O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

 
15.3-Jadval. 
O‗zbekiston respublikasi tashqi savdosining Tovar tarkibi, 
jamiga nisbatan foiz xisobida 
1990 y 
2000 y 
2010 y 
2018 y 
Eksport- jami 
100 
100 
100 
100 
Paxta tolasi 
59,7 
27,5 
12,1 
1,6 
Oziq-ovqat mahsulotlari 
3,9 
5,4 
9,7 
7,7 
Kimyo va kimyo mahsulotlari 
2,3 
2,9 
5,1 
6,3 
Energiya tashuvchilar va neft 
mahsulotlari 
17,1 
10,3 
22,8 
18,7 
Qora va rangli metallar 
4,6 
6,6 
6,9 
8,2 
Mashina va asbob-uskunalar 
1,7 
3,4 
5,5 
1,5 
Xizmatlar 
1,3 
13,8 
10,3 
21,3 
Boshqalar 
9,4 
30,2 
27,7 
34,6 
Shu jumladan 
Oltin 
… 
17,0 
20,1 
20,4 
To‗qimachilik mahsulotlari 
… 
7,2 
4,9 
11,2 


196 
Savdo embargosi
- davlat tomonidan tovarlarning ayrim turlarini 
istalgan mamlakatga olib kirishni yoki istalgan mamlakatdan olib 
chiqishni taqiqlash. Bunday iqtisodiy sanksiyalar iqtisodiy manfaatlar 
uchun emas, balki siyosiy sabablarga ko‗ra amalga oshiriladi. Savdo 
embargosi BMT qaroriga binoan bir mamlakatga taalluqli yoki jamoaviy 
xarakterga ega bo‗lishi mumkin. Savdo aloqalarini cheklaydigan 
embargo unda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarga iqtisodiy zarar 
etkazadi. Shu bilan birga, savdo embargosiga qo‗shilmaydigan 
mamlakatlar ma'lum foyda keltirishi mumkin, chunki ularning tovarlari 
eksportining o‗sishi uchun sharoitlar yuzaga keladi. 
15.3. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va eksport 
subsidiyalari 
Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya 
qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan 
iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni o‗sishini ta‘minlasa, 
ikkinchi tomondan, iste‘molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. 
Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi. 
Ammo subsidiyalarni joriy qilgandan so‗ng ularni bekor qilish 
qiyin bo‗ladi, raqobat muhiti yo‗qoladi hamda bu xarajatlarni 
moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi.
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning 
bilvosita 
usullariga 
qaraganda 
bevosita 
usullaridan 
kengroq 
foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko‗ra, iqtisodiy, ma‘muriy, 
me‘yoriy - huquqiy ko‗rinishga ega bo‗lishi mumkin. 
Lisenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar 
ichida keng tarqalgani hisoblanadi. 
Lisenziyalash
– bu, tashqi iqtisodiy operasiyalarni amalga 
oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma‘lum tartibidir.
Liseniyalar berish huquqiga O‗zbekiston Respublikasining 
quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, 


197 
Adliya, Ichki ishlar, Sog‗liqni saqlash, Xalq ta‘limi vazirliklari, 
shuningdek, Markaziy bank. 
Lisenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, 
shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida 
kvotalash
keng qo‗llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, 
unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, 
xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo‗yicha ma‘lum davrga 
eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. 
Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to‗lov 
balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun 
muzokaralarda 
o‗zaro kelishuvga erishish uchun qo‗llaniladi. 
O‗zbekistonda kvotalash xalq iste‘moli mollarini va strategik xom 
ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida 
qo‗llanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi 
oqimlarini tartibga solishda ham qo‗llaniladi. Ko‗pgina rivojlangan 
mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan 
ishchi kuchi importiga kvotalar o‗rnatadi. 
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko‗proq mos keladi. 
Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko‗riladigan farovonlikdagi 
yo‗qotishlar ikki holatda katta bo‗ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar 
import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar 
monopol hukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga 
lisenziyalar samarasiz joylashtirilsa. 
Ko‗pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag‗batlantirish 
tadbiri 
sifatida 
ko‗pgina 
mamlakatlarda 
eksport 
subsidiyalari 
qo‗llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga 
mo‗ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu 
maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko‗zda tutiladi.
Eksport subsidiyalari
turli shakllarda qo‗llaniladi. Bularga: 
- eksport qiluvchi firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli 
kreditlar berish; 


198 
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor 
konyukturasi haqida tekin axborot yetkazib berish; 
- firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq
soliq imtiyozlarini berish; 
- bevosita subsidiyalash kiradi.
Eksport 
subsidiyalarining 
berilishi 
milliy 
ishlab 
chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo 
importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import 
bojlari bu yutuqni yo‗qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor 
davlat byudjeti yo‗qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa 
qo‗shimcha daromad ko‗radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash 
ko‗rinishlaridan biridir.
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import 
bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi 
sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. 
Bunday vaziyatlarda ichki iste‘mol o‗sadi, ishlab chiqarish va eksport 
kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab 
chiqaruvchilarda yo‗qotishga duch bo‗ladilar. Tashqi bozordagi 
baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste‘molchilar yutuqqa 
erishsa, davlat esa daromadga ega bo‗ladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash
eksport kvotalarining bir turi 
bo‗lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga ―ixtiyoriy‖ eksport 
miqdorlarini cheklashdan iborat.
Bu yerda «ixtiyoriy so‗zi‘ shartli xarakterga ega. Chunki, eksport 
qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o‗z hamkorlari tomonidan birorta 
noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste‘molchilar uchun 
tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun 
iste‘molchilar ularni e‘tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik 
bildirmaydilar. 
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij 
iste‘molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx 
belgilashlari mumkin.


199 
Kompensatsiya bojlari
- bu xalqaro savdoda keskinlikni 
kuchaytiradigan eksport subsidiyalariga javobdir. To‗lovli import 
bojlaridan foydalanish natijasida eksport qiluvchi mamlakat milliy 
eksportni subsidiyalashtirmaydi, aksincha, import qiluvchi mamlakat 
byudjetini moliyalashtiradi. Kompensatsiya (yoki antidemping) bojlari 
xorijiy eksport subsidiyalarini zararsizlantiradi. Maxsus antidemping 
qonunchiligi 
eksport 
dotatsiyasini 
"adolatsiz" 
raqobat 
sifatida 
tavsiflaydi. Shu munosabat bilan Subsidiyalar va kompensatsiya 
choralari to‗g‗risida Shartnoma qabul qilindi ("Subsidiyalar to‗g‗risidagi 
kodeks", 1993 yil, Urug‗vayning GATT bo‗yicha ko‗p tomonlama 
savdo muzokaralari). 
"Subsidiyalar kodeksi" jahon bozorida raqobat uchun normal 
sharoitlarni yaratishni, taqiqlangan eksport subsidiyalarini yo‗q qilishni 
nazarda tutgan. Biroq, bu muammoni hal qilmaydi, chunki ichki 
eksportni JSTni chetlab o‗tib davlat tomonidan subsidiyalash usullari 
mavjud (1995 yilgacha GATTgacha). 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin