96
bo‗lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma‘lum
qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so‗mni Markaziy
bankda zahiralab, qolgan 1600 so‗mni qarzga beradi.
Shunday qilib, A
bank pul taklifini 1600 so‗mga ko‗paytiradi va u endi 2000+1600=3600
so‗mni tashkil etadi. Ya‘ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000
so‗mdan tashqari yana 1600 so‗m qarz oluvchilar qo‗lida qoladi. Agar,
1600 so‗m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng
bo‗lgan zahira normasida u 320 so‗mni zahirada qoldirib, 1280 so‗mni
kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi.
Kredit
berishning bu jarayoni so‗nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom
etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 so‗mga
ko‗payganligini ko‗rsatadi. Bu jarayonni formula ko‗rinishida
quyidagicha yozishimiz mumkin:
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko‗rinib
turibdiki, pul taklifi 1/rr
koeffisentiga bog‗liq bo‗lib, uni bank multiplikatori yoki pul
ekspansiyasi
multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar
normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin
bo‗lgan yangi kredit pullarining eng ko‗p miqdorini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: