O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Qayd etilgan valyuta kursi
– bu, xorijiy valyutada ifodalangan, 
davlat tomonidan rasmiy o‗rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‗lib, 
unga valyuta bozorida talab va taklifning o‗zgarishi bevosita ta‘sir 
qilmaydi.
Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta‘kidlaydilarki, 
undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‗liq bo‗lgan tahlika 
va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo‗llash 
o‗zaro foydali savdo va moliyaviy operasiyalar hajmini kengaytirishga 


209 
olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga 
layoqatliligi o‗zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog‗liq: 
- zahiralarning mavjudligi; 
- o‗z hajmi bo‗yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‗lov balansi 
aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar 
mamlakat zahiralarini yo‗qqa chiqarishi mumkin.
Valyuta kurslarining o‗zgarishiga bir qator omillar ta‘sir 
ko‗rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz: 
1. Iste‘molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan 
o‗zgarishi. 
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‗zgarishlar.. 
3. Bahodagi nisbiy o‗zgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari.
5. Spekulyasiya.
Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. 
Yuqorida biz aynan nominal valyuta kursi haqida fikr yuritdik. 
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning 
nisbiy bahosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat 
tovarlariga almashishi mumkin bo‗lgan nisbatni ko‗rsatadi, shu tufayli u 
savdo sharoiti ham deb yuritiladi. 
Nominal va real valyuta kurslari o‗rtasidagi nisbat quyidagi 
ko‗rinishga ega.
Pd 
Yr = Yn —— 
Pt 
Bu yerda : Yr – real valyuta kursi;
Yn - nominal valyuta kursi ; 
Rd – milliy valyutada ko‗rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi); 
Rt – xorijiy valyutada ko‗rsatilgan chet eldagi baholar darajasi 
(indeksi).


210 
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis 
yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko‗tarilishi (pasayishi) bu 
mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) 
to‗g‗risida guvohlik beradi.
Xarid qobilyati pariteti
konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi 
nazariyasiga asoslanadi. Ya‘ni, bir xil tovar turli joylarda har xil 
narxlarda sotilishi uzoq davom etmaydi. Xarid qobiliyati pariteti 
konsepsiyasiga ko‗ra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar 
darajasining o‗zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun 
zarur bo‗lgan darajada o‗zgaradi. Ya‘ni: 
Pd 
r = —— 
Pt 
Bu yerda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi bahosi; 
Pd — ichki baholar darajasi;
Pt — chet eldagi baholar darajasi. 
Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini 
yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy 
aloqalarga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda 
noaniqlik va tahlika darajasini ko‗paytiradi. Shu sababli valyuta kursi 
ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning 
muhim obyekti hisoblanadi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin