlab yulduz va
galaktikalariga ega bo’lgan butun boshli koinot bo’lishi
va aksincha, diametri bir necha milliard yorug’lik yiliga
teng bo’lgan ulkan Koinotimiz ham chetdan kuzatayotgan
kishiga o’ta kichik elementar zarracha hisoblanishi ham
mumkin. Borliqning strukturaviy tuzilishini uning sifatiy
rivojlanishi nuqtai nazaridan olib qarasak, moddiy olam
bu holda ham uchta darajaga ajraladi. Uning tashkiliy
struktura darajalarini: anorganik dunyo (notirik tabiat),
organik dunyo (tirik tabiat) va ijtimoiy dunyo (jamiyat) ga
ajratiladi. Ular bir-biridan xilma-xilligi, uyushganligi,
nisbiy mustaqilligi va faolligi bilan farq qiladi.
Anorganik dunyo yoki notirik tabiatda fizikaviy va
ximiyaviy aloqadorliklar hukmronlik qiladi, shu tufayli
notirik tabiatdagi qonuniyatlar shu tabiat fanlari
doirasida cheklangan bo’lib, tirik dunyoga nisbatan
passiv va tashkiliy uyushganligi past darajada bo’ladi.
Tirik tabiatda ya’ni organik dunyoda esa biologik
aloqadorliklar
ham
qatnashganligi
sababli
uning
uyushganlik darajasi yuqoriroq, faolroq va murakkabroq
tuzilgan bo’ladi.
Ijtimoiy dunyo darajasida esa, yuqorida aytilgan
aloqadorliklardan tashqari, jamiyatga xos bo’lgan
ijtimoiy aloqadorliklar ham ishtirok etadi. Bunday
dunyoning tuzilishi nihoyatda murakkab bo’lib, borliq bu
darajada
o’zining
o’ta
uyushganligini,
nisbiy
mustaqilligini va yuqori darajada faolligini namoyish
qiladi. Bu dunyoning strukturaviy elementi bo’lgan har
bir inson jamiyatga xos bo’lgan barcha aloqadorliklarni
o’zida aks ettiradi va ijtimoiy munosabatlarda,
aloqadorliklarda ongli ravishda, maqsadga binoan,
muayyan muljallarni oldindan belgilagan holda harakat
qiladi.
Bu borada oddiy bir misol keltiraylik. Masalan,
qo’lingizdagi
kitobni
ham
har
xil,
bir-biriga
o’xshamaydigan, ammo bir kasbdagi olim va
mutahassislar yozishgan. Agar siz, masalaga ijtimoiy
dunyoning tuzilishi nuqtai nazaridan baho bermoqchi
bo’lsangiz, unda mazkur kitobning qaysi qismi qanday
yozilgani, kimning qanday fikrlashi, mavzuni sodda va
xalqchil tushuntira olishi yoki murakkab tilda bayon
qilishiga e’tibor bering. Shunda masala biroz
oydinlashadi. Xuddi shunday holni sizga turli fanlardan
dars berayotgan o’qituvchilar misolida ham kuzatishingiz
mumkin. Keyin esa, o’zingiz va o’rtoqlaringizning
darslarga, kitoblarga, ularni o’zlashtirib, o’qib va o’qib
olishga, hayotga munosabatingizga vijdonan baho
beraolsangiz, bu boradagi murakkab jarayonlarni
muayyan darajada to’g’ri anglabolishingiz mumkin.
holbuki bu — bor-yo’g’i siz, o’qituvchilaringiz va
mazkur kitobni yozgan kishilar hayotining kichik bir
qismidagi jarayonlar, xolos. Hayot esa nihoyatda
murakkab, unda bir vaqtning o’zida, birvarakayiga
qanchadan-qancha voqea va hodisalar kechadi. Masalan,
siz xozir ana shu satrlarni o’qiyapsiz, jismingiz va
hayolingizda, atrofingizda, siz bilan birga yashayotgan,
siz biladigan va bilmaydigan odamlar jismi, ongi va
qalbida ne-ne o’zgarishlar, jarayonlar kechmoqda...
