KO‘RSATISh OLMOShLARI. Predmet va uning belgilarini ko‘rsatish uchun qo‘llanuvchi so‘zlar ko‘rsatish olmolari deyiladi: bu, shu, o‘sha, u.
Ko‘rsatish olmoshlari bu, shu, o‘sha, u kishilik olmoshlariga karaganda yanada mavhumligi bilan ajralib turadi. Kishilik olmoshlari shaxs oti urnida ham qo‘llanaveradi. Ko‘rsatish olmoshlari sintaktik jihatdan sifatlarning ekvivalenti bo‘ladi, ya'ni gapda aniqlovchi vazifasida keladi: u vodiyda cho‘rilar qullar kerak bo‘ldi (A. Q.).
O‘z xususiyatiga ko‘ra ko‘rsatish olmoshlarini uch guruhga ajratish mumkin:
1. Ot o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar. Shaxs va predmetlarni ko‘rsatish orqali nomlaydi: bu, shu, kabi.
Sifat xarakteridagi ko‘rsatish olmoshlari predmetning belgisini ifodalaydi: biz o‘sha do‘konga boramiz (O.).
Takror xolda qo‘llanib haraktning belgisini bildiradi: shu-shu, o‘sha-o‘sha. Shu-shu boshqa arz qilganini bilmayman (A. Q.)
Ko‘rsatish olmoshlari kelishiliklar bilan turlanadi: jo‘nalish, o‘rin, chiqish, kelishiga affikslarni qabul qilganda bir «n» tovushi orttiriladi: Bunda, bundan, shunga.
Ko‘rsatish olmoshlari otlashganda egalik affikslarni qabul kila oladi: shuni, shuning, shunisi. Egalik affiksi ikki marta (pleonastik) qo‘shiladi: bunisi.
Ko‘rsatish olmoshlari to‘zilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1. Sodda ko‘rsatish olmoshlari: u, bu, shu, o‘sha.
qo‘shma ko‘rsatish olmoshlari: mana, mana shu, ana shu, mana bu.
Shu ko‘rsatish olmoshi bu olmoshdan oldin kelib so‘z ma'nosini kuchaytiradi lekin hech vaqt bu olmoshi shu olmoshdan oldin kelmaydi: shu bu yil, shu bugun. Ammo bu olmoshlar qo‘shma sanalmaydi.
Ko‘rsatish olmoshlari gapda turli vazifalarda keladi. Klassik adabiyotda ba'zan hozirgi tilimizdagi she'riy parchalarda ko‘rsatish olmoshlari: ul, shul, o‘shal, bul formalarida uchraydi: Ul parivash xajrida kim yig‘ladim devonalar (A. N.).
O‘ZLIK OLMOSh. O‘zlik olmoshi «o‘z» predmetni aniqlab, uning ma'nosini kuchaytirib keladi. Bu olmosh gapda asosan aniqlovchi vazifasini bajarib keladi. O‘zlik olmoshi quyidagi belgilar bilan harakterlanadi:
Predmetni o‘zlik olmoshi bilan ifodalangan shaxsga karashli ekanligini bildiradi: Juraxon kishlokni o‘z ko‘zi bilan kurgan
O‘zlik olmoshi egalik affiksini olib har uchchala shaxni ko‘rsata oladi: o‘zim, o‘zing, o‘zi.
O‘zlik olmoshi kelishiliklar bilan turlanish uchun avval egalik qo‘shimchalarini oladi: o‘zimning o‘zimga.
O‘zlik olmoshi gapda turli gap bo‘laklari vazifasida keladi.
O‘zlik olmoshi takrorlanib juft xolda ham qo‘llanishi mumkin: bu gaplar o‘z-o‘zidan bosilib ketadi. (A. K.).
O‘zlik olmoshi ham (-yam) yordamchisini olib ma'lum darajada modallik ottenkasiga ega bo‘ladi: Asl shaftoli! Arzon o‘ziyam. (O.).
SO‘ROQ OLMOShLARI. Predmet, belgi, son haqida so‘roq bildiruvchi olmoshlari deyiladi: Kim? Nima? Kancha? kabilar. So‘roq olmoshlari yordamida so‘roq gaplar to‘ziladi. So‘roq olmoshlaridan kim? Shaxslar uchun, nima? Ne? Umuman predmetlar uchun qo‘llaniladi. So‘roq olmoshlari birlik va ko‘plik formada ishlatiladi. Kim?, - kimlar?, nima?, - nimalar? Har bir so‘roq olmoshi o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Kim? 1. Faqat shaxs haqida so‘roqni bildiradi. Egalik, kelishiliklar bilan turlana oladi: Kimning? Kimda? Kimim? Kimingiz?
Ko‘plik affiksini oladi. Bunda shaxslarni ajratib ko‘rsatadi, yoki yolgiz shaxsga xurmatni bildiradi: Kimlar keldi? (qanday odamlar ma'nosida) bu kishi kimlar?
Aniqlovchi bo‘lib kelmaydi va o‘zidan oldin sifatlovchi - aniqlovchi olmaydi.
Kim olmoshiga - sa, qo‘shilganda, so‘roqlikdan chikadi, otga aylanadi. Kimsa bormikan anga kurganda kulgu kelmadi (A. N.).
Ayrim vaqtda juftlashib kelib shaxslarning kimligini aniqlash uchun qo‘llanadi: Kim-kim keldi? Kim-kimlar so‘zlar?
Kim olmoshi gapda ko‘pincha ega, kesin, to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Kim keldi? Nima olmoshi predmet yoki voqealarga nisbatan so‘roqni bildiradi: Sizning nima dardingiz bor? (A. K.)
Nima olmoshi takrorlanib kelishi mumkin: nima-nima olding? Nima olmoshi so‘roq so‘z - gap bo‘lib keladi: Men ertaga ketaman.Nima?
Men ertaga ketaman deyapman.