I BOB. ATOM YADROLARINING RADIОАKTIVLIGI: TARIX, NATIJALAR, ERISHILGAN YANGI YUTUQLAR 1.1. Atom yadrolarining radiоаktiv nurlanish turlari 1996-yilda fizik olimlar atom yadrosi radiaktivligi ochilishining 100 yilligini nishonladi. Bu oshilish yangi fizikaning tuzilishiga olib keldi. Bu yangilikdan so`ng atom va yadroga boshqacha nazar bilan qarala boshlandi va elektr zarrachalarining garmonik kvant olamiga kirib borildi. Radiоаktivlik to`satdan ochildi.
1896-yilning boshida B.K.Rentgen tomonidan X nur ochilgandan so`ng fransiyalik fizik Anri Bekkerel rentgen nurlarining fluoressent tabiatini o`rganayotib, uran-kaliy tuzi o`z-o`zidan tashqi ta`sirlarsiz qattiq nurlanish chiqarayotganini qayd etdi.
Uran nurlanishning singuvchanlik qobiliyatini analiz qilib, E.Rezerford uning ikkita tashkil etuvchisini topdi: α-nurlanish deb atalgan va singuvchanligi nisbatan ko`proq bo`lgan β -nurlanish. Uran radiaksiyasining uchinchi nurlanishi hammasidan ko`proq singuvchanlik qobiliyatiga ega bo`lib, u 1900-yilda ochilgan. Bu nurlanishni Pol Villaru topdi va γ-nurlanish deb atadi. Rezerford va uning xodimlari ko`rsatdiki, radioaktivlik atom yemirilishlari bilan bog`liq. Ancha keyin ma`lum bo`ldiki, radioaktivlik atom yadrolarining yemirilishi bilan bog`liq jarayon ekan.
Yadrolarning β-yemirilish tabiati juda qiziq. Bu hodisaning nazariyasi 1933-yilda Enrika Fermi tomonidan yaratildi. U Volfgang Paulining β-yemirilish paytida “υ” neytrino deb ataluvchi va tinchlikdagi massasi nolga yaqin bo`lgan neytral zarracha tuziladi degan gipotezani qo`lladi. Fermi ko`rsatdiki, β -yemirilish tabiatdagi zarrachalarning o`zaro ta`siri – “kuchsiz” o`zaro ta`sir bilan bog`langan va quyidagi jarayonlar bilan tavsiflanadi:
- Ona yadroda neytronning protonga aylanishi va elektron(e) va antineytrino (υ) chiqishi (β - yemirilish).
- Protonning neytronga aylanishida pozitron (e ) va neytrino υ chiqishi (β – yemirilish).
- Protonning atomdagi elektronni qamrab olishi va neytrino chiqishi (elektron –qamrab olish).
1984-yilda Angliya va Rossiya olimlari guruhi bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda ba`zi og`ir yadrolarning klaster radioaktivligini ochishdi. Bu radioaktivlikda yadrolar o`z-o`zidan klasterlarni atom og`irliklari 14 dan 34 gacha bo`lgan atom yadrolarini chiqaradi. 1.1.1-jadvalda turli ko`rinishdagi radioaktivlikning ochilish tarixi keltirilgan.
Radiоaktiv yemirilishlarning barcha turlari ochilganmi?
Buni vaqt ko`rsatadi. Ammo hozirgi kunda asosiy holatdan neytron (neytron radiоaktivlik) yoki ikkita proton (ikki protonli radiоaktivlik) chiqaruvchi yadrolari topish ustida ish olib borilmoqda.