Davlat boshqaruvida sudlarning roli. Har bir davlatda boʼlganikabi Oʼzbekistonda ham odil sudlov organlari tizimi maʼmuriy-hududiytuzilmalarda tashkil etilgan hamda sudlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiysohalarini rivojlantirish jarayonida korxona va tashkilot, davlatorganlari va fuqarolar oʼrtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelibchiqadigan masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida koʼribchiqadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida“Oʼzbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadiganOʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, OʼzbekistonRespublikasi Oliy sudi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Xoʼjalik sudi,Qoraqalpogʼiston Respublikasining Oliy sudi, QoraqalpogʼistonRespublikasining xoʼjalik sudi bilan shu muddatga tayinlanadigan viloyatsudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xoʼjalik sudlaridan iborat”,deb belgilangan. 2000 yil 14 dekabrda qaboʼl qilingan “Sudlar toʼgʼrisida”gi qonunning yangi tahririga koʼra, yuqorida sanab oʼtilgan sud tizimigaoʼzgartirishlar kiritilib, sudlar ixtisoslashtirildi. Yaʼni, jinoyat ishlariboʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʼyichaOliy sudi, fuqarolik va jinoiy ishlar boʼyicha viloyat va Toshkent shaharsudlari, fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo tuman (shahar) sudlari,jinoyat ishlari boʼyicha tuman (shahar) sudlari joriy etilgan.
Oʼzbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarnihuquqiy jihatdan tartibga solishda sud organlarining taʼsiri kuchli boʼlib,bu jarayonni davlat nomidan kafolatlaydi. Sud organlari Konstitutsiya vaqonunlarda belgilab berilgan fuqarolarni huquq va erkinliklarinimillatlarning tengligi tamoyillari asosida amalda qoʼllanilishininazorat qiladi. Shuningdek, sud organlari mamlakat ijtimoiy hayotidagiishlab chiqarish muassasalarida, davlat idoralarida, jamoatbirlashmalarida fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilanganhuquqlarini mulk shaklidan qatʼiy nazar himoya qilinishini taʼminlaydi.Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiypartiyalardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Dostları ilə paylaş: |