Demak, tabiat doimiy o’zgarishda va harakatda, bir
holatdan ikkinchi holatga o’tishda, rivojlanishda va
taraqqiyotda. Siz va bizning umrimiz esa, ana shu
cheksizlikning bir lahzasi, jismimiz va jonimiz ham
azaliy va abadiy o’zgarishlar jarayonidagi olamning
mujizasidir. Bu olamda aynan siz va bizning dunyoga
kelganimiz ham ana shunday mujizadir. Biz esa mana
shu yorug’ olamda o’tganlarning kelajakdagi avlodlar
bilan bog’lanishida bir xalqamiz, holos va aynan ana
shunday bo’lganligi uchun ham tabiat, jamiyat,
rivojlanish va taraqqiyot qarshisida doimiy qarzdormiz.
Bu qarzdorlik dunyoga bizgacha kelganlar va ketganlar,
keladiganlar va kelmaydiganlar, kela olganlar va kela
olmaganlar ruhi qarshisidagi chuqur mas’uliyat xissidir.
Inson tomonidan nom qo’yilgan dunyolar xech qachon
bir-biridan ajralib, alohida xolda mavjud bo’lmagan.Ular
ham bir-biri bilan uzviy aloqadorliklarda bo’ladi va
ularning biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Odatda, kamroq
aloqadorliklarga ega bo’lgan sistema unga nisbatan
ko’proq alokadorliklarga ega bo’lgan sistemaga
qaraganda
murakkabroq
va
tashkiliy
jihatdan
uyushganroq bo’ladi. Bu yerda ham ana shu qoida amal
qiladi.
Anorganik dunyoda in’ikosning eng sodda va quyi
shakli — mehanik in’ikos faoliyat ko’rsatsa, organik
dunyoda unga nisbatan murakkabroq ko’rinishdagi
biologik in’ikos namoyon bo’ladi. Bunday in’ikosning
o’ziga
xos
bo’lgan
tomoni
tanlovchanlik,
sesganuvchanlik va maqsadga muvofiq harakat qilishdir,
jamiyatda esa, in’ikosning eng oliy shakli sosial in’ikos
faoliyat ko’rsatadi. Bu in’ikos o’zida in’ikosning boshqa
shakllarini ham qamrab olgan bo’ladi. Ongli va yuqori
doirada uyushgan faol in’ikos, aloqadorlik, xatti-
harakatlar ijtimoiy dunyoga xosdir.
Borliq shakliy struktura darjalarining balki biz hali
bilmaydigan yanada murakkabroq turlari ham bordir,
lekin ular xali bizning tushunchalarimiz doirasiga
sig’maydi. Xullas, borliqning tashkiliy struktura
darajalari bir-biridan aloqadorliklarining soni va sifati
jihatidan, energiya va informasiya almashish xususiyati
bilan, faolligi va uyushganligi darajasi bilan farq qiladi.
Hayot nima? Borliqning eng murakkab shakllaridan
biri hayot va uning mohiyati haqida to’xtalaylik. Biz
hayot ekanimiz, olamni bilamiz. hayotning xilma-xil
turlari, shakllari borki, ular borliqning moddiy shaklini
harakatga keltirishda, boshqarishda asosiy o’rin tutadi.
Hayotning eng murakkab shakli inson hayotidir. Bu
inson ruhiyati, ongi, tafakkuri bilan chambarchas
bog’langan. Har bir odamga bir marotabagina hayot
kechirish imkoniyati berilgan. Insonning qadr-qimmati
shu hayotni qanday o’tkazganligi bilan o’lchanadi.
Odamning tabiati va hayoti u yashayotgan jamiyatdagi
ijtimoiy muhitka ham bog’liq. Farovon jamiyatda
insonlar
ham
farovon
hayot
kechirishadi.
Qashshoqjamiyatda esa qashshoqlik tomir otadi. Demak,
jamiyatimizni
qanchalik
farovon
qilsak,
unda
yashaydigan insonlarning, kelgusi avlodlarimizning
hayoti
ham
shunchalik
baxtli
va
farovon
bo’ladi.Hayotning vujudga kelishi va mohiyati haqida
xanuzgacha olimlar bir nuqtai nazarga kelishmagan. har
bir insonning hayoti takrorlanmas va o’ziga xosdir. Balki
stanokning bir detali urniga boshqa detalni qo’yish bilan
natija o’zgarmas yoki bir ishchining urniga boshqa
ishchini qo’yish bilan stanok to’xtab qolmas. Ammo bir
otaning o’rnini boshqa ota, bir do’stning o’rnini boshqa
do’st bo’la olarmikin? Shunday ekan, har bir odam
takrorlanmas va o’z o’rnida qadrli. Insonni, uning
hayotini qadrlash muhim ijtimoiy vazifadir.
Insonning yaxshi hayot kechirishi, bir tomondan, u
yashayotgan jamiyatga bog’liq bo’lsa, ikkinchi
tomondan, tabiiy muhitka bog’liq. Butun tarixiy
taraqqiyot davomida inson bilan tabiat o’rtasidagi
munosabat takomillashib borgan. Inson tabiiy muhitsiz,
suv, xavo, Quyosh va tuproqsiz yashay olmaydi. Bu
unsurlar uning tirikchiligini ta’minlaydi. Bunday qulay
sharoit inson uchun faqat Yer sharida mavjuddir.
Yerning hayot tarqalgan qismi biosfera deb ataladi.
Biosfera tirik organizmlarning hayot kechirish muhitidir.
Agar Yer shari Quyoshga yaqinroq joylashganida, yer
yuzasidagi harorat ko’tarilib ketgan bo’lar edi va
oqibatda yerdagi namlik, suv yo’qolar edi. Agar u
Quyoshdan uzoqda joylashganida, yer yuzasidagi harorat
pasayib, hamma joy mangu muzlik bilan qoplanar edi.
Xullas, har ikkala holatda ham yer yuzasida
hayotning paydo bo’lishiga imkoniyat yo’qolgan
bo’lardi. Yana boshqa holni olaylik: Quyosh sistemasi
Galaktika markaziga yanada yaqinroq joylashganda edi,
yer yuzasida kuchli kravitasiya ta’sirida narsalarning
vazni og’irlashib, insondek murakkab jonzodning, balki
umuman hayotning paydo bo’lishiga sharoit bo’lmagan
bo’lar edi. Aksincha, Quyosh sistemasi Galaktikamiz
markazidan hozirgiga nisbatan chetda joylashganda ham,
kravitasiya kuchining zaifligi ayrim ximiyaviy va
biologik jarayonlarning ro’y berishiga xalaqit bergan
bo’lar edi. Buning oqibatida yer yuzasida hayot paydo
bo’lmas edi. Demak, inson o’zi uchun eng qulay bo’lgan
joyda yashaydi va bunga shukur qilsa arziydi.
Insonning tabiiy muhitga ta’siri qadimgi davrlarda o’ta
kuchsiz bo’lgan. Davrlar o’tishi bilan inson qo’lida
qudratli kuch va quvvat manbalari to’plangach, uning
tabiatga ta’siri sezilarli darajada o’zgara boshladi. Inson
atrof-muhitni
ifloslantirib,
biosferadagi
tabiiy
muvozanatni izdan chiqara boshladi.
Bu masalaning yechilishi insonning aql-idrok kuchi
bilan bog’langandir. Inson aql-idrokining olamga ta’sir
ko’rsatish chegarasi noosfera deb ataladi. Inson o’zligini
anglamas ekan, uning sayyoramizga halokatli ta’siri
kuchaygandan kuchayib, oxir-oqibatda uning o’zini ham
halokatga olib borishi mumkin, degan ilmiy bashoratlar
bor. haqiqatan ham inson faoliyati aql-idrok bilan
oqilona boshqarilmas ekan, u yer yuzining halokatini
tezlashtirishi muqarrardir.
Hozirgi zamondagi ekologik muammolardan biri ham
inson faoliyati tomonidan atrof-muhit ifloslanishining
oldini olish va bu halokatni to’xtatib qolishdan iborat. Bu
olamni qay darajada yaxshi bilib olishimiz va uning
hayotiga nisbatanjamiyatda esa qashshoqlik tomir otadi.
Demak, jamiyatimizni qanchalik farovon qilsak, unda
yashaydigan insonlarning, kelgusi avlodlarimizning
hayoti ham shunchalik baxtli va farovon bo’ladi.
Hayotning vujudga kelishi va mohiyati haqida
xanuzgacha olimlar bir nuqtai nazarga kelishmagan. har
bir insonning hayoti takrorlanmas va o’ziga xosdir. Balki
stanokning bir detali urniga boshqa detalni qo’yish bilan
natija o’zgarmas yoki bir ishchining urniga boshqa
ishchini qo’yish bilan stanok to’xtab qolmas. Ammo bir
otaning o’rnini boshqa ota, bir do’stning o’rnini boshqa
do’st bo’la olarmikin? Shunday ekan, har bir odam
takrorlanmas va o’z o’rnida qadrli. Insonni, uning
hayotini qadrlash muhim ijtimoiy vazifadir.
Insonning yaxshi hayot kechirishi, bir tomondan, u
yashayotgan jamiyatga bog’liq bo’lsa, ikkinchi
tomondan, tabiiy muhitka bog’liq. Butun tarixiy
taraqqiyot davomida inson bilan tabiat o’rtasidagi
munosabat takomillashib borgan. Inson tabiiy muhitsiz,
suv, xavo, Quyosh va tuproqsiz yashay olmaydi. Bu
unsurlar uning tirikchiligini ta’minlaydi. Bunday qulay
sharoit inson uchun faqat Yer sharida mavjuddir.
Yerning hayot tarqalgan qismi biosfera deb ataladi.
Biosfera tirik organizmlarning hayot kechirish muhitidir.
Agar Yer shari Quyoshga yaqinroq joylashganida, yer
yuzasidagi harorat ko’tarilib ketgan bo’lar edi va
oqibatda yerdagi namlik, suv yo’qolar edi. Agar u
Quyoshdan uzoqda joylashganida, yer yuzasidagi harorat
pasayib, hamma joy mangu muzlik bilan qoplanar edi.
Xullas, har ikkala holatda ham yer yuzasida
hayotning paydo bo’lishiga imkoniyat yo’qolgan
bo’lardi. Yana boshqa holni olaylik: Quyosh sistemasi
Galaktika markaziga yanada yaqinroq joylashganda edi,
yer yuzasida kuchli kravitasiya ta’sirida narsalarning
vazni og’irlashib, insondek murakkab jonzodning, balki
umuman hayotning paydo bo’lishiga sharoit bo’lmagan
bo’lar edi. Aksincha, Quyosh sistemasi Galaktikamiz
markazidan hozirgiga nisbatan chetda joylashganda ham,
kravitasiya kuchining zaifligi ayrim ximiyaviy va
biologik jarayonlarning ro’y berishiga xalaqit bergan
bo’lar edi. Buning oqibatida yer yuzasida hayot paydo
bo’lmas edi. Demak, inson o’zi uchun eng qulay bo’lgan
joyda yashaydi va bunga shukur qilsa arziydi.
Hozirgi zamondagi ekologik muammolardan biri ham
inson faoliyati tomonidan atrof-muhit ifloslanishining
oldini olish va bu halokatni to’xtatib qolishdan iborat. Bu
olamni qay darajada yaxshi bilib olishimiz va uning
hayotiga nisbatan
Xulosa
Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notiqlik, tirik
tabiatning yashash usulidir. Borliq yo’qdan bor bo’lmatdi
bordan yo’q bo’lmaydi. Dunyodagi barcha narsalar biri
ikkinchisining mavjudligini taqazo qiladi. Hozirgi
zamondagi ekologik muammolardan biri ham inson
faoliyati tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini
olish va bu halokatni to’xtatib qolishdan iborat. Bu
olamni qay darajada yaxshi bilib olishimiz va uning
hayotiga nisbatan
ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. 1-kitob.
Toshkent - 2004.
2. G. Skirbekk, N.Gilye Falsafa tarixi. Toshkent -
2002.
3. Google qidiruv tizimi.
Dostları ilə paylaş: |