O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


-rasm. O‗zbekiston makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarining



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/130
tarix14.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#143437
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

11.1-rasm. O‗zbekiston makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarining 
o‗zgarishi,% 
Manba: World Bank 2019. “Financial Inclusion”. Europe and 
Central Asia Economic Update(Spring), DC World Ban
 
O‗z-o‗zini tekshirish va muhokama uchun savollar 
1. "Iqtisodiy rivojlanish" va "iqtisodiy o‗sish" tushunchalari 
qanday umumiy va qanday farqlar bilan ajralib turadi? 
2. Iqtisodiy o‗sishni o‗lchash mumkinmi? 
3. Iqtisodiy o‗sishning ekstensiv va intensiv omillarini sanab 
o‗ting. 
4. Keyns va neoklassik o‗sish nazariyasining mohiyati nimada? 
5. Rivojlanish bosqichlari va ilmiy-texnik taraqqiyot shakllarini 
sanab o‗ting. 
6. Iqtisodiy o‗sishning afzalliklari va kamchiliklarini tushuntiring. 


150 
XII BOB. DAVLAT VA IQTISODIYOT. DAVLATNING 
IJTIMOIY SIYOSATI 
12.1. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish zarurligi, 
funksiyalari va vositalari 
 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS)- 
bu 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va jamiyat ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan vakolatli davlat muassasalari va jamoat 
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va nazorat choralari tizimidir. Bunday organning vazifalari 
jamiyatning bozor muvaffaqiyatsizligidan kelib chiqadigan zararlarini 
minimallashtirish, transaksiya xarajatlarining maksimal pasayishiga 
erishishdir. 
Bozor 
iqtisodining 
ko‗zda 
tutilmagan 
salbiy 
samaralari 
quyidagilar: 
-
bozorni monopollashuvi xavfi; 
-
jamiyat infratuzilmasini ( transport, ijtimoiy infratuzilma, 
mudofaa, jamoat tartibini saqlash,fundamental tadqiqotlar va x.k.) 
rivojlantirishga rag‗batning yo‗qligi; 
-
atrof muhitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz 
foydalanish xavfi; 
-
ijtimoiy 
tengsizlik, 
aholi 
daromadlari 
darajasidagi 
tabaqalanish darajasinig o‗sishi; 
-
resurslarni adolasiz taqsimlanishi xavfi; 
-
iqtisodiyotning bekaror rivojlanishi, iqtisodiy inqirozlarning 
ro‗y berishi va x.k. 
Sof bozor uchun xos bo‗lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy 
tizimning samaradorligini oshirishga qaratilgan, asosiy funksiyalarini 
belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro‗y berdi, 
va ko‗pchilik davlatlarning bugungi kundagi iqtisodiyoti sof bozor 
iqtisodiyoti ham, sof davlat iqtisodiyoti ham emas. «Iqtisodiyotni 
barqaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy qism- bozor va hukumat zarur. 
Ularsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini boshkarish –xuddi bitta qo‗l bilan 
qarsak chalish bilan barobardir‘ Ilg‗or davlatlar bozorlari rivojlanishiga 


151 
davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini
kamaytirishga, inqiroziy xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy
rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi. 
Davlatning iqtisodiy funksiyalari ko‗p va xilma-xildir. Shuning 
uchun tahlil imizda davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalarinigina ko‗rib 
chiqamiz. 
Davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalariga qo‗yidagilar kiradi: 
1. Bozor tizimi samarali faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlaydigan 
xuquqiy baza va ijtimoiy muhitni ta‘minlash; 
2. Raqobat muhitini yaratish va uni himoya qilish. 
3. Ijtimoiy ne‘matlar bilan ta‘minlash maqsadida resurslarni qayta 
taqsimlash; 
4. Atrof muhitni himoya qilish;
5. Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash;
6. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni, iqtisodiy kon‘yukturaning 
o‗zgaruvchanligi natijasida paydo bo‗ladigan ishsizlik va inflyatsiya 
darajalarini nazorat qilish hamda iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirish. 
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko‗rsatishi uchun 
asos bo‗ladigan ayrim xizmatlarni va huquqiy bazani ta‘minlash 
vazifalarini zimmasiga oladi. huquqiy bazani ta‘minlash asosan iqtisodiy 
faoliyatni tartibga soluvchi qonunlar ishlab chiqarishda va bu qonunlarni 
bajarishni taminlash hamda nazorat qilishda namoyon bo‗ladi. Davlat, 
shuningdek xalqaro munosabatlarni yo‗lga qo‗yib o‗z tadbirkorlaring 
mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun qulay sharoit 
yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to‗lovlari 
bo‗yicha o‗zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi 
masalalarda hukumatlararo kelishuvlar orqali erishiladi. Tashki savdoni 
tartibga solish vositalari orqali ham davlat o‗z ishlab chiqaruvchilarini 
himoya qiladi (bu masalalar o‗quv qo‗llanmaning tegishli mavzularida 
ko‗rib chiqiladi).
IDTTS 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin